Iminov Akbarjon Odiljon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
“Xavfsiz shahar” loyihasi komponentlari integratsiyasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.3.DSc/Iqt1010
Ilmiy  maslahatchi: Bekimbetova Gulnora Maratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamdamova Gavxar Absamatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xodjaeva Nodira Abdurashidovna tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Xavfsiz shahar” loyihasini joriy etish sohasida komponentlar integratsiyasini boshqarishning ilmiy asoslangan metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha nazariy qoidalarni tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Xavfsiz shahar” loyihasi komponentlari integratsiyasini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni shahar xavfsizligiga oid texnik, axborot va tashkiliy bo‘g‘inlarni yagona boshqaruv tizimida muvofiqlashtirish orqali resurslardan foydalanish samaradorligini, xizmatlar tezkorligini va qaror qabul qilish natijaviyligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
“Xavfsiz shahar” tizimi doirasida “resurslarni natija bilan bog‘lashga yo‘naltirilgan boshqaruv” modeli mazkur tizim yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar va xizmatlardan tushgan tushumlarning 60 foizini “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi faoliyatiga yo‘naltirish orqali moliyaviy rag‘batlantirish va natijaviylikka asoslangan qayta investisiya qilish mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” loyihasining qator komponentlarini joriy etish va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishda axborotni to‘plash, tahlil qilish va qulay shaklda aks ettirishga xizmat qiluvchi dasturiy va apparat tizimlari majmuasini ifoda etuvchi maxsus “Vaziyatar markazi”ni tashkil etish orqali boshqarish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan.
“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bo‘yicha tushumlarning 20 foizi qoidabuzarlik qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga o‘tkazilishi, shuning 50 foizini yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va elektr ta’minotiga, qolgan 50 foizini esa “Xavfsiz shahar” integratsiyalashgan tizimlari bo‘yicha manzilli yillik dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali yo‘nalishlar bo‘yicha monitoring natijalariga qarab xavfsizlik choralarini optimallashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
Toshkent shahridagi “Xavfsiz shahar” loyihasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va ularning mustaqil o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida loyiha samaradorligining 2026–2030 yillar uchun integral indeksi prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xavfsiz shahar” loyihasi komponentlari integratsiyasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Xavfsiz shahar” loyihasi komponentlari integratsiyasini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni shahar xavfsizligiga oid texnik, axborot va tashkiliy bo‘g‘inlarni yagona boshqaruv tizimida muvofiqlashtirish orqali resurslardan foydalanish samaradorligini, xizmatlar tezkorligini va qaror qabul qilish natijaviyligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm nuqtai nazaridan takomillashtishga oid takliflaridan 2026-yil 19-maydagi “Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1146-son Qonunning 4-moddasi 3-bandi (“Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan 71-modda)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 22-maydagi 3/dn-78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shahar xavfsizligi tizimi komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va muvofiqlashtirish darajasini oshirish orqali boshqaruv samaradorligini ta’minlashning nazariy-uslubiy asoslari rivojlantirildi;
“Xavfsiz shahar” tizimi doirasida “resurslarni natija bilan bog‘lashga yo‘naltirilgan boshqaruv” modeli mazkur tizim yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar va xizmatlardan tushgan tushumlarning 60 foizini “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi faoliyatiga yo‘naltirish orqali moliyaviy rag‘batlantirish va natijaviylikka asoslangan qayta investisiya qilish mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1105-son Qonunning 3-ilovasi 6-bandini hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-son qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 22-maydagi 3/dn-78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Xavfsiz shahar” tizimini moliyalashtirishning o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlovchi modeli shakllantirilib, tizimning texnik va axborot infratuzilmasini rivojlantirish, ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash hamda xavfsizlik xizmatlari samaradorligini oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni yaratish imkoniyati kengaytirildi;
Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” loyihasining qator komponentlarini joriy etish va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishda axborotni to‘plash, tahlil qilish va qulay shaklda aks ettirishga xizmat qiluvchi dasturiy va apparat tizimlari majmuasini ifoda etuvchi maxsus “Vaziyatar markazi”ni tashkil etish orqali boshqarish samaradorligini oshirish taklifidan 2025-yil 25-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-1106-son Qonunning 1-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 22-maydagi 3/dn-78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, xavfsizlik bilan bog‘liq hodisalarga tezkor munosabat bildirish hamda ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi;
“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bo‘yicha tushumlarning 20 foizi qoidabuzarlik qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga o‘tkazilishi, shuning 50 foizini yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va elektr ta’minotiga, qolgan 50 foizini esa “Xavfsiz shahar” integratsiyalashgan tizimlari bo‘yicha manzilli yillik dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali yo‘nalishlar bo‘yicha monitoring natijalariga qarab xavfsizlik choralarini optimallashtirish taklifidan 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-son Qonunning 3-ilovasini hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-son qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 22-maydagi 3/dn-78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligi oshirilib, moliyaviy resurslarni manzilli taqsimlash va xavfsizlik choralarini optimallashtirish imkoniyati yaratildi.
Toshkent shahridagi “Xavfsiz shahar” loyihasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va ularning mustaqil o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida loyiha samaradorligining 2026–2030 yillar uchun integral indeksi prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan (Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimligi Mahkamasining 2026-yil 22-maydagi 1-4/06-1241-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha samaradorligining istiqboldagi holatini baholash, resurslarni rejalashtirish va xavfsizlik tizimini rivojlantirish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilishning ishonchliligi oshirildi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish