Ergasheva Dilafruz Abdusalomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Good/bad va yaxshi/yomon leksemali ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarining pragmatik hamda lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.13 – Qiyosiy va  chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4503.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi good/bad va yaxshi/yomon leksemalari ishtirokidagi ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarning pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish, ularning izomorfik va allomorfik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida good/bad va yaxshi/yomon leksemalari ishtirokidagi frazeologizmlarning pragmatik xususiyatlari asosida ijobiy va salbiy baholovchi leksemalar  qatnashgan frazeologik birliklar nafaqat semantik, balki kommunikativ va pragmatik mezonlar asosida yoritilib, ular orqali til sohibining qadriyat tizimi, nutqdagi ekspressivlik, baholovchanlik va ijtimoiy, madaniy qarashlari dalillangan;
good/bad va yaxshi/yomon leksemali frazeologik iboralar madaniy-konnotativ mezonlar asosida guruhlarga ajratilib, ularning milliy tafakkurda aks etgan stereotipik obrazlari, universal va milliy mental tasavvurlari, umuminsoniy va o‘ziga xos etno-madaniy xususiyatlari asoslangan;
good/bad va yaxshi/yomon komponentli frazeologik birliklarning emotivlik, baholash, kinoya, ijtimoiy rol, stilistik rang, qisqalik, madaniy identifikatsiya kabi asosiy pragmatik vazifalari aniqlanib, bunday frazeologik birliklarning muloqotdagi ijtimoiy-ma’naviy yuklamasi, adresatga nisbatan pragmatik vaziyatda qo‘llanishi aniq pragmatik parametrlar asosida yoritilgan;
zamonaviy ingliz va o‘zbek badiiy matnlar tahlili asosida good/bad va yaxshi/yomon leksemali frazeologik iboralarning real kontekstdagi funksional-diskursiv xususiyatlari aniqlanib, ularning semantik, pragmatik hamda stilistik vazifalari ochib berilgan. Frazeologik birliklarning diskurs doirasida ma’no shakllanishi va muallif kommunikativ niyatini ifodalashdagi o‘rnini yoritishi orqali tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi good/bad va o‘zbek tilidagi yaxshi/yomon leksemali frazeologik bilriklarning pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi asosida:
frazeologik birliklar madaniy-konnotativ mezonlar asosida guruhlarga ajratilib, bu guruhlar o‘zaro tipologik jihatdan solishtirilgan hamda good/bad va yaxshi/yomon leksemalari ishtirokidagi frazeologizmlar lingvomadaniy tahlil natijasida ularning milliy tafakkurda aks etgan stereotipik obrazlari, universal va milliy mental tasavvurlari, umuminsoniy va o‘ziga xos etno-madaniy xususiyatlari yoritilgan hamda  tadqiqot xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, xususan, agentlik tomonidan AT “Xalq banki” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Mutolaa” – kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan hamda “Ibrat farzandlari” xorijiy tillarni o‘zbek auditoriyasiga va o‘zbek tilini xorijiy auditoriyaga o‘rgatishga qaratilgan loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligining 2025-yil 8-avgustdagi 2-13-21-4286-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida frazeologik birliklarning madaniy-konnotativ xususiyatlari asosida milliy va universal stereotipik obrazlar aniqlanib, ularning lingvomadaniy mazmuni ingliz va o‘zbek badiiy asarlarini ushbu tillarning biridan ikkinchisiga tarjima qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda loyiha doirasida kitobxonlik klublarida badiiy asarlar tahlilida amaliy foydalanildi.
good/bad va yaxshi/yomon komponentli frazeologik iboralar madaniy - konnotativ mezonlar asosida guruhlarga ajratilib, bu guruhlar o‘zaro tipologik jihatdan solishtirilgan hamda madaniy-konnotativ mezonlar asosida guruhlarga ajratilib, bu guruhlar o‘zaro tipologik jihatdan solishtirilgan  hamda ularning milliy tafakkurda aks etgan stereotipik obrazlari, universal va milliy mental tasavvurlari, umuminsoniy va spesifik etnomadaniy xususiyatlari aniqlangan.  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2025-yillarda amalga oshishi rejalashtirilgan “Erasmus” international KA 107 Creidit mobility Key action 1 – Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” mavzusidagi loyidada keng foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-avgustdagi 01/4-3418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ezgulik va yomonlikni ifodalovchi frazeologik birliklarning madaniy-konnotativ mezonlar asosida guruhlanishi va tipologik solishtirilishi orqali ular til va madaniyat rivojiga asoslangan amaliy darslarda “Match the idiom with is definition”, “Miming culture”, “Read and guess” kabi topshiriqlarda keng foydalanildi;
zamonaviy ingliz va o‘zbek badiiy matnlar tahlili asosida good/bad va yaxsh/yomon komponentli ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarining real kontekstdagi funksional-diskursiv xususiyatlari ochib berilgan, real nutq amaliyoti va matn ichidagi funksionallik asosida olib borilgan tahlil natijalari zamonaviy konkordans tahlil, diskurs tahlili va pragmatik lingvistika yutuqlarini birlashtirgan holda berilgan tahlil natijalaridan AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 2-avgustdagi 2300/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, diskurs tahlili va pragmatik lingvistika yutuqlarini birlashtirgan holda mavzu doirasidagi iboralarning nutq amaliyotidagi qo‘llanish mexanizmlarini aniqlash orqali loyiha doirasida lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirishga ilmiy-amaliy asos yaratdi;
ezgulik va yovuzlikni ifoda etuvchi frazeologizmlarning qiyosiy tavsifi, mazkur turg‘un birikmalarning ummumiy va farqli jihatlari yuzasidan erishilgan natijalardan Samarqand viloyati teleradiokanalida 2025-yil 25-iyul kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini hamda 2025-yil 5-avgustdagi “Samarqand FM 105.2” radiokanalining “Kun mavzusi” eshittirishining navbatdagi sonlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 5-avgustdagi 01-07/278-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ezgulik va yovuzlikni ifoda etuvchi frazeologizmlarning qiyosiy tavsifi, ularning  milliy ongda hamda tilda aks etishi tomoshabinlarga etkizilib,  ommaviy axborot vositalarida badiiy-lingvistik material sifatida qo‘llanish imkonini berdi, kontent yaratishda madaniy-ma’rifiy ilmiy-amaliy asos vazifasini bajardi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish