Sayt test rejimida ishlamoqda

Vapaev Murodjon Dusummatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik tezlashtirgichlar va ular asosida elastomer kompozision materiallar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T432.
Ilmiy rahbarlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Tadjixodjaev Zokirxodja Abdusattarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Negmatov Sayibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan butadienstirol kauchuklari asosidagi elastomer kompozisiyalari uchun ingredientlar yaratish va ularni qo‘llab har xil sharoitlarda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari tarkibi va olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft`-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida elastomer kompozisiyalari vulkanlash jarayoni uchun tezlashtirgichlar yaratilgan;
organik tezlashtirgichlar bilan alyumo-silikat mineral to‘ldirgichlarni modifikatsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tezlashtirgichlar va modifikatsiya qilingan alyumo-silikat to‘ldirgichlari bilan butadienstirol kauchuklar asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi kompozision elastomer materiallar tarkibi tuzilgan;
tezlashtirgichlar va modifikatsiya qilingan alyumo-silikat to‘ldirgichlarni butadienstirol kauchuklar asosida olingan rezina qorishmalari vulkanlanish kinetikasiga ta’siri aniqlangan;
tezlashtirgichlar va modifikatsiya qilingan alyumo-silikat to‘ldirgichlarni butadienstirol kauchuklar asosida olingan rezina qorishmalari plasto-elastik, reologik va texnologik xossalariga ta’siri aniqlangan;
tezlashtirgichlar va modifikatsiya qilingan alyumo-silikat to‘ldirgichlarni butadienstirol kauchuklar asosida olingan kompozimsion elastomer materiallari fizik-mexanik, dinamik va ekspluatatsion xossalariga ta’siri isbotlangan;
ingredientlarni qo‘llab har xil sharoitlarda ishlatiluvchi elastomer kompozisiyasi va ular asosida qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari va shina olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Organik tezlashtirgichlar va ular asosida elastomer kompozision materiallar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tezlashtirgichlar va modifikatsiya qilingan alyumo-silikat to‘ldirgichlar asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari olish texnologik shartlari «O‘zkimyosanoat» AJ nizomining 67-bandiga asosan «Birinchi rezinatexnika zavodi» MChJ tomonidan tasdiqlangan («O‘zkimyosanoat» AJning 2014 yil 16 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i). Natijada yaratilgan elastomer kompozisiyalari va ular asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari ishlab chiqish imkonini bergan;
neft`-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilaridan elastomerlarni vulkanlash jarayonini tezlashtiruvchi ingredient va ular asosida modifikatsiyalangan alyumo-silikat mineral to‘ldirgichlar olish texnologiyalari «Kafolat rezina» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 5 iyundagi 01/3-2349/A-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinadigan vulkanlash jarayoni tezlashtirgichlarini va to‘ldirgichlar miqdorini 33% kamaytirish imkonini bergan;
tezlashtirgichlar va modifikatsiya qilingan alyumo-silikat to‘ldirgichlar asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari olish texnologiyalari «Toshkent rezina» MChJ, «Elastomer plastik» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 5 iyundagi 01/3-2349/A-son ma’lumotnomasi). Natijada qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekistil buyumlari ishlab chiqarish miqdorini 40% oshirish va tan narxini 22% kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish