Bayjanova Gulnoza Jumanazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarini baholash» 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.4.PhD/Tib5136.
Ilmiy raxbar: Akramova Xursandoy Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Umarnazarova Zulxumor Ernazarovna, tibbiyot fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida kechuvchi funksional ichak buzilishlarining klinik-funksional xususiyatlarini baholash xamda qisqa zanjirli yog‘ kislotalari va najasda sekretor immunoglobulin A (sIgA) ko‘rsatkichlarining diagnostik axamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ko‘rsatkichlari kompleks baholandi, butirat (qisqa zanjirli yog‘ kislota) konsentratsiyasining gemoglobin (r=0,48; p<0,01) va ferritin (r=0,52; p<0,001) miqdori bilan ijobiy korrelyasiyasi aniqlangan;
erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida sIgA darajasining oshishi (2,62±0,05 mg/ml) disbiotik o‘zgarishlar hamda qisqa zanjirli yog‘ kislotalari (butirat) ishlab chiqarilishining pasayishi maxalliy immun javobning faollashuvi va ichak bar`er funksiyasining zo‘riqishini tasdiqlashi isbotlangan;
erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ko‘rsatkichlarini majmuaviy baholash ichakning funksional holatini baholashning tashxisiy va prognostik ahamiyatini oshirishi: qisqa zanjirli yog‘ kislotalari profili buzilishlari kamqonlikning og‘irlik darajasi va ichak mikrobiotsenozi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bulib, bu o‘zgarishlar anaerob indeksning - 0,47±0,39 gacha, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari umumiy konsentratsiyasi (ΣSCFA)ning 5,55±0,43 mg/g gacha va propionatning 0,76±0,05 mg/g gacha pasayishi bilan isbotlangan;
erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida ishlab chiqilgan olib borish algoritmini qo‘llash ichak metabolik profilining me’yorlashishi, ya’ni davolashdan so‘ng qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ko‘rsatkichlarining barqarorlashishi - atsetat (3,86±0,24 mg/g gacha), propionat (0,76±0,05 mg/g gacha), butirat (0,82±0,07 mg/g gacha), izokislotalar yig‘indisi Σ SCFA (5,55±0,43 mg/g gacha) va sIgA darajasining (1,82±0,05 mg/ml gacha) pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar asosida, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari va sIgA ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarini baholash va profilaktika qilish yondashuvlari shakllantirildi.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor marta erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ko‘rsatkichlari kompleks baholandi, butirat (qisqa zanjirli yog‘ kislota) konsentratsiyasining gemoglobin (r=0,48; p<0,01) va ferritin (r=0,52; p<0,001) miqdori bilan ijobiy korrelyasiyasi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyoti instituti Ilmiy kengashining 04.06.2025-yilda 03/410 -son bilan tasdiqlangan «Erta yoshli bolalarda funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalarining diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 sentyabrdagi 180-I-sonli buyrug‘i va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli klinikasining 2025 yil 2 sentyabrdagi 63-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 10.06.2026 yildagi 10/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori aniqlikdagi usullarni (QZYoK va sIgA) amaliyotga joriy etish erta yoshli bolalarda kamqonlik fonidagi funksional ichak buzilishlarini barvaqt aniqlashga yordam beradi, bu esa asoratlarning oldini oladi, diagnostik yuklamani kamaytiradi va davolash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: funksional ichak buzilishlarini erta bosqichda o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bir bola uchun 10 kun davomida 2452900 so‘mgacha iqtisod qilgan (10 kunlik stasionarda davolanish o‘rin kuni – 520 000 so‘m, ovqatlanish – 350000 so‘m, dori-darmon uchun – 1476900 so‘m, gemoglobin – 27000 so‘m, ferritin – 79000 so‘m), 46 nafar bemorni davolashda bu byudjet mablag‘laridan 112 833 400 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalarining metabolik profilini o‘z vaqtida aniqlash bir bola uchun 2452900 so‘mni iqtisod qilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida sIgA darajasining oshishi (2,62±0,05 mg/ml) disbiotik o‘zgarishlar hamda qisqa zanjirli yog‘ kislotalari (butirat) ishlab chiqarilishining pasayishi maxalliy immun javobning faollashuvi va ichak bar`er funksiyasining zo‘riqishini tasdiqlashi isbotlanligi Toshkent pediatriya tibbiyoti instituti Ilmiy kengashining 04.06.2025-yilda 03/410-son bilan tasdiqlangan «Erta yoshli bolalarda funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalarining diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 sentyabrdagi 180-I-sonli buyrug‘i va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli klinikasining 2025 yil 2 sentyabrdagi 63-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 10.06.2026 yildagi 10/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: najasda sIgA darajasini erta aniqlash kamqonlik bilan kechadigan funksional ichak buzilishlarni barvaqt tashxislash va prognoz qilish samaradorligini oshiradi, bu esa asoratlarning oldini olib, bolalar o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: funksional ichak buzilishlarni erta bosqichda o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bir bola uchun 10 kun davomida 2426900 so‘mgacha iqtisod qilingan (10 kunlik stasionarda davolanish o‘rin kuni - 520000 so‘m, ovqatlanish - 350000 so‘m, dori-darmon uchun - 1476900 so‘m, sIgA ni aniklash - 80000 so‘m), 46 nafar bemorni davolashda bu byudjet mablag‘laridan 111637400 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kamqonlik fonidagi funksional ichak buzilishlari mavjud bolalarda ichak mikrobiotsenozi, QZYoK profili va sIgA o‘zaro bog‘liqligining aniqlanishi har bir bemorga 2 426 900 so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ko‘rsatkichlarini majmuaviy baholash ichakning funksional holatini baholashning tashxisiy va prognostik ahamiyatini oshirishi: qisqa zanjirli yog‘ kislotalari profili buzilishlari kamqonlikning og‘irlik darajasi va ichak mikrobiotsenozi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bulib, bu o‘zgarishlar anaerob indeksning - 0,47±0,39 gacha, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari umumiy konsentratsiyasi (ΣSCFA)ning 5,55±0,43 mg/g gacha va propionatning 0,76±0,05 mg/g gacha pasayishi bilan kuzatilganligi Toshkent pediatriya tibbiyoti instituti Ilmiy kengashining 04.06.2025-yilda 03/410-son bilan tasdiqlangan «Erta yoshli bolalarda funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalarining diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 sentyabrdagi 180-I-sonli buyrug‘i va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli klinikasining 2025 yil 2 sentyabrdagi 63-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 10.06.2026 yildagi 10/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta yoshli bolalarda kamqonlik fonidagi funksional ichak buzilishlarda ichak mikrobiotsenozi, QZYoK profili va sIgA o‘zaro bog‘liqligining aniqlanishi patogenezni chuqurroq anglash, immun buzilishlarni erta korreksiya qilish, asoratlarni kamaytirish va bolalar hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: funksional ichak buzilishlarini erta bosqichda o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bir bola uchun 10 kun davomida 2945900 so‘mgacha iqtisod qilgan (10 kunlik stasionarda davolanish o‘rin kuni -520000 so‘m, ovqatlanish – 350000 so‘m, dori-darmon uchun – 1476900 so‘m, sIgAni aniqlash – 80000 so‘m, qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini aniqlash narxi 374000 so‘m, D vitamini miqdorini aniqlash esa 145000 so‘m), 46 nafar bemorni davolashda bu byudjet mablag‘laridan 135511400 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kamqonlik fonidagi funksional ichak buzilishlarida mikrobiotsenoz, QZYoK va sIgA o‘zaro bog‘liqligining aniqlanishi tashxislash va davolashni optimallashtirish hisobiga har bir bola uchun 2945900 so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta yoshli bolalarda kamqonlik fonida funksional ichak buzilishlarida ishlab chiqilgan olib borish algoritmini qo‘llash ichak metabolik profilining me’yorlashishi, ya’ni davolashdan so‘ng qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ko‘rsatkichlarining barqarorlashishi - atsetat (3,86±0,24 mg/g gacha), propionat (0,76±0,05 mg/g gacha), butirat (0,82±0,07 mg/g gacha), izokislotalar yig‘indisi Σ SCFA (5,55±0,43 mg/g gacha) va sIgA darajasining (1,82±0,05 mg/ml gacha) pasayishi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyoti instituti Ilmiy kengashining 04.06.2025-yilda 03/410 -son bilan tasdiqlangan «Erta yoshli bolalarda funksional ichak buzilishlarida qisqa zanjirli yog‘ kislotalarining diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 sentyabrdagi 180-I-sonli buyrug‘i va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli klinikasining 2025 yil 2 sentyabrdagi 63-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 10.06.2026 yildagi 10/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmning birinchi bo‘g‘in shifokorlari tomonidan erta yoshli bolalarda funksional ichak buzilishlarini olib borishda tatbiq etilishi, klinik belgilar va koprologik ko‘rsatkichlarni baholash asosida funksional va yallig‘lanish holatlarini erta differensiasiya qilishni ta’minlaydi hamda adekvat terapiyani o‘z vaqtida tayinlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ichakning funksional o‘zgarishlarini erta bosqichda o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bir bola uchun 10 kun davomida 2346900 so‘mgacha iqtisod qilingan (10 kunlik stasionarda davolanish o‘rin kuni- 520000 so‘m, ovqatlanish – 350000 so‘m, dori-darmon uchun - 1476900 so‘mdan), 46 nafar bemorni davolashda bu byudjet mablag‘laridan 107957400 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: funksional ichak buzilishlarida najas tarkibidagi sIgA miqdorini o‘z vaqtida aniqlash - har bir bola uchun 2346900 so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi.