Shomurotov Sharofiddin Shukurjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda irrigatsiya-melioratsiya ishlari tarixi (1991-2021-yillar)”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3PhD/Tar553
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
    Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti                              
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi irrigatsiya-melioratsiya ishlarining tarixini aynan mavzuga oid birlamchi manbalardagi materiallar, muammoga doir ilmiy adabiyotlar hamda davriy matbuot nashrlarining tahlili ko‘magida yoritib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishdagi konseptual va institutsional o‘zgarishlar tarixiy jihatdan tahlilga tortilib, suv xo‘jaligi boshqaruvining an’anaviy ma’muriy-hududiy (viloyat/tuman) tizimidan gidrografik-havza boshqaruv usuliga o‘tkazilganligi hamda sohada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor mexanizmlarining qaror topganligi, natijada bu islohotlarning agrar sektorda suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga qo‘shgan hissasi ochib berilgan;
respublikada irrigatsiya-melioratsiya ishlari rivojlanishining xronologiyasi asoslab berilib, istiqlol davrida (1991–2021-yillar) mamlakatda suv xo‘jaligi sohasida kechgan islohotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uch tarixiy bosqichga ajratilib (1-bosqich: 1991–2002-yillarni o‘z ichiga olib, unda sohadagi huquqiy va institutsional asoslarning shakllanganligi; 2-bosqich: 2003–2013-yillarni qamrab olib, boshqaruvning havza uslubiga o‘tilishi va tejamkor texnologiyalarning kirib kelganligi; 3-bosqich: 2014–2021-yillar davomida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va tizimni raqamlashtirishga o‘tilishi) tarixiylik jihatidan dalillangan;
sohada o‘tkazilgan tadbirlarga jalb etilgan moliyaviy va xalqaro investisiyalarning tizimli natijalari tarixiylik aspektida umumlashtirilib, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini barpo etish hamda ularni qayta ta’mirlashda nafaqat davlat byudjeti, balki nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hamda grantlari hisobidan amalga oshirilgan yirik loyihalar doirasida zamonaviy asbob-uskunalar tatbiq etilganligi, temir konstruksiyalarning xarid qilinganligi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilganligi tizimning zamonaviylashuviga ko‘mak berganligi aniqlangan; 
muhandis-gidrotexnik kadrlar tayyorlash va zamonaviy agrotexnologiyalar integratsiyasining tarixiy tajribasi tadqiq etilishi barobarida, 1991–2021-yillar mobaynida oliy va o‘rta bo‘g‘in soha mutaxassislarini tayyorlash tizimi evolyusiyasi, tegishli o‘quv muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari (havza boshqarmalari va klasterlar) o‘rtasidagi sheriklik aloqalarining yo‘lga qo‘yilganligi hamda sohada tomchilatib sug‘orish va “Aqlli suv” kabi resurs tejamkor texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi jarayonlari, ularning o‘zaro integratsiyalashuvi va ijobiy natijalari umumlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2021-yillarda O‘zbekistonda irrigatsiya-melioratsiya ishlari tarixi mavzusini tadqiq qilish davomida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishdagi konseptual va institutsional o‘zgarishlar tarixiy jihatdan tahlilga tortilib, suv xo‘jaligi boshqaruvining an’anaviy ma’muriy-hududiy (viloyat/tuman) tizimidan gidrografik-havza boshqaruv usuliga o‘tkazilganligi hamda sohada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor mexanizmlarining qaror topganligi, natijada bu islohotlarning agrar sektorda suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga qo‘shgan hissasiga doir tadqiqot xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi joriy arxivining “O‘zbekiston gidroinshootlari” deb nomlangan texnik hisobotlarini ilmiy ma’lumotlar bilan shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi 04/20-145-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan mazkur natijalar joriy arxivning respublika sug‘orish tizimida suv resurslaridan bugungi kunda maqsadli foydalanish joizligiga doir ma’lumotlar bilan boyitishga ko‘mak bergan;
respublikada irrigatsiya-melioratsiya ishlari rivojlanishining xronologiyasi asoslab berilib, istiqlol davrida (1991–2021-yillar) mamlakatda suv xo‘jaligi sohasida kechgan islohotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uch tarixiy bosqichga (1-bosqich: 1991–2002-yillarni o‘z ichiga olib, unda sohadagi huquqiy va institutsional asoslarning shakllanganligi; 2-bosqich: 2003–2013-yillarni qamrab olib, boshqaruvning havza uslubiga o‘tilishi va tejamkor texnologiyalarning kirib kelganligi; 3-bosqich: 2014–2021-yillar davomida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va tizimni raqamlashtirishga o‘tilishi) ajratilganligi bo‘yicha tadqiqot ilmiy natijalaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston” nomli ekspozisiyasini suv xo‘jaligi tizimi tarixiga doir ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 17-oktabrdagi 04-05/4123-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyurganlarda mamlakat suv xo‘jaligi modernizatsiyasi tarixi bo‘yicha yangi ma’lumotlar shakllangan; 
sohada o‘tkazilgan tadbirlarga jalb etilgan moliyaviy va xalqaro investisiyalarning tizimli natijalari tarixiylik aspektida umumlashtirilib, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini barpo etish hamda ularni qayta ta’mirlashda nafaqat davlat byudjeti, balki nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hamda grantlari hisobidan amalga oshirilgan yirik loyihalar doirasida zamonaviy asbob-uskunalar tatbiq etilganligi, temir konstruksiyalarning xarid qilinganligi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilganligi tizimning zamonaviylashuviga ko‘mak berganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi joriy arxivining “O‘zbekiston gidroinshootlari” deb nomlangan texnik hisobotlarini ilmiy ma’lumotlar bilan shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi 04/20-145-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy arxiv hisobotlariga taqdim etilishi aholi barcha qatlamlarida O‘zbekiston suv xo‘jaligi ob’ektlari bo‘yicha tarixiy ma’lumotlarni chuqur anglashiga yordam bergan; 
muhandis-gidrotexnik kadrlar tayyorlash va zamonaviy agrotexnologiyalar integratsiyasining tarixiy tajribasi tadqiq etilishi barobarida, 1991–2021-yillar mobaynida oliy va o‘rta bo‘g‘in soha mutaxassislarini tayyorlash tizimi evolyusiyasi, tegishli o‘quv muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari (havza boshqarmalari va klasterlar) o‘rtasidagi sheriklik aloqalarining yo‘lga qo‘yilganligi hamda sohada tomchilatib sug‘orish va “Aqlli suv” kabi resurs tejamkor texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi jarayonlari, ularning o‘zaro integratsiyalashuvi va ijobiy natijalari bo‘yicha ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston” nomli ekspozisiyasini suv xo‘jaligi tizimi tarixiga doir ma’lumotlar bilan shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 17-oktabrdagi 04-05/4123-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar suv xo‘jaligi inshootlarining aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekiladigan maydonlarni muntazam sug‘orish uchun ko‘mak berganligi bo‘yicha tarixiy bilimlarni mukammallashtirishga asos bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish