Namozova Dilnoza Berdimurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining chet tili fonetik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz til).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped2268.
Ilmiy rahbar: Alautdinova Kamola Shomansurovna filolofiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti DSc.25/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Proxorova Lyudmila Lvovna, pedagogika fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursatlarini chet tili fonetik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kursantlarning chet tili bo‘yicha fonetik kompetensiyasi ularning harbiy-professional muhitda (shu jumladan, stressli va ekstremal sharoitlarda) fonetik vositalardan samarali foydalanish qobiliyatini aks ettiruvchi hamda harbiy nutqiy aktning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga yordam beradigan funksional-pragmatik komponentni integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
kursantlarning ingliz tilini o‘rganishida ovozli ma’lumotlarni tahlil qilish, nutqni identifikatsiyalashga yordam beradigan tanishtiruv-taqdimot, adaptatsion-amaliy, assimilyasion-realistik kabi talaffuzni o‘rgatish kabi pedagogik bosqichlarni integratsiyalash orqali fonetik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bosqichma bosqich yondashuv asoslantirib berilgan;
kursantlarning tipik fonetik xatolarini aniqlashga va ularni tuzatishga hamda individual fonetik portret asosida o‘qitishga yordam beradigan Prezi Desktop 6.26.0 dasturi yordamida “Sounds and combinations of sounds”, “Letters and Combinations of letters” qismlaridan iborat “Training phonetic exercises” nomli multimediali kurs ishlab chiqish orqali ta’lim texnologiyalari optimallashtirilgan;
harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoniga talaffuzning to‘g‘irlanishini bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirish asosida fonetik interferensiyani bartaraf etish bo‘yicha kommunikativ, kompetentlikka asoslangan, diferensial, interaktiv kabi maxsus lingvodidaktik yondashuvlar integratsiyalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining chet tili fonetik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari bo‘yicha nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
kursantlarning harbiy-professional muhitda (shu jumladan, stressli va ekstremal sharoitlarda) fonetik vositalardan samarali foydalanish qobiliyatini aks ettiruvchi hamda harbiy nutqiy aktning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga yordam beradigan funksional-pragmatik komponentni fonetik kompetensiyaning tarkibiy qismiga qo‘shish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti, O‘zbekiston Respuplikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 15-apreldagi №3/5-02-000250 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 18-noyabr №10258/B-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning harbiy-professional faoliyatda, xususan stressli va ekstremal sharoitlarda ingliz tilidan samarali foydalanish qobiliyati oshirildi. Fonetik kompetensiyaning funksional-pragmatik komponenti harbiy nutqiy aktning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini berdi, bu esa kursantlarga aniq va tushunarli muloqot qilish orqali vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga yordam berdi;
kursantlarning ingliz tilini o‘rganishida ovozli ma’lumotlarni tahlil qilish, nutqni identifikasiyalashga yordam beradigan tanishtiruv-taqdimot, adaptasion-amaliy, assimilyasion-realistik kabi talaffuzni o‘rgatish bosqichlarini integratsiyalash orqali fonetik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuv bo‘yicha taklif va tavsiyalar “English phonetics and exercises for self-study” nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarda talaffuz ko‘nikmalari rivojlantirildi va ingliz tilidagi nutqni tushunish qobiliyati oshirildi. Ushbu metodik yondashuv ularga ingliz tilidagi professional faoliyatni yanada samarali olib borishga yordam beradi;
kursantlarning tipik fonetik xatolarini aniqlashga va ularni tuzatishga hamda individual fonetik portret asosida o‘qitishga yordam beradigan Prezi Desktop 6.26.0 dasturi yordamida “Sounds and combinations of sounds”, “Letters and Combinations of letters” qismlaridan iborat “Training phonetic exercises” nomli mul'timediali kurs ishlab chiqish orqali ta'lim texnologiyalari optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti, O‘zbekiston Respuplikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 15-apreldagi №3/5-02-000250 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 18-noyabr №10258/B-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning talaffuzidagi tipik xatolar aniqlandi va bartaraf etildi, ularning fonetik ko‘nikmalari sezilarli darajada yaxshilandi, hamda individual fonetik portretlar asosida ta’limni tashkil etish imkoniyati yaratildi. Bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga va kursantlarning ingliz tilida erkin muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi;
harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoniga talaffuzning to‘g‘irlanishini bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirish asosida fonetik interferensiyani bartaraf etish bo‘yicha kommunikativ, kompetentlikka asoslangan, diferensial, interaktiv kabi maxsus lingvodidaktik yondashuvlar integratsiyalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti, O‘zbekiston Respuplikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 15-apreldagi №3/5-02-000250 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 18-noyabr №10258/B-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning ingliz tilidagi talaffuzi sezilarli darajada yaxshilandi. Fonetik interferensiyani bartaraf etish bo‘yicha qo‘llanilgan maxsus lingvodidaktik yondashuvlar, talaffuzning bosqichma-bosqich to‘g‘rilanishi asosida, kursantlarga o‘zbek tilidagi talaffuz xususiyatlari ta’sirini kamaytirishga va ingliz tilidagi tovushlarni aniqroq talaffuz qilishga yordam berdi.