Kimsanbaeva Shaxnoza Bakridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ajdodlarimiz diniy merosining milliy o‘zlikni anglashga ta’siri», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Din falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal294.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamurodov Ibrohim Ro‘zievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aytmatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro Islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ajdodlarimiz diniy merosining milliy o‘zlikni anglashga ta’sirini diniy-falsafiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy o‘zlikni anglashda diniy merosning muhim omil ekanligi ochib berilgan;
xalqimizning ma’naviy yuksalishida ajdodlar diniy merosi, etnik o‘zlikni anglash va milliy o‘zlikni anglashning o‘zaro aloqadorligi ma’naviy omil ekanligi asoslangan;
ajdodlar diniy merosi va islomiy qadriyatlarning milliy o‘zlikni anglashda uyg‘unlashishi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda ajdodlar diniy merosi va milliy o‘zlikni anglashning modernizatsiyalanishida diniy bag‘rikenglik xalqaro, konfessiyalararo, madaniyatlararo aloqalarning pozitiv rivojlanishini ta’minlashning asosiy sharti ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ajdodlarimiz diniy merosining milliy o‘zlikni anglashga ta’sirining falsafiy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy o‘zlikni anglashda diniy merosning muhim omil ekanligiga oid xulosalardan, diniy meros va islomiy qadriyatlarning milliy o‘zlikni anglashda uyg‘unlashishi ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashning muhim omili ekanligiga doir tahlillardan O‘zbekiston musulmonlari idorasida foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 2686-son ma’lumotnomaci). Ilgari surilgan taklif va tavsiyalar fuqarolik jamiyatining ma’naviy taraqqiyotida diniylik va dunyoviylik uyg‘unligini ta’minlashga oid zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirishga, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
xalqimizning ma’naviy yuksalishida ajdodlar diniy merosi, etnik o‘zlikni anglash va milliy o‘zlikni anglashning o‘zaro aloqadorligi ma’naviy omil ekanligiga oid xulosalardan A-1-240-raqamli «Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari» kursi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash» amaliy loyihasi doirasida, 2016 yilda chop etilgan «Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3576-son ma’lumotnomaci). Ushbu loyihani amalga oshirishda va o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda olingan xulosalar diniy meros hamda milliy o‘zlikni anglashning o‘zaro aloqadorligi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
ajdodlar diniy merosi va islomiy qadriyatlarning milliy o‘zlikni anglashda uyg‘unlashishi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida amalga oshirilayotgan tadbirlar, uchrashuvlarni qiziqarli va samarali o‘tkazishda, shuningdek, markaz ish rejasidagi «Mafkuraviy immunitet» turkumida aholi o‘rtasida Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, daxldorlik fazilatlari, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, radikalizm, «ommaviy madaniyat» kabi illatlarga qarshi targ‘ibot samarasini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar treninglar tashkil qilish»da foydalanilgan (Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 18 oktyabrdagi 02/09-1431-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yuzasidan berilgan nazariy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatining yanada yuksalishiga, milliy o‘zligini anglashiga, ajdodlar diniy merosi va islomiy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
jamiyatda ajdodlar diniy merosi va milliy o‘zlikni anglashning modernizatsiyalanishida diniy bag‘rikenglik xalqaro, konfessiyalararo, madaniyatlararo aloqalarning pozitiv rivojlanishini ta’minlashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida milliy o‘zlikni anglashda diniy merosning o‘rni va rolini aniqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlash sohasida o‘tkaziladigan tadqiqotlar hamda mamlakatimizda ajdodlar diniy merosi va qadriyatlarni hurmat qilish, ma’rifat va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini hayotga joriy etish va modernizatsiyalashga xizmat qiladigan metodologik yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi 383/19-son ma’lumotnomaci). Bu jamiyatda diniy bag‘rikenglik muhitining qaror topishiga hamda xalqaro, konfessiyalararo, madaniyatlararo aloqalarning pozitiv rivojlanishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.