Djuraev Davron Doniyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06–Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7707.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bobomuxamedova Shoira Agzamdjan qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limdan foydalanishning nazariya va virtual amaliyot uyg‘unligi hamda texnologik-instrumental kabi integrativ-didaktik komponentlari raqamli ta’limning gibrid va personallashtirilgan texnologiyalar ekotizimi mutanosibligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini virtual ta’lim muhitida rivojlantirish modeli raqamli kontentning didaktik invariantlarida talabalarning individual-kasbiy traektoriyasini dinamik kuzatish elementlarini elektron algoritmlar va sun’iy intellekt integratsiyasiga asoslangan “ustoz-shogird” yondashuvi ustuvorligida modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi dasturiy ta’minotlar modifikatsiyasi talabalarda pedagogik faoliyatni raqamli kontekstlash motivatsiyasini rivojlantiruvchi interaktiv vositalar va virtual laboratoriyalarni akademik-diagnostikaga moslashuvchan konstruksiyalarda simulyativ-differensiatsiyalanish imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llash asosida optimallashtirilgan;
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish samaradorligi raqamli mustaqil ta’limda intensiv ta’minlanishi axborotlar analiz-sintezini qulay va real sharoitda o‘zlashtirishga qaratilgan dinamik qaydli konstruktiv topshiriqlarni aralash hamda teskari ta’lim elementlari kombinatsiyasida differensial qo‘llash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’limdan foydalanishning nazariya va virtual amaliyot uyg‘unligi hamda texnologik-instrumental kabi integrativ-didaktik komponentlari raqamli ta’limning gibrid va personallashtirilgan texnologiyalar ekotizimi mutanosibligini ta’minlashga oid takliflar “Kompyuter tarmoqlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i asosidagi 300437-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish metodlaridan samarali foydalanishga erishilgan;
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini virtual ta’lim muhitida rivojlantirish modeli raqamli kontentning didaktik invariantlarida talabalarning individual-kasbiy traektoriyasini dinamik kuzatish elementlarini elektron algoritmlar va sun’iy intellekt integratsiyasiga asoslangan “ustoz-shogird” yondashuvi ustuvorligida modifikatsiyalashga oid takliflar “Kompyuter tarmoqlari fanidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 5-yanvardagi 7441-2769-5b51-c8a6-1e11-1771-9187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarmoq texnologiyalariga oid mashg‘ulotlarni olib borish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning tarmoq texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish samaradorligi raqamli mustaqil ta’limda intensiv ta’minlanishi axborotlar analiz-sintezini qulay va real sharoitda o‘zlashtirishga qaratilgan dinamik qaydli konstruktiv topshiriqlarni aralash hamda teskari ta’lim elementlari kombinatsiyasida differensial qo‘llashga oid takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209-raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 20-maydagi 04/1-3442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida virtual ta’limdan foydalanish amaliyotini metodik jihatdan boyitishga xizmat qilgan.