Abdunazarov Axliddin Abdurashitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy neft` xomashyosidan transformator moyini olish texnologiyasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T628. 
Ilmiy rahbar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori; Saydaxmedov Igamberdi Muxtarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft` xomashyolarini kolloid-kimyoviy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda yuqori sifatli transformator moylarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy neft` mahsulotlari va uning komponentlarining termik barqarorligini baholashda oksidlanishga qarshi barqarorlik haroratlari aniqlangan;
mahalliy neft` xomashyosidan transformator moylarini olishda ishlatilgan komponentlarining solishtirma tahlili, qovushqoqligi, oksidlanishga barqarorligi va iqlim sharoitlarida o‘zaro termik munosabatlari asoslangan;
mahalliy neft` komponentlarining oksidlanishga qarshi xususiyatini oshirish usullari aniqlangan;
transformator moyi sifatida olingan kompozisiyaning termobarqarorligiga uning tarkibidagi mineral moddalarning qo‘shilishi hamda haroratda mustahkamlikka bardoshliligining asosiy ta’siri isbotlangan;
yuqori ekspluatasiya xossalariga ega yangi tarkibli neft` asosida olingan transformator moyi mahalliy xomashyolar asosida olishning resepturasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy neft` xomashyolaridan foydalanib, olingan yangi kompozisiya transformatori moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neft` xomashyosi asosida transformator moyini olish texnologiyasi «O‘zneftmahsulot» AJning «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2019 yil 26 iyundagi 20/11-649-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy neft` xomashyolar asosida yangi kompozisiyali transformator moyini ishlab chiqishda iqtisodiy samardorlikni 40%ga oshirish imkonini bergan;
transformator moyinning oksidlanish jarayonini kamaytiruvchi ionol va fenol qo‘ndirmalari qo‘shish texnologiyasi «O‘zneftmahsulot» AJning «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2019 yil 26 iyundagi 20/11-649-son ma’lumotnomasi). Natijada moyning ekspluatatsion muddatini 40%ga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish