Asranbaeva Munojatxon Xalimjonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning  gerontopedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/Ped129.
Ilmiy maslahatchi: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Shirinboy Sharapovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning  gerontopedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning pedagogik-konseptual asoslari gerontopedagogik va andragogik yondashuvlarning integratsiyasini ta’minlash, intellektual salohiyat komponentlarini butun hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasi bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha uyg‘unlashtirish, yoshga oid kognitiv rivojlanish omillarining pedagogik shartlanganligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
gerontopedagogik yondashuv asosida professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning transformatsion jihatlari kasbiy motivatsiyani barqarorlashtirish, ilmiy-ta’limiy fikrlashni rivojlantirish hamda kognitiv faollikni qo‘llab-quvvatlovchi motivatsion-refleksiv ta’lim muhitini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha reflektiv amaliyotga asoslangan fasilitasiya gerontopedagogikaning determinant mexanizm ekanligini asoslash orqali  takomillashtirilgan;
gerontopedagogik yondashuv asosida professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning konseptual-funksional modeli maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik, refleksiv-diagnostik va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi maqbul bog‘liqlikni ta’minlash, individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini differensial loyihalash tartibini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
gerontopedagogik yondashuv asosida professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirish texnologiyasi yoshga oid kognitiv xususiyatlarni inobatga oluvchi adaptiv o‘qitish, refleksiv monitoring, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini modellashtirish va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishga asoslangan bosqichli rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatining rivojlanganlik darajasini baholash metodikasi motivatsion, kognitiv, refleksiv va kasbiy-faoliyat mezonlarini kompleks baholashga xizmat qiluvchi integral diagnostik indeks, darajaviy baholash shkalasi hamda pedagogik monitoring algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning gerontopedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning pedagogik-konseptual asoslarini gerontopedagogik va andragogik yondashuvlarning integratsiyasini ta’minlash, intellektual salohiyat komponentlarini butun hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasi bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha uyg‘unlashtirish, yoshga oid kognitiv rivojlanish omillarining pedagogik shartlanganligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Pedagogik akmeologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentabrdagi 438-son buyrug‘i, 438415-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning kasbiy-intellektual rivojlantirish jarayonini gerontopedagogik yondashuv asosida tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
gerontopedagogik yondashuv asosida professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning transformatsion jihatlarini kasbiy motivatsiyani barqarorlashtirish, ilmiy-ta’limiy fikrlashni rivojlantirish hamda kognitiv faollikni qo‘llab-quvvatlovchi motivatsion-refleksiv ta’lim muhitini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha reflektiv amaliyotga asoslangan fasilitasiya gerontopedagogikaning determinant mexanizm ekanligini asoslash orqali  takomillashtirishga doir takliflar “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i, 194-326-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish jarayonida yangi pedagogik texnikalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
gerontopedagogik yondashuv asosida professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning konseptual-funksional modelini maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik, refleksiv-diagnostik va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi maqbul bog‘liqlikni ta’minlash, individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini differensial loyihalash tartibini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Pedagogik akmeologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 8-maydagi 02/01-01-381-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy-kasbiy o‘sish traektoriyasiga muvofiq individual rivojlanish dasturlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
gerontopedagogik yondashuv asosida oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning shaxsiy-kasbiy va pedagogik kompetentlik bilan uzviy bog‘liq jihatlarini aniqlash, professor-o‘qituvchining mavjud kasbiy tajribasi, yoshga oid kognitiv imkoniyatlari va intellektual resurslarini kompetentlikning tarkibiy komponentlari bilan integratsiyalash hamda ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida faollashtirishga doir ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar «Pedagogik kompetentlik» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 8-avgustdagi 4465-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning individual intellektual imkoniyatlarini kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayoniga maqsadli yo‘naltirish, mavjud kasbiy tajribasini zamonaviy pedagogik talablar bilan uyg‘unlashtirish hamda gerontopedagogik yondashuv asosida uzluksiz shaxsiy-kasbiy rivojlanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik ta’minot takomillashtirilgan;
professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatining rivojlanganlik darajasini baholash metodikasini motivatsion, kognitiv, refleksiv va kasbiy-faoliyat mezonlarini kompleks baholashga xizmat qiluvchi integral diagnostik indeks, darajaviy baholash shkalasi hamda pedagogik monitoring algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 8-maydagi 02/01-01-381-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini baholashning zamonaviy metodikasi va mezonlari keng jamoatchilik orasida ommalashtirildi, pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga oid ilmiy yondashuvlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli faoliyatni rejalashtirishga yo‘naltirilgan amaliy-texnologik tizim ommalashtirishga erishilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish