Zamonov Zokir Turg‘inovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ma’naviy-axloqiy institutlarning o‘rni», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ss65.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqorov Vahob Hoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yangilanish jarayonida ma’naviy-axloqiy institutlar faoliyatidagi tub o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan samarali faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-axloqiy institutlar transformatsiyalashuvi (oila+mahalla+jamiyat hamkorligi) zamonaviy fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga substansional ma’naviy omil bo‘lib xizmat qilishi ochib berilgan;
tarixiy va madaniy qadriyatlarga asoslangan, milliy ma’naviyatimizni yosh avlod ongiga singdirishda zarur hisoblangan oila va mahalla institutlari gorizontal (ijtimoiy munosabatlarda mushtaraklik) hamda vertikal (sotsial mas’uliyat va daxldorlik) shaklida pragmatik faoliyat olib borishi lozimligi asoslangan;
fuqarolik jamiyati rivoji va ma’naviy-axloqiy muassasalar faoliyatida ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda ijtimoiy-mafkuraviy targ‘ibotni yo‘lga qo‘yadigan sotsial integratsiyalashuv platformasini (ta’lim muassasasi+oila+mahalla+NNT) shakllantirish zarurligi ilmiy asoslangan;
jamiyatda institusional asosga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy institutlar faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlashda «ma’naviyat-mafkura-targ‘ibot» tamoyiliga amal qilish muhimligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, ma’naviy-axloqiy institutlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotidagi ishtirokini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
ma’naviy-axloqiy institutlar transformatsiyalashuvi zamonaviy fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga substansional ma’naviy omil bo‘lib xizmat qilishi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilgan davlat granti loyihasi doirasidagi PZ-201709300366-raqamli «Mamlakatimizda barcha fuqarolik, ijtimoiy va demokratik institutlar o‘rtasida milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish masalalari» mavzuidagi davlat grantini amalga oshirishda, xususan, ma’naviy-axloqiy institutlarning faoliyat mezonlarini takomillashtirish yuzasidagi taklif va xulosalaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 10 noyabrdagi 01/09-11/4-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda keng faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash, trening va seminarlar tashkil etishga xizmat qilgan;
tarixiy va madaniy qadriyatlarga asoslangan, milliy ma’naviyatimizni yosh avlod ongiga singdirishda zarur hisoblangan oila va mahalla institutlari gorizontal hamda vertikal shaklida sinxronik faoliyat olib borishi lozimligi umumta’lim maktablarining 10–11-sinflar «Ma’naviyat asoslari» darsligi (T.: 2017. –144 b.)da foydalanilgan (Respublika Ta’lim markazining 2018 yil 21 sentyabrdagi 01/25-68-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, umumta’lim muassasalarining 10–11-sinf o‘quvchilarida ma’naviy-ma’rifiy salohiyatni oshirish va ularning oila, mahalla institutlarining asosiy ma’naviyatni shakllantiruvchi maskan sifatidagi ijobiy dinamizmni yuzaga chiqarishiga xizmat qilgan;
jamiyatda institusional asosga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy institutlar faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlashda “ma’naviyat-mafkura-targ‘ibot” tamoyiliga amal qilish muhimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish” sho‘’basida o‘zbek xalqining asrlarga teng milliy an’analari, nomoddiy madaniy va ma’naviy merosi, o‘zlikni anglashda madaniy va ma’naviy merosning tutgan o‘rni yuzasidan targ‘ibot va tashviqot olib borish bo‘yicha materiallar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 29 martdagi 01.11.09.2108-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi xalqimizning boy milliy an’analari, nomoddiy madaniy merosi, milliy o‘zlikni anglashda jamiyatimizda tarixan shakllangan ma’naviy qadriyatlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va targ‘ibot materiallari bilan boyitilgan.