Jo‘raeva Felura Davronovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgichlar asosida karbamid kompozisiyaning strukturasi va texnologiyasi», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1032.
Ilmiy rahbar: Samigov Nigmatdjan Abduraximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor; Siddiqov Ikromjon Iminjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgich qo‘shilgan karbamid-formal`degid elim kompozisiya strukturasini tadqiq qilish va uni tayyorlashning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«karbamid-formal`degid smola-metallkompleks qotiruvchi - aktivlashtirilgan to‘ldirgich» tizimida aktivlashtirilgan to‘ldirgichning dispersligining ta’sirini hisobga olgan holda elim kompozisiyasidagi strukturaning shakllanishi asoslangan;
karbamid-formal`degid elim kompozisiya tarkibidagi metallkompleks qotiruvchi miqdori va ta’sirini hisobga olgan holda elim kompozisiyasining termik barqarorligi oshirilgan;
karbamid-formal`degid elim kompozisiyaning adgezion mustahkamligini uning tarkibidagi metallkompleks qotiruvchi, aktivlashtirilgan to‘ldirgichning miqdori va qotirish davomiyligiga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqildi;
metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgichli karbamid-formal`degid elim kompozisiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgichlar asosida karbamid kompozisiyaning strukturasi va texnologiyasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
karbamid-formal`degid smola, metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgichdan iborat elim tarkiblari Toshkent shahridagi ”WOOD MAX” MChJda MDFga pardozlovchi shponni issiq bosimda elimlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 7441/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada elim sarfini 50% kamaytirishga erishilgan;
karbamid-formal`degid smola, metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgichdan iborat elim tarkiblari Toshkent shahridagi “ARM DOMEN” MChJda tabiiy chinor yog‘ochlarini sovuq bosim ostida elimlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 7441/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada elim qatlamining mustahkamligini 3 martaga oshirishga erishilgan;
metallkompleks qotiruvchi va aktivlashtirilgan to‘ldirgichli karbamid-formal`degid elim kompozisiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi Toshkent shahridagi “ARM DOMEN” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 7441/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada 40–43% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish