Sheraliev Sa’dullo Suyunboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fizikaning “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishdagi elektron qo‘llanmalarning mazmuni va metodikasini takomillashtirish (akademik liseylar misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped77.
Ilmiy rahbar: Tursunmetov Kamiljan Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Zaynabiddinov Sirojiddin, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik liseylarda fizikaning “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishdagi elektron o‘quv-metodik ta’minotlarning mazmuni va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning fizik bilimlarni o‘zlashtirishdagi pedagogik-psixologik (kreativ, individual ruhiy), didaktik (motivatsion-faollashuv) va texnik (video lavhalar) talablarning aloqadorligi elektron o‘quv vositalarning fizikani o‘qitishdagi funksiyalarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
tebranish va to‘lqinlar dinamikasiga oid fizik hodisalarni (hosil bo‘lishi, tarqalishi, takroriyligi, so‘nuvchanligi) o‘qitish o‘quvchilarning bilish motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik mashqlarni (juft-kontrast, analogiya, integratsiya) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishdagi nazariy, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va amalga oshirishning texnologik tarkibiy tuzilmasi empirik bilim shakllari (o‘lchash, bajarish, natija olish, monitoring va tahlil qilish)dan foydalanishga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning kreativ fikrlash va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot animatsion-namoyishli jarayonlarning xususiyatlarini (virtuallik, illyustrativlik, modellashtirish va imitatsiyalashtirish) ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fizikaning “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishdagi elektron o‘quv-metodik ta’minotlarning mazmuni va metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning fizik bilimlarni o‘zlashtirishdagi pedagogik-psixologik, didaktik va texnik talablarning aloqadorligini aniqlashtirish, elektron o‘quv vositalarning fizikani o‘qitishdagi funksiyalari, tebranish va to‘lqinlar dinamikasiga oid fizik hodisalarni o‘qitish, o‘quvchilarning bilish motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik mashqlarga oid takliflar “Fizikani o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-277-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ta’minotini boyitishga hamda o‘quvchilarning fizikaning “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limi bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
fizikaning “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limini o‘qitishdagi nazariy, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va amalga oshirishning texnologik tarkibiy tuzilmasi, empirik bilim shakllaridan foydalanishga oid takliflaridan “Mexanik va elektromagnit tebranish va to‘lqinlarlar” nomli o‘quv qo‘llanmani (2011 yil) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-277-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga ularning tadqiqotchilik, ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatlarining oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning kreativ fikrlash va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot, animatsion-namoyishli jarayonlarning xususiyatlariga oid takliflari 2015¬¬–2017 yillarda amalga oshirilgan A-1-71 raqamli “Fizika, astronomiya va turdosh ta’lim yo‘nalishlari uchun nazariy fizika kurslari bo‘yicha elektron-o‘quv-uslubiy kompleks yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-277-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha fizikani o‘qitish sifatini hamda o‘quvchilarning motivatsion faoliyatini oshirishga xizmat qilgan.