Urazaliev Kamoliddin Tajikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron tijorat va uni soliqqa tortish masalalari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt724.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda elektron tijorat sub’ektlarini soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron tijoratda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirishni soliqqa tortish tizimi orqali rag‘batlantirish taklif etilgan;
soliqqa tortishda elektron tijorat sub’ektlari toifasiga kiritish mezonlari elektron savdo maydonchalari, tovarlarni etkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlari asosida takomillashtirilgan;
elektron tijorat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarga pasaytirilgan soliq stavkalarini joriy etish asosida yagona soliq to‘lovini to‘lash taklif etilgan;
elektron tijorat rivojlanishining maqsadli tahlili elektron tijorat sohasidagi sub’ektlarning faoliyatini tizimli monitoringini olib borish va samarali baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektron tijorat va uni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni soliqqa tortish tizimi orqali rag‘batlantirish yuzasidan, xususan, ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarga soliqqa tortishda engillashtirilgan tartibni joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 30 iyuldagi 19-22470-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestriga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun engillashtirilgan tartib bo‘yicha yagona soliq to‘lovi to‘lashi belgilangan;
soliqqa tortish maqsadida elektron tijorat sub’ektlari toifasiga kiritish mezonlarini aniqlashtirish va belgilash yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 30 iyuldagi 19-22470-son ma’lumotnomasi). Natijada tovar(xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan, elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni etkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar elektron tijorat sub’ektlari toifasiga kiritilgan;
soliqqa tortish tizimi orqali elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rag‘batlantirish yuzasidan, xususan, ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarga pasaytirilgan soliq stavkalarini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3724-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 30 iyuldagi 19-22470-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestriga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun 2 foizli stavkada yagona soliq to‘lovi belgilash imkoniyati yaratilgan;
elektron tijorat sub’ektlari faoliyatini samarali o‘rganish maqsadida elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestrini yaratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qarorining 8-bandiga kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 30 iyuldagi 19-22470-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida elektron tijorat ishtirokchilari to‘g‘risidagi yagona elektron axborot bankini yaratish, elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatining tizimli monitoringini olib borish va baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishning samaradorligini o‘rganish, elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun maqsadli tahlilni olib borish imkoniyati yaratilgan.