Xolmuminov Oybek Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Er uchastkalaridan foydalanishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/Yu131.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Rustam Jabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01. 
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mexmonov Qambariddin Miradxamovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida er uchastkalaridan foydalanishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha umumnazariy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan er uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan er uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid holatlarni belgilash asoslab berilgan;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kimoshdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin er uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda bo‘lgan taqdirda esa – garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi hamda foydalanilmayotgan er uchastkalari ularning avvalgi egalari to‘lagan qiymat ushbu egalarga kompensatsiya qilingan holda olib qo‘yilishi kabi holatlarni belgilash asoslab berilgan;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon xo‘jaligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga a’zoligi tugatilganda er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi asoslab berilgan;
yuridik va jismoniy shaxslar er uchastkalariga egalik qilish huquqini, er uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er uchastkalaridan foydalanishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalariga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
butun er uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek er uchastkasini ijaraga olish huquqining bekor qilinishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 4 apreldagi O‘RQ-533-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 22 maydagi 06/1-05/391vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan er uchastkasidan samarali va maqsadli foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini yanada ta’minlashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 4 apreldagi O‘RQ-533-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 22 maydagi 06/1-05/391vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini yanada ta’minlashni kafolatlashga xizmat qilgan;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarining er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 4 apreldagi O‘RQ-533-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 22 maydagi 06/1-05/391vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar fermer va dehqon xo‘jaliklarining er uchastkalariga bo‘lgan  huquqlarini yanada ta’minlashga xizmat qilgan;
er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 4 apreldagi O‘RQ-533-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil  4 oktyabrdagi 117-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga egalik qilish huquqini, er uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqlarini yanada ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish