Xalilov Nurullo Xamidillaevichning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishda sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish (Andijon viloyati sanoat korxonalari misolida)», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt88.
Ilmiy rahbar: Sotvoldiev Abdulaziz Abdimo‘minovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarida mahsulotlar raqobat-bardoshligini oshirishda sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida mahsulotlar sifatini boshqarish tizimining tashkiliy mexanizmi korxonada mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tashkil etish, barcha toifadagi ishchi xodimlarning kasbiy-malakaviy mahoratini oshirish asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida mahsulotlar sifatini  boshqarish tizimining iqtisodiy mexanizmi korxonada mahsulot sifatini yaxshilashdan ishchi xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish va rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida  mahsulotlar sifatini boshqarish tizimining mantiqiy-tuzilmaviy modeli tashkiliy, iqtisodiy, texnik va texnologik ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan;
hududiy sanoat korxonalarida sifat boshqaruvi samaradorligini baholash mezoni korxona fondlarining eskirish darajasi ko‘rsatkichi, eksport salohiyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi hududiy mahsulotning o‘sish ko‘rsatkichi asosida takomillashtirilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishda sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida mahsulotlar sifatini boshqarish tizimining tashkiliy mexanizmini korxonada mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tashkil etish, barcha toifadagi ishchi xodimlarning kasbiy-malakaviy mahoratini oshirish bo‘yicha berilgan takliflar «GM Uzbekistan» AJ tizimidagi «UzXanVu» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («GM Uzbekistan» AJning 2019 yil 7 martdagi 110-6535-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini 32 xildan 52 xilga oshirish hamda boshqaruv xarajatlarini 21,7 foizga kamaytirish imkonini bergan;
sanoat korxonalarida mahsulotlar sifatini  boshqarish tizimining iqtisodiy mexanizmini korxonada mahsulot sifatini yaxshilashdan ishchi xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish va rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «GM Uzbekistan» AJ tizimidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («GM Uzbekistan» AJning 2019 yil 7 martdagi 110-6535-son ma’lumotnomasi). Natijada «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishda nuqsonlar vujudga kelishini oldini olishga ajratiladigan xarajatlar hajmini kamaytirish orqali 300,0 mln. so‘m qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
sanoat korxonalarida  mahsulotlar sifatini boshqarish tizimining mantiqiy-tuzilmaviy modelini tashkiliy, iqtisodiy, texnik va texnologik ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «GM Uzbekistan» AJ tizimidagi «Sing Lida» mas’uliyati cheklangan jamiyatining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («GM Uzbekistan» AJning 2019 yil 7 martdagi 110-6535-son ma’lumotnomasi). Natijada «Sing Lida» mas’uliyati cheklangan jamiyatida boshqaruv xarajatlari 18,1 foizga kamaygan;
hududiy sanoat korxonalarida sifat boshqaruvi samaradorligini baholash mezonini korxona fondlarining eskirish darajasi ko‘rsatqichi, eksport saloxiyati bilan bog‘liq ko‘rsatqichlar va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi hududiy mahsulotning o‘sish ko‘rsatqichi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «GM Uzbekistan» AJ tizimidagi «AUTO FORTIS» MChJda sifatni boshqarish jarayoniga joriy etilgan («GM Uzbekistan» AJning 2019 yil 7 martdagi 110-6535-son ma’lumotnomasi). Natijada «AUTO FORTIS» MChJda sifatni boshqarish xarajatlarini 17,8 foizga kamaytirishga va 132,8 mln. so‘m qo‘shimcha daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish