Xodjimuratova Gulnora Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik davrida normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishida trombofiliyaning ahamiyati», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib717.
Ilmiy rahbar: Sultanov Saidazim Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,  DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik davrida normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishida trombofiliya holati ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor akusherlik amaliyotida normal joylashgan yo‘ldoshning muddatdan avval ko‘chishida trombofiliya rivojlanishi PAI-1 genining 4G/5G gomozigot polimorfizmi holati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor normal joylashgan yo‘ldoshning muddatdan avval ko‘chish xavfining yuqori darajada rivojlanishi trombofiliyaning multigen shakllari PAI-1 (4G/5G) +MTHFR (C677T) genotiplarini birga uchrashi  bilan aloqadorligi aniqlangan;
ona-yo‘ldosh-homila tizimidagi spiral arteriyalar mikrotsirkulyasiyasidagi mikrotrombozlar va gemostaz tizimidagi ko‘rsatkichlardagi nomutanosiblik trombofiliyali ayollarda fetoplatsentar etishmovchilikka olib  kelishi  isbotlangan;
normal joylashgan yo‘ldoshning muddatdan avval ko‘chishi undagi  trombotsitlar giperfaollashuvi va koagulyasion jarayonining ortishi fonida trombozlar va infarktlar rivojlanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlik davrida normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishida trombofiliyaning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Anamnezida trombofiliya bo‘lgan ayollarda takroriy NJYMAKning oldini olish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 iyundagi 8n-r/92-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma normal joylashgan yo‘ldoshning muddatdan avval ko‘chishi bo‘lgan ayollarda trombofiliya holatlarini tashxislashda gemostaziologik o‘zgarishlarni aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
trombofiliya bo‘lgan ayollarda gemostaziologik o‘zgarishlarni aniqlash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati perinatal markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 iyuldagi 8n-z/137-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirish, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali normal joylashgan yuldoshning muddatdan avval ko‘chishini takrorlanish xavfini  kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish