Qalandarov Aziz Abduqayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Izotrop va anizotrop jismlar uchun termoelastik masalalarni sonli modellashtirish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM323.
Ilmiy rahbar: Xaldjigitov Abduvali Abdisamatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM.01.02.
Rasmiy opponentlar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abirov Rustam Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: izotrop va anizotrop jismlar uchun termoelastik bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan masalalarni sonli echish usullari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termoelastik chegaraviy masalalar uchun oshkor va oshkormas chekli-ayirmali sxemalar qurilgan;
izotrop va anizotrop jismlar uchun termoelastik bog‘liq hamda bog‘liq bo‘lmagan masalalarni sonli echish uchun yangicha yondashuv taklif qilingan va asoslangan;
turli issiqlik va mexanik chegaraviy shartlarda izotrop va ortotrop parallelepiped, to‘g‘ri to‘rtbuchak va sterjen` uchun termoelastik bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy masalalar sonli echilgan;
bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan termoelastik masalalarni sonli echish imkonini beruvchi algoritmlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan;
issiqlikning tarqalishi va uning izotrop va anizotrop jismlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish xolatiga ta’siri boholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Izotrop va anizotrop jismlar uchun termoelastik masalalarni sonli modellashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
termoelastik masalalar uchun ishlab chiqilgan oshkor va oshkormas chekli-ayirmali sxemalar F4-FA-F049 raqamli «Razrabotka bimomentnoy teorii izgiba i kolebaniya tolstix plastin i obolochek s uchetom anizotropnix svoystv materialov» grant loyihasida anizotrop plastinalarning chekli-ayirmali harakat tenglamalarini qurishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 19 martdagi 2/1255-854-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bimomentlarni hisobga olgan holda anizotrop plastinalarning majburiy tebranishi masalasini sonli echish imkonini bergan;
termoelastik masalalarni sonli echish va ularning natijalarini vizuallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minoti «Sirdaryo savdo qurilish loyiha» MChJ va «Mirzacho‘l agro qurilish loyiha» MChJlarning ma’muriy binolarni loyihalashtirish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 martdagi  1511/06-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi loyihalash ishlarining aniqligi va samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish