Ostonaqulova Gulsaraxon Muhammadyoqub qizining
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsiyalar sharoitida mebel` mahsulotlari marketingi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Igt160.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiy rivojlanish sharoitida mebel` mahsulotlari marketingi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
marketingning «sifat–xizmat–narx» (Quality – Service – Price) triadasida optimal balansni ta’minlaydigan iste’molchilarning xatti-harakatini o‘rganishning kognitiv modeli asosida «qiymat zanjiri» strategiyasi ishlab chiqilgan;
mebel` ishlab chiqaruvchi korxonalarning marketing boshqaruvi bo‘yicha qarorlar qabul qilish uslubiyoti mebel` mahsulotlariga bo‘lgan talab kon’yunkturasining narxga va aholi daromadlariga bog‘liqligining egiluvchanlik koeffisientlarini hisoblash asosida takomillashtirilgan;
mebel` mahsulotlarini narxlash strategiyasining qiymat zanjiridagi iste’molchi «yutug‘i» (Consumer Surplus)ni aniqlashning bozor kon’yunkturasiga mos keladigan muqobil marjinal narxlash usuli taklif etilgan;
mebel` mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobat ustunligiga erishish strategiyasi raqobat omilining bozor mexanizmiga dinamik va statik ta’sirini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
mebel` mahsulotlari bozorida qiymat zanjirining transaksion xarajatlarini pasaytirish va xaridorlarning potensial sodiqligi (consumer loyalty)ni oshirish strategiyasi B2B (biznes uchun biznes) bozorida Web va EDI elektron texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsiyalar sharoitida mebel` mahsulotlari marketingi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
marketingning «sifat–xizmat–narx» (Quality –Service – Price) triadasida optimal balansni ta’minlaydigan xatti-harakatini o‘rganishning kognitiv modeli asosida «qiymat zanjiri» strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar «Keng Makon» MChJ, «Mebel Brand» MChJ, «Xuvaydo Mebel» MChJlarning faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 22 apreldagi SS-3-1/20-20-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Keng Makon» MChJ brend mahsulotlarining bozordagi ulushini 2018 yilning ikkinchi yarmida 2017 yilning shu davriga nisbatan 6 foizga oshirishga, «Mebel Brand» MChJ brend mahsulotlarining bozordagi ulushini 7 foizga oshirishga, «Xuvaydo Mebel» MChJ brend mahsulotlarining bozordagi ulushini 5 foizga oshirishga erishilgan;
mebel` ishlab chiqaruvchi korxonalarning marketing boshqaruvi bo‘yicha qarorlar qabul qilish uslubiyotini mebel` mahsulotlariga bo‘lgan talab kon’yunkturasining narxga va aholi daromadlariga bog‘liqligining elastiklik koeffisientlarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Keng Makon», «Mebel Brand», «Xuvaydo Mebel» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 22 apreldagi SS-3-1/20-20-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Keng Makon» MChJda mehnat unumdorligi 11 foizga, «Mebel Brand» MChJda 9 foizga, «Xuvaydo Mebel» MChJda 10 foizga oshgan;
mebel` mahsulotlarini narxlash strategiyasining qiymat zanjiridagi iste’molchi «yutug‘i» (Consumer Surplus)ni aniqlashning bozor kon`yunkturasiga mos keladigan muqobil marjinal narxlash usulini qo‘llash bo‘yicha berilgan takliflar «Keng Makon», «Mebel Brand», «Xuvaydo Mebel» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 22 apreldagi SS-3-1/20-20-615-son ma’lumotnomasi). Natijada «Keng Makon» MChJ mebel` mahsulotlariga narxni belgilashda xaridorlarning narxga nisbatan talab elastikligi inobatga olingan va narxlarni o‘rtacha 6 foizga, «Mebel Brand» MChJ mebel` mahsulotlariga narxlarni o‘rtacha 5 foizga, «Xuvaydo Mebel» MChJ mebel` mahsulotlariga narxlarni o‘rtacha 7 foizga pasaytirishga erishilgan;
mebel` mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobat ustunligiga erishish strategiyasi raqobat omilining bozor mexanizimiga dinamik va statik ta’sirini inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Keng Makon», «Mebel Brand», «Xuvaydo Mebel» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 22 apreldagi SS-3-1/20-20-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Keng Makon» MChJning foydasi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 13 foizga, «Mebel Brand» MChJning foydasi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12 foizga, «Xuvaydo Mebel» MChJning foydasi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 11 foizga oshgan;
mebel` mahsulotlari bozorida qiymat zanjirining transaksion xarajatlarini pasaytirish va xaridorlarning potensial sodiqligi (consumer loyalty)ni oshirish strategiyasini B2B (biznes uchun biznes) bozorida Web va ED elektron texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Keng Makon», «Mebel Brand», «Xuvaydo Mebel» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 22 apreldagi SS-3-1/20-20-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Keng Makon» MChJning B2B mebel` mahsulotlari bozorida qiymat zanjirining transaksion xarajatlarini 6,8 foizga pasaytirishga va xaridorlarning potensial sodiqligini 8,4 foizga oshirishga; «Mebel Brand» MChJ va «Xuvaydo Mebel» MChJning transaksion xarajatlarini mos ravishda 5,4 va 4,7 foizga pasaytirishga, xaridorlarning potensial sodiqligini 7,2 va 6,3 foizga oshirishga erishilgan.