Axunbabaeva Shaxnoza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda aksiologik yondashuvlar asosida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped11750.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:  Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Maftuna Odiljon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda aksiologik yondashuvlar asosida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning aksiologik-pedagogik mazmuni qadriyatlarni anglash, interiorizatsiyalash, shaxsiy pozisiyaga aylantirish, kasbiy-hayotiy vaziyatlarda ongli tanlov qilish va refleksiv baholash jarayonlarini funksional uyg‘unlashtirish orqali, qadriyatli vaziyatlar hamda kasbiy topshiriqlar vositasida insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, subektlilik va mas’uliyat tamoyillari asosida aniqlashtirilgan, aksiologik tamoyillar hamda qadriyat kategoriyalarining motivatsion, regulyativ, ijtimoiylashtiruvchi va refleksiv pedagogik funksiyalari bo‘lajak pedagogning kasbiy hamda shaxsiy faoliyatidagi mazmuniy vazifalari va metodik xususiyatlariga ko‘ra ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarda aksiologik yondashuvlar asosida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik modeli qadriyatli yo‘nalganlikni mustaqil qaror qabul qilish, muammoni hal etish, o‘zini boshqarish, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat bilan funksional bog‘lash orqali, kasbiy-hayotiy vaziyatlar, refleksiv topshiriqlar va qadriyatli tanlov vositasida aksiologik, kompetensiyaviy, faoliyatli hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida maqsadli-aksiologik, mazmuniy, jarayonli-faoliyatli, baholash-diagnostik va natijaviy komponentlarning o‘zaro aloqadorligi hamda bosqichlararo uzviyligini ta’minlovchi hamda pedagogik mexanizmlari o‘zaro muvofiqlashtirilgan strukturaviy-funksional tizim sifatida ilmiy asosda ishlab chiqilgan;
bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan aksiologik pedagogik texnologiyalar majmuasi qadriyatli muammoni anglash, muqobil echimlarni baholash, mas’uliyatli tanlov qilish, qarorni amaliy faoliyatda sinash va refleksiv xulosa chiqarish bosqichlarini izchil tashkil etish orqali, qadriyatlar treningi, axloqiy dilemmalar, rolli simulyasiyalar, amaliy vaziyatlar, loyiha topshiriqlari va refleksiv mashg‘ulotlar vositasida muammolilik, dialogiklik, faoliyatlilik, variativlik hamda refleksivlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan va ularni kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalarning individual ehtiyojlariga mos ravishda differensial qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan;
aksiologik texnologiyalar ta’sirida bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarning rivojlanish dinamikasini aniqlashga xizmat qiluvchi kriterial-diagnostik baholash mexanizmi qadriyatli-motivatsion, kognitiv-qaroriy, faoliyatli-kommunikativ va refleksiv-regulyativ mezonlarni kuzatiladigan ko‘rsatkichlar hamda operatsion indikatorlar bilan muvofiqlashtirish orqali, vaziyatli diagnostik topshiriqlar, pedagogik kuzatuv, o‘zini baholash, ekspert bahosi va matematik-statistik tahlil vositasida validlik, obektivlik, mezonlilik hamda dinamik baholash tamoyillari asosida takomillashtirilgan va aksiologik texnologiyalar samaradorligini tajriba-sinov natijalarining sifat hamda miqdoriy o‘zgarishlari asosida eksperimental verifikatsiya qilish imkoniyati metodik jihatdan ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda aksiologik yondashuvlar asosida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyalarini tadqiq esih bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning aksiologik-pedagogik mazmuni qadriyatlarni anglash, interiorizatsiyalash, shaxsiy pozisiyaga aylantirish, kasbiy-hayotiy vaziyatlarda ongli tanlov qilish va refleksiv baholash jarayonlarini funksional uyg‘unlashtirish orqali, qadriyatli vaziyatlar hamda kasbiy topshiriqlar vositasida insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, subektlilik va mas’uliyat tamoyillari asosida aniqlashtirilgan, aksiologik tamoyillar hamda qadriyat kategoriyalarining motivatsion, regulyativ, ijtimoiylashtiruvchi va refleksiv pedagogik funksiyalari bo‘lajak pedagogning kasbiy hamda shaxsiy faoliyatidagi mazmuniy vazifalari va metodik xususiyatlariga ko‘ra ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049-raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2026-yil 23-maydagi 03-389-305-son ma’lumotnomasi). Natijada,  bo‘lajak pedagoglarning shaxsiy qadriyatlari mustahkamlanishi, ijtimoiy moslashuvini yaxshilanishi va kommunikativ kompetensiyasi rivojlanishi ta’minlangan.  
bo‘lajak pedagoglarda aksiologik yondashuvlar asosida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik modeli qadriyatli yo‘nalganlikni mustaqil qaror qabul qilish, muammoni hal etish, o‘zini boshqarish, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat bilan funksional bog‘lash orqali, kasbiy-hayotiy vaziyatlar, refleksiv topshiriqlar va qadriyatli tanlov vositasida aksiologik, kompetensiyaviy, faoliyatli hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida maqsadli-aksiologik, mazmuniy, jarayonli-faoliyatli, baholash-diagnostik va natijaviy komponentlarning o‘zaro aloqadorligi hamda bosqichlararo uzviyligini ta’minlovchi hamda pedagogik mexanizmlari o‘zaro muvofiqlashtirilgan strukturaviy-funksional tizim sifatida ilmiy asosda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Qozog‘iston Respublikasi Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Turk universiteti, Xalqaro Farobiy nomidagi universitet bilan hamkorlikdagi “Global dunyoda fan va ta’limdagi innovatsion rivojlanishning omillari konsepsiyasini yaratish” nomli 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan KZX-4779-11-raqamli fundamental xalqaro grant loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarlar, treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, metodik tadbirlar va tajriba-sinov jarayonlarida samarali qo‘llanildi. (Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Turk universitetining 2026-yil 2-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, shlab chiqilgan diagnosnik ishlanmalar va baholash mezonlari xalqaro grant loyihasi faoliyati davomida ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish, pedagogik faoliyat natijadorligini baholash hamda o‘quv jarayonini optimallashtirishda muhim metodik asos sifatida xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan aksiologik pedagogik texnologiyalar majmuasi qadriyatli muammoni anglash, muqobil echimlarni baholash, mas’uliyatli tanlov qilish, qarorni amaliy faoliyatda sinash va refleksiv xulosa chiqarish bosqichlarini izchil tashkil etish orqali, qadriyatlar treningi, axloqiy dilemmalar, rolli simulyasiyalar, amaliy vaziyatlar, loyiha topshiriqlari va refleksiv mashg‘ulotlar vositasida muammolilik, dialogiklik, faoliyatlilik, variativlik hamda refleksivlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan va ularni kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalarning individual ehtiyojlariga mos ravishda differensial qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan takliflardan Jizzax viloyati teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot” dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokanalining 2026-yil 4-maydagi 381/13-10-son ma’lumotnomasi)  Natijada, bo‘lajak pedagoglarni har tomonlama etuk kadr sifatida tayyorlashga yoʻnaltirilgan ko‘rsatuvlarni tayyorlash va efirga uzatish muhim ahamiyat kasb etib, bu ko‘rsatuvlarning sifati, mazmuni va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
aksiologik texnologiyalar ta’sirida bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarning rivojlanish dinamikasini aniqlashga xizmat qiluvchi kriterial-diagnostik baholash mexanizmi qadriyatli-motivatsion, kognitiv-qaroriy, faoliyatli-kommunikativ va refleksiv-regulyativ mezonlarni kuzatiladigan ko‘rsatkichlar hamda operatsion indikatorlar bilan muvofiqlashtirish orqali, vaziyatli diagnostik topshiriqlar, pedagogik kuzatuv, o‘zini baholash, ekspert bahosi va matematik-statistik tahlil vositasida validlik, obektivlik, mezonlilik hamda dinamik baholash tamoyillari asosida takomillashtirilgan va aksiologik texnologiyalar samaradorligini tajriba-sinov natijalarining sifat hamda miqdoriy o‘zgarishlari asosida eksperimental verifikatsiya qilish imkoniyati metodik jihatdan ilmiy asoslangan tavsiyalar Qozog‘iston Respublikasi Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Turk universiteti, Xalqaro Farobiy nomidagi universitet bilan hamkorlikdagi “Global dunyoda fan va ta’limdagi innovatsion rivojlanishning omillari konsepsiyasini yaratish” nomli 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan KZX-4779-11-raqamli fundamental xalqaro grant loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarlar, treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, metodik tadbirlar va tajriba-sinov jarayonlarida samarali qo‘llanildi. (Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Turk universitetining 2026-yil 2-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda hayotiy ko‘nikmalarni aksiologik texnologiyalar asosida rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodikalar tizimlashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish