Majidov Samariddin Rashid o‘g‘lining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida yangi avlod superplastifikatorli beton strukturasi va texnologiyasi», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1033
Ilmiy rahbar: Samigov Nigmatjon Abduraximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Saidaglam Agloevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxamataliev Irkin Muminovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik..
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosidagi yangi avlod superplastifikatorlari qo‘shilgan beton strukturasini tadqiq qilish va uni olishning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
polikarboksilat efirlari asosidagi superplastifikatorlarning ta’sirini hisobga olgan holda sement toshi mikrostrukturasining shakllanishi asoslangan;
beton tarkibidagi kimyoviy qo‘shimchaning miqdorini belgilovchi omillar asosida superplastifikatorlarning ta’sir etish mexanizmi aniqlangan;
beton mustahkamligini uning tarkibidagi superplastifikatorning miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo asosidagi superplastifikatorlardan foydalanib beton ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyo asosida yangi avlod superplastifikatorli beton strukturasi va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
superplastifikatordan foydalanib ishlab chiqariladigan beton tarkiblari “Jizzax binokor savdo” MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 iyundagi 4058/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada sement sarfini 25–30% ga kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo asosidagi superplastifikatorlardan foydalanib beton ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasi «Zenatkor-TBB» MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 iyundagi 4058/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotga nam-issiqlik ishlov berish vaqtini 20% ga qisqartirish imkonini bergan;
superplastifikatordan foydalanib pardozlash ishlari uchun qurilish qorishmaning tarkibi “Asqar qurilish invest” maxsus ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 iyundagi 4058/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada qorishmaning suvga talabchanligini 15–20% ga kamaytirish, qorishmaning mustahkamligini 25–30% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish