Davurbaeva Matluba Jalalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy gimnastika vosita va uslublari orqali jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped82.
Ilmiy rahbar: Salamov Raxmatullo Salamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aripov Yunus Yusupovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy gimnastika vosita va uslublari orqali jismoniy tayyorgarligini rivoj¬lantirish texnologiya¬sini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy gimnastika materiallarini o‘zlashtirishiga qarab ularda jismoniy tarbiyaning harakat amallariga o‘rgatish, jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarligining rivojlanishini nazarda tutgan holda harakat dinamikasi aniqlangan;
boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlanti¬rishda asosiy gimnastika sog‘lomlashtiruvchi-rivojlantiruvchi vositalarini qo‘llash ketma-ketligini takomillashtirish metodikasi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga kiritilgan;
jismoniy tarbiya amaliyotida o‘quvchilarning jismoniy holatiga ta’sir etuvchi jismoniy mashqlarni katta va o‘rta tezlikda bajarilish soni, dam olish vaqti va davom etish komponentlari aniqlangan;
asosiy gimnastika sog‘lomlashtiruvchi-rivojlantiruvchi vositalarini uzluksizligini ta’minlash va ularni amalda qo‘llash shakllaridan oqilona foydalanish asosida o‘quvchilarning harakat faolligini oshirish, maxsus bilimlarga o‘rgatish, ularning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun tizimli yondashish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quv¬chilarining asosiy gimnastika vosita va uslublari orqali jismoniy tayyor-garligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va rivojla¬nishi hamda funksional holatining dinamikasi aniqlanib, gimnastika vositalarini qo‘llash metodikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Xalq ta’limiga qarashli 184-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 25 sentyabridagi 01-07-10-2118-son ma’lmuotnomasi). Natijada, umumiy tezkorlik sifati 36,1% ga, chaqqonlik sifati esa 29,1% ga, egiluvchan¬lik sifati 34,8% ga, kuch sifati 38,0% ga o‘sishga xizmat qilgan;
jismoniy tarbiya darslarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda asosiy gimnas¬tika vositalarini qo‘llash ketma-ketligi aniqlanib, Chilonzor tumanidagi Xalq ta’limiga qarashli 184-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jismo¬niy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 25 sentyabridagi 01-07-10-2118-son ma’lmuotnomasi). Natijada tezkorlik sifati 36,1% ga, chaqqonlik sifati 29,1% ga, egiluvchanlik sifati 34,8% ga, kuch sifati 38,0% ga o‘sishini ta’minlagan;
jismoniy tarbiya amaliyotida o‘quvchilarning jismoniy holatiga ta’sir etuvchi jismoniy mashqlarlarni katta va o‘rta tezlikda bajarilish soni, dam olish vaqti va davom etish komponentlari aniqlanib, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Xalq ta’limiga qarashli 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchi¬lari bilan o‘tkazilgan asosiy gimnastika darslari o‘quv jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda dastur materiallari va innovatsion metodlardan foyda¬lanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 25 sentyabridagi 01-07-10-2118-son ma’lmuotnomasi). Natijada o‘quvchilarning harakat tayorgarligi 30% ga oshgan;
asosiy gimnastika sog‘lomlashtiruvchi-rivojlantiruvchi vositalarining uzluk¬sizligini ta’minlash va ularni amalda qo‘llash shakllaridan oqilona foydala¬nish asosida o‘quvchilarning harakat faolligini oshirish, maxsus bilimlarga o‘rgatish, ularning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun tizimli yonda¬shish texnologiyasi G‘allaorol tumani Xalq ta’limiga qarashli 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari¬ning jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 25 sentyabridagi 01-07-10-2118-son ma’lmuotnomasi). Natijada tezkorlik sifati 25–27% ga, chaqqonlik sifati 18,1–22,4% ga, egiluvchanlik sifati 31–33% ga, kuch sifati 19,2–21,5% ga o‘sishini ta’min-lagan.