Baratov Javlonbek Norjigitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada kambag‘allikni qisqartirishni targetlash mexanizmini takomillashtirish” 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6584
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.16.06
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ochilov Akram Odilovich;
iqtisod fanlari doktori, professor Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mintaqada kambag‘allikni qisqartirishni targetlash mexanizmlarini takomil-lashtirishga doir ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada kambag‘allikni qisqartirishni targetlash mexanizmi sanoat tuzilmasini optimallashtirish, an’anaviy qishloq xo‘jaligini o‘zgartirish va modernizasiyalash, zamonaviy sanoat tarmoqlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish hamda hududlarning “drayver” sohalarini aniqlashni belgilovchi omillarni guruhlash asosida takomillashtirilgan;
mintaqada kambag‘allikni qisqartirishni ishsizlar va kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoyalash bilan bog‘liq passiv va yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faol choralarini realizatsiya qilish orqali aholining kambag‘allik darajasini 5,0 %ga tushirish, ishsizlikning tabiiy darajasiga erishishini ta’minlash hamda aholining yillik o‘rtacha real daromadlarini 15-20 %ga oshirish asosida manzilli kambag‘allikni qisqartirishning “uch target” modeli ishlab chiqilgan;
aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning hududiy dasturlari doirasida belgilangan vazifalarga muvofiq kambag‘allikga tushish xavfi yuqori bo‘lgan aholi qatlamlarini aniqlash va monitoring qilish, aholining daromad manbalarini kengaytirish orqali kambag‘allikdan chiqish imkoniyatlarini yaratish hamda hududiy tafovutlarni hisobga olgan holda kam-bag‘allikni qisqartirishni targetlash siyosati choralarini realizatsiya qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida aholi turmush farovonligiga erishish hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida aholining real umumiy daromadlari hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bosh boshqarmaning bandlik bo‘limi amaliyotida foydalanildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: mintaqada kambag‘allikni qisqartirishni targetlash mexanizmini sanoat tuzilmasini optimallashtirish, an’anaviy qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qi-lish va diversifikatsiyalash, zamonaviy sanoat tarmoqlarini kengaytirish, xiz-mat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish hamda hududlarning “drayver” sohalarini aniqlovchi omillarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi vazirlikning “2026-2027-yillarda kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 20-aprel 01/00-04/09-4012-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish mintaqan-ing iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, aholi daromadlarini barqaror oshirish, hududlarning “drayver” tarmoqlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy o‘sish hamda bandlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Natijada kambag‘allik darajasini 5,0 foizgacha qisqartirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
mintaqada kambag‘allikni qisqartirishni ishsizlar va kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoyalash bilan bog‘liq passiv va yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faol choralarini realizatsiya qilish orqali aholining kambag‘allik darajasini 5,0 %ga tushirish, ishsizlikning tabiiy darajasiga erishishini ta’minlash hamda aholining yillik o‘rtacha real daromadlarini 15-20 %ga oshirish asosida manzilli kambag‘allikni qisqartirishning “uch target” modeli vazirlikning “2026-2027-yillarda kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini ishlab chiqishda foydala-nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 20-aprel 01/00-04/09-4012-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqada kambag‘allik qisqartirish choralarini reali-zatsiya qilish orqali aholining yillik o‘rtacha real daromadlarini 15-20 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qildi.
Aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning hududiy dasturlari doirasida belgilangan vazifalarga muvofiq kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan aholi qatlamlarini aniqlash va monitoring qilish, aholining daromad manbalarini kengaytirish orqali kambag‘allikdan chiqish imkoniyatlarini yaratish hamda hududiy tafovutlarni hisobga olgan holda kambag‘allikni qisqartirishni targetlash siyosati choralarini realizatsiya qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish taklifi vazirlikning “2026-2027-yillarda kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 20-aprel 01/00-04/09-4012-sonli ma’lumotnomasi).Ushbu taklifdan foydalanish hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini qabul qilishning maqsadli indikatorlariga erishish bo‘yicha qarorlar qabul qilishning optimalligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qildi.
Samarqand viloyatida aholi turmush farovonligiga erishish hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida aholining real umumiy daromadlari hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari vazirlikning “2026-2027-yillarda kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kam-bag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 20-aprel 01/00-04/09-4012-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib Samarqand viloyatida aholining real umumiy daromadlari hajmini 137,0 foizga, aholi jon boshiga real umumiy daromadlar hajmini esa 180,0 foizga oshirish imkonini beradi.