Panjiev Ulug‘bek Rustamovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi); “Aralash ta’lim muhitida bo‘lajak ekologik muhandislarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi (60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (sanoatda) yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. DSc /Ped1008.
Ilmiy maslahatchi: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.17.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Ravshan Abdurazzoqovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Juraev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aralash ta’lim muhitida bo‘lajak ekologik muhandislarni kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni aralash ta’lim sharoitida potensial xavflarni aniqlash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari mazmuniga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar hamda texnik kuzatuvchanlik, texnik tafakkur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali aniqlashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning hayot faoliyati xavfsizligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishga avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida ishlab chiqish hamda bulutli texnologiyalar va dasturiy vositalarni mustaqil ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida individual va guruhli interaktiv o‘zaro hamkorlik shakllari, shuningdek, tushuntirish-illyustrativ, muammoli modelga asoslangan, faol o‘qitishda to‘liq didaktik siklni va fanni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishni ta’minlaydigan elektron o‘quv kurs elementlari va xizmatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
aralash ta’lim muhitida talabalarning tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish algoritmining mezon va ko‘rsatkichlari ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hamda o‘qitishni mobil modellashtirish asosida aniqlashtirilgan;
aralash ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi “Brainstorming” (Breyn-shtorm), FSMU, “5 Nimaga” - “1-Qanday” interaktiv metodlarini ta’lim va amaliy faoliyat klasteri muhitiga singdirish orqali boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning elektron ta’lim vositalari asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak muhandislarni elektron ta’lim muhitida potensial xavflarni aniqlash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari mazmuniga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar hamda texnik kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar asosida “Muhandislik ekologiyasi” fani bo‘yicha bulutli saqlovchilarda joylashgan elektron o‘quv platforma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 30-martdagi 01/01-01-206-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning Muhandislik ekologiyasiga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishga avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida ishlab chiqish hamda bulutli texnologiyalar va dasturiy vositalarni mustaqil ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar asosida “Atrof muhitdagi kimyoviy jarayonlar” nomli darslik ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 30-martdagi 01/01-01-206-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida individual va guruhli interaktiv o‘zaro hamkorlik shakllari, shuningdek, tushuntirish-illustrativ, muammoli modelga asoslangan, faol o‘qitishda to‘liq didaktik siklni va fanni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishni ta’minlaydigan elektron o‘quv kurs elementlari va xizmatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Atrof-muhitdagi kimyoviy jarayonlar” nomli darslik ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-apreldagi 4649-3669-a7cc-baac-3d98-4900-0542-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot talabalarda kasbiy kompetensiyalarni baholash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.