Kalandarova Nargiza Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda tahlil metodikasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt521.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Yusupovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muqumov Zafar Avazmurotovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: real sektordagi aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatini reyting baholashda tahlil metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatini reyting baholashning samaradorlik, ish aktivligi, likvidlik va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tarkibi aniqlashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobot ma’lumotlarini diagnostik o‘rganish, moliyaviy holatni tahlil etish hamda reyting baholashning to‘rt bosqichli usuli taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holati reytingini aniqlash tartibi raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirilgan;
moliyaviy holatni reyting baholash tushunchasiga aniq ko‘rsatkichlarga asoslangan holda takomillashgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda tahlil metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
moliyaviy holatini reyting baholash ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish va ularning yangilangan tarkib guruhini shakllantirish bo‘yicha taklifi “O‘zpaxtasanoat” AJ va O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan moliyaviy holatni reyting baholashda qo‘llanilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 20 maydagi 03-10/3043-son va O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 27 maydagi 85-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi “O‘zpaxtasanoat” AJga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik faoliyati samaradorligi, boshqaruv samaradorligi, ish aktivligi, likvidlik va moliyaviy barqarorligini kompleks baholash, mulkiy va moliyaviy salohiyatini aniqlash imkonini bergan, hamda O‘zbekiston auditorlar palatasining “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik tashkilotlari renkingini aniqlash metodikasi”ni tuzishda keng foydalanilgan;
moliyaviy hisobot ma’lumotlarini diagnostik o‘rganish, moliyaviy holatni tahlil etish hamda reyting baholashning algoritmi va metodik tavsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflari “O‘zpaxtasanoat” AJ va O‘zbekiston auditorlar palatasi  tomonidan moliyaviy holatni reyting baholashda qo‘llanilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 20 maydagi 03-10/3043-son va O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 27 maydagi 85-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi tizimga kiruvchi korxonalarda moliyaviy hisobot ma’lumotlarini diagnostik o‘rganish, har bitta korxonaning faoliyat va biznes samaradorligiga umumiy baho berish, olingan natijalarni ranjirlash orqali ularning reytingini aniqlashga imkon bergan va moliyaviy holatni reyting baholash algoritmi “O‘zpaxtasanoat” AJning tashkiliy strukturasini vaqt byudjetidan samarali foydalanishda, strategik boshqaruvni optimallashtirishda yuqori natijalarga olib kelgan, hamda O‘zbekiston auditorlar palatasining “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik tashkilotlari renkingini aniqlash metodikasi”ni tuzishda keng foydalanilgan;
moliyaviy holati reytingini raqamli iqtisodiyot talablariga mos baholash uslubini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “O‘zpaxtasanoat” AJ va O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan dasturdan foydalanishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 20 maydagi 03-10/3043-son va O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 27 maydagi 85-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tizimga kiruvchi korxonalarda moliyaviy holatni reyting baholashning ko‘rsatkichlar guruhi (to‘rtta tarkib) va ularning birlik elementlarini (20 ta tarkib) rasmiy chop etiladigan moliyaviy hisobotlar asosida aniqlashga, axborotlarni yig‘ish, to‘plash va qayta ishlashning raqamli iqtisodiyotga mos tuzilmasini shakllantirishga olib kelgan, hamda korxonalar moliyaviy holatining reytingini baholash qisqa vaqtda aniq va to‘g‘ri aniqlangan;
moliyaviy holatni reyting baholash tushunchasiga yangilangan mualliflik ta’rifi bo‘yicha taklif bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy tahlil” fani bo‘yicha tayyorlangan darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 1000-son buyrug‘i, 1000-015 raqamli guvohnoma). Ushbu ta’riflarning darslikka kiritilishi moliyaviy holatni reyting baholashning nazariy asoslarini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish