Raxmanova Muqaddas Qaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy faollikni  rivojlantirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped165.
Ilmiy rahbar: Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hasanova Kibriyo Hasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ijtimoiy faollikning tarkibiy asoslarini (kognitiv, emotsional, dunyoqarash va xulq-atvorga doir) kasbiy sifatlar (insonparvarlik, fuqarolik va ishbilarmonlik), shaxsiy ijtimoiy tajriba va pozisiya bilan aloqadorligini empirik baholash asosida aniqlashtirilgan;
ijtimoiy-pedagogik moslashuv bosqichlari (emotsional-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion) ijtimoiy faollikni belgilab beruvchi ijtimoiy-siyosiy, axloqiy bilimlar, shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internal (ichki) darajalash asosida aniqlashtirilgan;
ijtimoiy faollikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti talabalarni ko‘ngilli guruhlar faoliyatiga qiziqishini oshirish, tarbiyaviy muhitning ta’sirchanligini oshirish, faol fuqarolik kompetensiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmini samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy faollikni rivojlantirishning loyihaviy ta’lim texnologiyasi “Ideal axloqiylik namunasi”, “Kelajak maktabi o‘qituvchisi” ijtimoiy loyihalarini modulli (bilishga doir va kasbiy) va muammoli (vaziyatlar, keys topshiriqlari) ta’lim jarayonlarida qo‘llashning rolli, ishbilarmonlik o‘yinlari, evristik shakllarda modellashtirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy faollikni  rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarining ijtimoiy faollikning tarkibiy asoslari, shaxsiy ijtimoiy tajriba va pozisiya bilan aloqadorligini aniqlashtirishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 281-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini va g‘oyaviy bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9 oktyabrdagi 89-03-2267-son  hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi 89-03-3291-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish bo‘yicha tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan;
ijtimoiy-pedagogik moslashuv bosqichlari, ijtimoiy faollikni belgilab beruvchi ijtimoiy-siyosiy, axloqiy bilimlar, shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlari, ijtimoiy faollikni rivojlantirish modelining amaliy komponentini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009–2011 yy.) amaliy loyihasi doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9 oktyabrdagi 89-03-2267-son  hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi 89-03-3291-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga doir ta’limiy modullarni joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning loyihaviy, modulli va muammoli ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan OT-F8-214 raqamli “Talabalarni kasbiy va shaxsiy ijtimoiylashtirish” nomli loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9 oktyabrdagi 89-03-2267-son  hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi 89-03-3291-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komponentining metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish