Sultonov Shavkatjon Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati uchun quyuqlashtiruvchi polimer-kompozision materiallar yaratish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1386.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori; Mirataev Abdumalik Abdumajidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolali matolarga gul bosish jarayonida qo‘llaniladigan bentonit va suvda eruvchan polimerlar asosida yangi va yuqori samarali quyuqlashtiruvchi kompozisiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor paxta tolali matolarga gul bosish uchun bentonit, GAE va K-4 asosida quyuqlashtiruvchi olishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo asosida bir qator suvda eruvchan polimerlar sistemasi yaratilgan va ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
gul bosilgan matolarning ekspluatatsion va struktur-mexanik xossalari aniqlangan;
ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchi bilan gul bosilganda tayyor matoning yuqori sifatli koloristik xossaga ega ekanligi aniqlangan;
faol bo‘yovchi moddalar bilan paxta tolali matolarga gul bosish jarayonida polimer sistemalarning qo‘llanilish samaradorligi aniqlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida quyuqlashtiruvchilar olish va ulardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasi «Imidj tekstil» MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 17 maydagi 04/06-2267-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolali matolarga gul bosishda ishlatiladigan bo‘yovchi moddalar quyuqlashtiruvchisi sifatida qo‘llash imkonini bergan;
matolarga gul bosish jarayonida quyuqlashtiruvchi komponent sifatida ishlab chiqilgan suvda eruvchan polimer kompozisiyalari «TSK» MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 17 maydagi 04/06-2267-son ma’lumotnomasi). Natijada quyuqlashtiruvchi sifatida polimer kompozisiyalarning ishlatilishi respublikamizga xorijdan kiritiladigan al’ginat, emprint, poluprint, manuteks kabi an’anaviy quyuqlashtiruvchi ingridientlarni resepturadan to‘liq chiqarib yuborish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish