Apakxujaeva Tursunoy Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyilma suv omborlarining foydali hajmini o‘zgarishini bashoratlash (Talimarjon suv ombori misolida)», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1042.
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaeva Ifoda Axmedjanovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori; Gapparov Furqat Axmatovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyilma suv omborlarida suv isroflariga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olib, suv omborlarining foydali hajmini aniqlash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyilma suv omborlarida foydali hajmining o‘zgarishlarini bashorat qilish usuli suv bug‘lanishi, shimilishi va ularning loyqa bosishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
suv ombori suv chiqarish inshootining gidravlik hisobi suv ombori foydali hajmining o‘zgarishlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
suv omboridan bug‘lanishni hisoblash usuli suv omboridagi suv sathining o‘zgarishlarini inobatga olgan holda GAT texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirilgan;
loyqalanish miqdorini aniqlash usuli quyilma suv omborlari foydali hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyilma suv omborlarining foydali hajmini o‘zgarishini bashoratlash usullarini ishlab chiqish asosida:
quyilma suv omborlaridan bo‘ladigan bug‘lanishlar miqdorini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Amu-Qashqadaryo” ITHB qoshidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 03/25-1755-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan usulda suv omboridan bo‘ladigan bug‘lanishni GAT texnologiyalari asosida hisoblash yordamida suv ombori suv kosasidan bo‘ladigan bug‘lanishning aniq miqdorini baholash imkoni yaratilgan;
quyilma suv omborining loyqalanishini bashoratlash bo‘yicha loyqa sarfini hisoblash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi qoshidagi Talimarjon suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 03/25-1755-son ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori kosasida cho‘kayotgan loyqalik miqdorini baholash usuli asosida suv omborining suv hajmini o‘zgarishini baholash imkoniyati yaratilgan;
quyilma suv omborining suv balansini baholashda suv omboridan chiqayotgan suv sarfini aniqlashning gidravlik hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qarshi magistral kanali boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 03/25-1755-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omboriga kelayotgan va suv omboridan chiqayotgan daryo cho‘kindilarini miqdorini hisoblash usuli asosida suv omborini suv hajmini o‘zgarishini baholash imkoniyati yaratilgan.