Xusanova Nargiza Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning tizimli o‘qitishga funksional etukliligini gigienik asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib808.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli  Islomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoz Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlari bolalarining maktabga etuklik darajasiga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini gigienik asoslashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional siljishga ega bolalarning salomatlik holatini davriy tibbiy ko‘riklar asosida yaxshilashga qaratilgan tibbiy ko‘riklar, bolaning funksional rivojlanishining optimal variantini hisobga olgan holda jihozlarning yosh va bo‘yiga mos kelishini baholovchi gigienik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning kunlik ratsioni vitamin, mineral va biologik faol moddalar bilan boyitish hisobiga, jumladan, shakar va non mahsulotlarining yangi fiziologik me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalari er maydonining funksional hududlanishida bino tarkibiy qismlaridagi gigienik talablarga mos kelmaydigan xavf omillarining sifat ko‘rsatkichlari asoslangan;
bolalarning funksional tayyorgarlik darajasini oshirish, biologik rivojlanishida o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan aqliy va jismoniy rivojlanishini gormonikligini ta’minlashga qaratilgan gigienik tavsiyalar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha  ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning tizimli o‘qitishga funksional etukligini gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
funksional siljishga ega bolalarning salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy ko‘riklar, jihozlarning yosh va bo‘yiga mos kelishini baholash, maktabgacha ta’lim muassasalari er maydonining funksional hududlanishida bino tarkibiy qismlaridagi gigienik talablarga mos kelmaydigan xavf omillarining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilash maqsadida «Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhida tarbiyalash sharoitini gigienik baholash va bolalarning salomatligi uchun ularning ahamiyati» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2019 yil 5 maydagi 8n-d/101-son ma’lumotnomasi). Mazkur usulbiy qo‘llama har bir omilning ob’ektiv son va sifat xususiyati, shuningdek, bolalarni ilk yoshidan salomatlik holatini  mustahkamlashga qaratilgan xavf omillari, er maydonining tarkibiy qismlari, bino, guruhlardagi gigienik sharoitlarni boshqarish bo‘yicha tezkor qaror qabul qilish imkonini bergan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning kunlik  ratsioni vitamin, mineral va biologik faol moddalar bilan boyitish hisobiga shakar va non mahsulotlarining yangi fiziologik me’yoriy ko‘rsatkichlari asoslash maqsadida «Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning faktik ovqatlanishini tashkil qilish va gigienik baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2019 yil 5 maydagi 8n-d/101-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, ovqatlanish tarkibi va unga to‘liq rioya qilish bolalarning gormonik rivojlanishini ta’minlash imkonini bergan;
maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning tizimli o‘qitishga funksional etukligini gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi «Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida»gi qonun loyihasining 14-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2019 yil 24 maydagi 05/z-06-55-son ma’lumotnomasi), shuningdek, Respublika davlat sanitariya epidemiologik nazorati markazi va maktabgacha ta’lim muassasalarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2019 yil 29 iyundagi 8n-z/94-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi MTMda bolalarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, salomatlik holatini  mustahkamlash bo‘yicha tizimli profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, tayyorlov guruhidagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish, bolalar rivojlanishidagi o‘zgarishlarning erta oldini olish, o‘z vaqtida davolash va bolalarning maktab ta’limiga funksional tayyorgarlik darajasini to‘liq baholash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish