Fayzullaeva Gulchexra Sharipboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiy ta’lim uzviyligi asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish (V–IX sinflar misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped176.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Hasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saribaeva Maxsuda Urinbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: adabiy ta’lim uzviyligi asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish mazmuni, shakli, vosita va metodlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida adabiyot o‘qitish jarayoni badiiy asar mutolaasi bilan o‘zaro uzviyligiga erishish, bunda o‘quvchilar yoshi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni hisobga olish orqali o‘quvchi ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik paradigmalari aniqlangan;
adabiy ta’limning uzviyligi vositasida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, badiiy-estetik tafakkurini o‘stirish metodlari va adabiy ta’lim uzviyligi modeli “kecha-bugun-ertaga” o‘qitish tizimi orqali takomillashtirilganligi aniqlangan;
axborotlar hajmining to‘xtovsiz o‘sib borishi sharoitida o‘quvchilarda shakllantiriladigan adabiy ta’limga doir kompetensiyalarning uzviyligi, tadrijiyligi, modulliligi, integrativligi, mavzulararo bog‘liqligi omillari ochib berilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari adabiyot dasturi mavzularining sinflar kesimida o‘zaro muvofiqligi hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida adabiy ta’lim uzviyligini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adabiy ta’lim uzviyligi asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, badiiy-estetik tafakkurini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adabiy ta’lim uzviyligi asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 30 maydagi 01-02/2-2-160-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim adabiyot darslarida o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkuri, intellektual ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir kompetensiyaviy yondashuv mexanizmini amaliyotga joriy qilish imkonini bergan;
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda mustaqil ishlarni bajarish, adabiy tahlil va insho yozish malakasini shakllantirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2015 yil 27 apreldagi 20, 22-QQ, 14/6-5474/6, 01-04/464-son qarori bilan tasdiqlangan “Huquq bilimdonlari” respublika insholar tanlovining me’yoriy-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 30 maydagi 01-02/2-2-160-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, badiiy-estetik tafakkuri hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan qarashlar, g‘oyalar, qoidalarning adabiy ta’lim mazmuniga singdirilishiga imkon bergan.