To‘ychiev  Abduraxmon G‘ofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesga innovatsiyalar transferini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt982.
Ilmiy rahbar: Abduraupov Rustam Ramzovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya  akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes sub’ektlarining raqobatli rivojlanishi uchun innovatsiyalar transferining moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznesga innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishini moliyalashtirish mexanizmi tashkiliy, iqtisodiy, texnik-texnologik, xuquqiy va axborot ta’minotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlari rivojlanishiga ichki va tashqi innovatsiyalar transferini insorsing va autsorsing metodlari yordamida makro-, mezo- va mikro pog‘analarda moliyalashtirishning tashkiliy-funksional tuzilmasi taklif etilgan;
ichki va tashqi innovatsiyalarni moliyalashtirishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model va tahlil natijalari asosida ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarga (ITII) 1 foiz hajmda umumiy xarajatlarning ko‘payishi uzoq muddatli o‘sishni 0,4 foizga orttiradi degan ma’nodagi tendension qonuniyatni aniqlash asosida kichik biznesga innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishini moliyalashtirishning sakkizta ustuvor yo‘nalishi taklif etilgan;
kichik biznesga ichki va tashqi innovatsiyalar transferini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida Start-up innovatsion loyihalarini ICO kriptovalyuta emissiyasi orqali investision moliyalashtirishning rag‘batlantiruvchi mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kichik biznes rivojlanishiga innovatsiyalar transferining moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
kichik biznesga innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishini moliyalashtirishning takomillashtirilgan mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 10 oktyabrdagi 11/UB-13-14628-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qilingan mexanizm kichik biznesga innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishini moliyalashtirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishning sifatini ta’minlagan va samaradorligini oshirgan;
kichik biznes sub’ektlari rivojlanishiga ichki va tashqi innovatsiyalar transferini insorsing va autsorsing metodlari yordamida moliyalashtirishning tashkiliy-funksional tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 10 oktyabrdagi 11/UB-13-14628-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida investision va innovatsion jarayonlarni tizimli tahlili investision va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qulayligi, aniqligi, tezkorligi va ishonchliligini oshirgan;
kichik biznesga innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishini moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 10 oktyabrdagi 11/UB-13-14628-son ma’lumotnomasi). Ushbu ishlab chiqilgan kichik biznesga innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklifi kichik biznes sub’ektlarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish imkonini bergan; 
kichik biznesga ichki va tashqi innovatsiyalar transferini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida Start-up innovatsion loyihalarini ICO kriptovalyuta emissiyasi orqali investision moliyalashtirishning rag‘batlantiruvchi mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 10 oktyabrdagi 11/UB-13-14628-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi startaplarni ICO kriptovalyuta emissiyasi orqali investision moliyalashtirishga tayyorgarlik ko‘rish choralari loyihasini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish