Abdusamatova Nargiza Jamolidinovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.08 Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped820.
Ilmiy maslahatchi: Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kazieva Turg‘unoy Tursunpo‘latovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari bolalarda tayanch va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘yinli-amaliy faoliyatni o‘quv vaziyatlariga bosqichma-bosqich transformatsiyalash hamda integratsion yondashuvlarni zamonaviy ta’lim paradigmalari kontekstida uyg‘unlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning mazmuni va motivatsion-yo‘naltiruvchi, faoliyatli-rivojlantiruvchi, nazorat-refleksiv bosqichlari o‘yin, muloqot va bilish faoliyatiga yo‘naltirilgan integrativ mashg‘ulotlar tizimida faoliyat natijalarini kuzatish va tashxishlashga xizmat qiluvchi pedagogik monitoring elementlari hamda bolaning emotsional intellekti, neyropsixologik xususiyatlariga muvofiq maktabga tayyorlashning individual ta’lim traektoriyasini ishlab chiqishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishgan;
integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning modifikatsion modeli innovatsion texnologiyalar va rivojlantiruvchi muhit integratsiyasiga asoslangan maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy-tashxislovchi bloklar uzviyligini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga intellektual, kommunikativ, ijtimoiy-shaxsiy va motivatsion tayyorgarligi komponentlarini integratsiyaning ichki, fanlararo, faoliyatlararo, ta’lim sub’ektlariaro hamda texnologiyalararo integratsiya kabi turlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga integrativ yondashuv asosida tayyorlashga yo‘naltirilgan “ISTEAM+NL” mualliflik texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda bolalarda maktab ta’limiga kompleks tayyorgarlik va moslashuvchanlikni ta’minlovchi integrativ pedagogik matritsa-organayzerlar vositasida ularning kompleks faollashuviga xizmat qiluvchi tashkiliy-didaktik tizim raqamli resurslarni bolaning tayyorgarlik profili va rivojlanish dinamikasiga muvofiq differensial taqsimlash, natijalarni uzluksiz monitoring qilish hamda pedagogik ta’sir yo‘nalishini tezkor yangilash mexanizmlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash metodikasini modernizatsiyalash imkoniyatlari bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltirilgan “Kognitiv navigatsiya”, “Syujetli kognitiv modellash”, “Kreativ transformatsiya”, “Refleksiv muloqot”, “Vizual-intellektual integratsiya”, “Interaktiv tafakkur maydoni”, “Integrativ loyiha-konstruktor”, “Intellektual provokatsiya” metodlarini o‘yin, muloqot va bilish faoliyati uyg‘unligida shakllanadigan rivojlanish dinamikasi bilan integratsiyalashning intensivligini motivatsion, kognitiv, kommunikativ va faoliyatli topshiriqlarni izchil murakkablashtirish hamda ularni variativ pedagogik vaziyatlarda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari bolalarda tayanch va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘yinli-amaliy faoliyatni o‘quv vaziyatlariga bosqichma-bosqich transformatsiyalash hamda integratsion yondashuvlarni zamonaviy ta’lim paradigmalari kontekstida uyg‘unlashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438446 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining katta va tayyorlov guruhlari bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida integrativ yondashuvning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligi oshirilgan hamda mazkur jarayonning pedagogik shart-sharoitlarini zamonaviy pedagogik paradigmalar kontekstida aniqlashtirishga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning mazmuni va motivatsion-yo‘naltiruvchi, faoliyatli-rivojlantiruvchi, nazorat-refleksiv bosqichlari o‘yin, muloqot va bilish faoliyatiga yo‘naltirilgan integrativ mashg‘ulotlar tizimida faoliyat natijalarini kuzatish va tashhishlashga xizmat qiluvchi pedagogik monitoring elementlari hamda bolaning emotsional intellekti, neyropsixologik xususiyatlariga muvofiq maktabga tayyorlashning individual ta’lim traektoriyasini ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil, 6-apreldagi 02-28-1442-son). Natijada, integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari va mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning modifikatsion modeli innovatsion texnologiyalar va rivojlantiruvchi muhit integratsiyasiga asoslangan maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy-tashxislovchi bloklar uzviyligini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga intellektual, kommunikativ, ijtimoiy-shaxsiy va motivatsion tayyorgarligi komponentlarini integratsiyaning ichki, fanlararo, faoliyatlararo, ta’lim sub’ektlariaro hamda texnologiyalararo integratsiya kabi turlariga transformatsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tashkilotlarining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi (uchinchi nashri)ni mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 6-apreldagi 02-28-1442-son ma’lumotnomasi). Natijada, integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning tashkiliy-didaktik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga integrativ yondashuv asosida tayyorlashga yo‘naltirilgan “ISTEAM+NL” mualliflik texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda bolalarda maktab ta’limiga kompleks tayyorgarlik va moslashuvchanlikni ta’minlovchi integrativ pedagogik matritsa-organayzerlar vositasida ularning kompleks faollashuviga xizmat qiluvchi tashkiliy-didaktik tizim raqamli resurslarni bolaning tayyorgarlik profili va rivojlanish dinamikasiga muvofiq differensial taqsimlash, natijalarni uzluksiz monitoring qilish hamda pedagogik ta’sir yo‘nalishini tezkor yangilash mexanizmlarini kiritishga oid tavsiyalari 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Nutq o‘stirish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i, 232-853 raqamli guvohnoma). Natijada, integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash metodikasini modernizatsiyalash imkoniyatlari bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltirilgan “Kognitiv navigatsiya”, “Syujetli kognitiv modellash”, “Kreativ transformatsiya”, “Refleksiv muloqot”, “Vizual-intellektual integratsiya”, “Interaktiv tafakkur maydoni”, “Integrativ loyiha-konstruktor”, “Intellektual provokatsiya” metodlarini o‘yin, muloqot va bilish faoliyati uyg‘unligida shakllanadigan rivojlanish dinamikasi bilan integratsiyalashning intensivligini motivatsion, kognitiv, kommunikativ va faoliyatli topshiriqlarni izchil murakkablashtirish hamda ularni variativ pedagogik vaziyatlarda qo‘llashga oid takliflari O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini tayyorlashda (2026-yil aprel va may oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 18-iyundagi 02-09-1217-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, integrativ yondashuv asosida katta va tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan.