Tursunov Shuxrat Sabitjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped469.
Ilmiy rahbar: Isroilov Shoakrom Xolmatovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Po‘latov Fazlidddin Muxiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malakali yunon-rim kurashchilarining murakkab hujum harakatlarini amalga oshirishda texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yunon-rim kurashchilari musobaqalarida asosan qiyin vaziyatlarda muvaffaqiyat keltiradigan (beldan oshirib tashlash, elkadan oshirib tashlash, qo‘lni bo‘yinga o‘rab tashlash va elkalardan oshirib tashlash) usullar aniqlangan;
malakali yunon-rim kurashchilari texnik-taktik harakatlarni samarali bajarishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi maxsus mashqlar asosida aniqlangan;
musobaqa oldi tayyorgarlik davrida malakali yunon-rim kurashchilar uchun tortuvchi mikrotsikllarda texnik usullarni hamda zarbdor mikrotsikllarda taktik harakatlarni takomillashtirish uchun mashg‘ulotning hajm va jadalliklari taqsimlangan;
malakali yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik usullarni bajarish uchun sarflaydigan vaqt ko‘rsatkichlari har xil antropometrik o‘lchamlarga ega bo‘lgan sportchilar bilan bellashish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yunon-rim kurashi bo‘yicha musobaqalarda ko‘p ishlatilgan va muvaffaqiyat keltirgan texnik-taktik harakatlar bo‘yicha takliflar Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internati va Chirchiq shahridagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlari dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 maydagi 03-08-08-180-son ma’lumotnomasi). Natijada qarshi hujumda muvaffaqiyatli bajarilgan texnik usullar 38,7% ni, taktik usullar esa 22,9% ni tashkil qilgan;
malakali yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internati va Chirchiq shahridagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yunon-rim kurashi bilan shug‘ullanuvchilarga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 maydagi 03-08-08-180-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi kurashchilari tomonidan murakkab hujum harakatlarini bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlari 14–17% ga o‘sgan;
malakali yunon-rim kurashchilari tomonidan texnik usullarni bajarish tezligini tortuvchi va zarbdor mikrotsikllarda takomillashtirish bo‘yicha takliflar Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internati va Chirchiq shahridagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yillik mashg‘ulot rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 maydagi 03-08-08-180-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik-taktik harakatlarni bajarish uchun asosiy tezkor-kuch sifati tajriba guruhida 26,4% ga yaxshilangan bo‘lsa, nazorat guruhida 12.1% ni tashkil qildi. Nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi malakali yunon-rim kurashchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi jadal yuklamalari farqlari umumiy hajmdan 12,5% ga o‘zgargan;
malakali yunon-rim kurashchilari tomonidan texnik-taktik usullarni bajarish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internati va Chirchiq shahridagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yunon-rim kurashi bilan shug‘ullanuvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 maydagi 03-08-08-180-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy musobaqalarda qarshi hujum texnik-taktik harakatlarni bajarishda kurashchilarning ko‘rsatkichlari dastlabki natijalarga nisbatan 20–22%ga oshirishga erishilgan.