Ibragimov Isroil Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt768.
Ilmiy rahbar: G‘ofurov Ahmadali, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlari investision faoliyatini rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqarishga kiritilgan investisiyalar ta’sirchanligini baholash asosida takomillashtirilgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshqarish mexanizmi har bir tarmoqning raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyatlari va chora-tadbirlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarining funksional bog‘liqligi jihatidan viloyatda kichik integratsion guruhlarga ajratish orqali “o‘zaro ta’sirli rivojlanish zanjirlari”ni shakllantirish asosida tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish asoslangan;
viloyat hokimligi tarkibidagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi hamda Savdo-sanoat palatasining Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi faoliyatida biznes loyihalarni amalga oshirish va tavakkalchilikni pasaytirishda vakolatlarni integratsiyalash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlari investision faoliyatini rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqarishga kiritilgan investisiyalar ta’sirchanligini baholash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining investision faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2018 yil 2 noyabrdagi C11/4B-18-11314-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatidagi tadbirkorlik sub’ektlariga kiritilgan investisiyalarni samarali sohalarga yo‘naltirish hisobiga qo‘shimcha 300 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshqarish har bir tarmoqning raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyatlari va chora-tadbirlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2018 yil 2 noyabrdagi C11/4B-18-11314-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish samaradorligi ortishi hisobiga qo‘shimcha 800 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarining funksional bog‘liqligi jihatidan viloyatda kichik integratsion guruhlarga ajratish orqali «o‘zaro ta’sirli rivojlanish zanjirlari»ni shakllantirish asosida tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2018 yil 2 noyabrdagi C11/4B-18-11314-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 26 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish salohiyati 7 foizga, eksport salohiyati esa 4 foizga oshgan;
viloyat hokimligi tarkibidagi «tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi» hamda Savdo-sanoat palatasining Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi faoliyatida biznes loyihalarni amalga oshirish va tavakkalchilikni pasaytirishda vakolatlarni integratsiyalash bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasin ing 2018 yil 2 noyabrdagi C11/4B-18-11314-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga joriy etilganda 102 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot eksport qilinishiga erishilgan.