Xujaqulov Abdulaziz Xakim o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat  xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11038.
Ilmiy rahbar: Raximov Oktyabr Dustkabilovich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi huzuridagi ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash PhD.34/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yozieva Umida Lutfullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor,. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini  kasbiy kompetentlik bilan uyg‘unligini ta’minlagan holda  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish kasbiy kompetentlik komponentlari, vazifalari va talablari asosida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, faoliyat yuritish va tezkor qarorlar qabul qilish, texnogen halokatlarni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash orqali asoslangan;
bo‘lajak muhandislarning hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish  modeli uzlyuksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida fanni o‘qitish tizimi va mazmunining mantiqiy sxemasini ishlab chiqilgan, kasbiy faoliyat bilan xavfsizlik integratsiyasini ta’minlashda maqsadli-motivatsiya, refleksiv, texnik-texnologik uyg‘unlikni moslashtirish tadqiq etilgan;
bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari algoritmi tadbirlar o‘tkazish, o‘quv jarayonini tashkil etishninng tendensiyalari didaktik, psixologik-pedagogik, tashkiliy-metodik, moddiy-texnik tamoyillar bilan transformatsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘qitishning asosiy tendensiyalari va tamoillarini o‘zaro moslashtirish, fan bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol metodlarni qo‘llash asosida vaziyat turlari, vaziyatlarni tahlil qilish metodlari, vaziyatni tanlash va vaziyat  bosqichlarini ta’lim jarayonida qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik taklif va tavsiyalar asosida:
bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy kompetentlik komponentlari, vazifalari va talablarini muhandislarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, faoliyat yuritish va tezkor qarorlar qabul qilish, texnogen halokatlarni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy faoliyat xavfsizligi komponenti bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali aniqlashga oid takliflar “Hayot faoliyati xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 29.09.2023 yildagi 438-sonli ruxsatnomasi). Natijada mazkur ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandislarning hayotiy faoliyati xavfsizligi kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirish  modeli uzlyuksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida hayotiy faoliyat xavfsizligi fanini o‘qitish tizimi bosqichlari va mazmunining mantiqiy sxemasini ishlab chiqish, muhandisning kasbiy faoliyati bilan xavfsizlikni ta’minlashga oid faoliyati integratsiyasini ta’minlash hamda maqsadli-motivatsiya, refleksiv, texnik-texnologik va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi hamda favqulodda vaziyatlarga oid elementlardan iborat hayotiy faoliyat xavfsizligi komponentlari uyg‘unligini moslashtirish natijasida takomillashtirishga doir takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 07.10.2025 yildagi № 387-sonli ruxsatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
bo‘lajak muhandislarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirishning shart sharoitlari kompetentlikni rivojlantirish  tizimining shart sharoitlari algoritmini ishlab chiqish, pedagogik shart sharoitlar tadbirlari takribini aniqlashga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 07.10.2025 yildagi № 387-sonli ruxsatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
fanni o‘qitishning asosiy tendensiyalari va tamoyillarini o‘zaro moslashtirish, fan bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol metodlardan foydalanish metodikasini asoslash, vaziyatni tahlil qilish metodidan foydalanishga doir takliflardan  tajriba-sinov jarayonida pedagogik eksperiment obektlarida (03.04.2025). “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida foydalanilgan. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning hayotiy faoliyat xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti kengaytirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish