Turdieva Shoxida Tolkunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida maktab o‘quvchilari orasida gastroduodenal soha surunkali kasalliklari profilaktikasi va reablitatsiyasini muqobillashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tibl55.
Ilmiy maslahatchi: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazliddin Sayfievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Oltinoy Tursunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bolalar salomatligi tibbiyot milliy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida maktab o‘quvchilari orasida surunkali gastroduodenal kasalliklarni birlamchi,   ikkilamchi darajali profilaktikasi va sog‘lomlashtirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor enteral okisgenoterapiyaning qo‘llanilishi faol shakldagi kislorodni jarohatlangan shilliq qavat to‘qimalarning qayta tiklanishini tezlashtirish xussusiyati sababli  uning  ijobiy reparativ-regenerativ ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
ilk bor Helicobacter pylori bilan infeksiyalanishda enteral okisgenoterapiyaning qo‘llanilishi faol shakldagi kislorodning  bakteriya atrofidagi mochevina gidrolizi ishqorlanishi darajasini susaytirishi sababli eradikatsion davo ta’sirining kuchayishi aniqlangan;
maktab o‘quvchilari orasida gastroduodenal sohani surunkali kasalliklarining rivojlanishiga olib keluvchi zamonaviy omillar-ovqatlanish sifati va tartibining buzilishi, xelikabakterioz bilan zararlanish, endokrin o‘zgarishlar kasallikning muhim sabablari ekanligi aniqlangan;
surunkali gastroduodenal patologiyasining ichak tizimidagi oziqa moddalarning so‘rilishi buzilishi fonida gastrointestisial gormon tizimiga bog‘liq holda somatotrop gormoni ishlab chiqilishining buzilishi maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarni jismoniy va jinsiy rivojlanishiga ta’siri isbotlangan;
surunkali gastroduodenal patologiyasida anemiyani davolashda enteral okisgenoterapiyani qo‘llashda faol shakldagi kislorodning gematologik tizimga ijobiy ta’siri sababli surunkali gipoksiyani davolash jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida maktab o‘quvchilari orasida gastroduodenal soha surunkali kasalliklari profilaktikasi va reablitatsiyasini muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Maktab o‘quvchilari orasida surunkali gastroduodenal kasalliklarni profilaktikasi va reabilitatsiyasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 8 apreldagi 8n-r/47-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktab o‘quvchilari orasida SGDP erta tashxislash ballik shkalasini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bayon etilgan bo‘lib, bu kasalliklarni erta tashxislashga xizmat qilgan;
«Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarda gastroduodenal kasalliklarida enteral oksigenoterapiyani qo‘llash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 avgustdagi 8n-r/212-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ma’lumotlari poliklinika sharoitida SGDP bo‘lgan bemorlar orasida xelikobakter-infeksiyalanish davolash jarayoni samaradorligini 5% gacha, temir tanqisligi kamqonlik davosini 20% qadar oshirishga yordam bergan;
«Surunkali gastroduodenal patologiyasi mavjud maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar orasida kompleks reablitatsion dasturni tashkillashtirish va o‘tkazish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 avgustdagi 8n-r/214-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ma’lumotlari SGDP bemorlarni gospitalizatsiya ko‘rsatkichini va tibbiy-statsionar xarajatlarni diyarli uch qisimdan ortiq kamaytirish imkonini bergan;
birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida maktab o‘quvchilari orasida surunkali gastroduodenal kasalliklarning profilaktikasi va sog‘lomlashtirish yo‘llarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy ishning natijalari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 25-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi, Toshkent shaxridagi 51, 52, 55 va 60-sonli shahar oilaviy poliklinikalarining davo-profilaktik ish faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 8 sentyabrdagi 8n-r/180-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar kasallikni qayta zo‘rayishi va asoratlarining kelib chiqishini 4,2 marotaba, kasallikdan so‘ng tiklanish muddatini ikki marta, bemorlarning gospitalizatsiya ko‘rsatkichini va tibbiy-statsionar xarajatlarni diyarli uch qismdan ortiq kamayish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish