Egamberganova Matluba Jobborgonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasi o‘zbeklarining ekologik madaniyati: tarixiy taraqqiyoti, etnolokal xususiyatlari, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tar524
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ashirov Adhamjon Azimboyevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davlatova Saodat Tilovberdiyevna, tarix fanlari doktori, professor; Tursunov Sayfulla Narzullayevich tarix fanlari doktori, professor; Taniyeva Guldona Mamanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi o‘zbeklarining ekologik madaniyati: tarixiy taraqqiyoti, etnolokal xususiyatlarini tarixiy va zamonaviy jihatlarda kompleks tarzda o‘rganish, globallashuv hamda urbanizatsiya sharoitida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish orqali milliy ekologik merosni saqlash va uni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Xorazm vohasi o‘zbeklarining ekologik madaniyati tarixiy-etnografik materiallar asosida kompleks tahlil qilinib, unda zardushtiylik (tabiatni e’zozlash, suv va olovni pok saqlash, oilaviy marosimlardagi cheklovlar) hamda qadimgi turkiylarning tabiat (makrokosm) va inson (mikrokosm) o‘rtasidagi munosabat, ota – osmon (ko‘k), ona – yer, quyosh, oy bilan bog‘liq kosmogonik qarashlar, islomiy poklik hamda isrof qilmaslikka qaratilgan diniy-falsafiy g‘oyalar o‘zaro qorishgan holda uchrashi ilmiy asoslangan;  
voha o‘zbeklariga xos mavsumiy xalq bayram va sayillari (darveshona, qizil gul, qovun, uzum sayillari), Navro‘z bilan bog‘liq urf-odatlar (hashar, daraxt ekish, hovlilarni tozalash, ariqlarga ishlov berish) mintaqaning tabiiy-geografik muhiti, antropogen landshafti, iqlimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqlikda shakllanganligi etnografik materiallar asosida aniqlangan;  
Xorazm vohasi o‘zbeklarining bola tarbiyasi, nikoh hamda motam marosimlarida saqlanib kelgan urf-odat va marosim amaliyotlari (“suv sepish”, “isiriq tutatish”, hovliga daraxt ekish, azador xonadonda suvni tejash va boshqalar) hududning tabiiy-iqlimiy sharoiti bilan uyg‘un shakllangan an’anaviy ekologik me’yorlar tizimi ekanligi aniqlandi. Mazkur marosimlar orqali tabiat unsurlariga ehtiyotkor munosabat, ekologik mas’uliyat va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini avlodlararo uzatib kelgan vohaga xos etnoekologik tarbiya mexanizmi mavjudligi ilmiy jihatdan dalillangan;  
voha aholisining suv bilan bog‘liq an’analari (sug‘orish navbati, ariq va kanallarni jamoa bo‘lib tozalash, suvni behuda oqizmaslikka oid yozilmagan qoidalar) hamda mirob instituti tarixiy-etnografik manba va materiallar asosida o‘rganilib, mintaqada o‘ziga xos suvdan foydalanish madaniyati tizimi shakllanganligi ilmiy asosda dalillangan;  
Xorazm vohasida an’anaviy ekologik tarbiya tizimi inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatli munosabatlarni saqlashda muhim etnoijtimoiy vazifani bajarganligi aniqlanib, ekologik bilim hamda qadriyatlarning bobo-buvi, ota-ona va farzandlar o‘rtasida avloddan avlodga uzatilib kelinganligi, mazkur an’anaviy uzviylikning zaiflashuvi aholining tabiiy muhitga munosabatidagi o‘zgarishlar hamda ayrim ekologik muammolarning kuchayishiga ta’sir ko‘rsatganligi etnologik materiallar asosida isbotlangan. 
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xorazm vohasi o‘zbeklarining ekologik madaniyati: tarixiy taraqqiyoti, etnolokal xususiyatlari” mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xorazm vohasi o‘zbeklarining ekologik madaniyati tarixiy-etnografik materiallar asosida kompleks tahlil qilinib, unda zardushtiylik (tabiatni e’zozlash, suv va olovni pok saqlash, oilaviy marosimlardagi cheklovlar) hamda qadimgi turkiylarning tabiat (makrokosm) va inson (mikrokosm) o‘rtasidagi munosabat, ota – osmon (ko‘k), ona – yer, quyosh, oy bilan bog‘liq kosmogonik qarashlar, islomiy poklik hamda isrof qilmaslikka qaratilgan diniy-falsafiy g‘oyalar o‘zaro qorishgan holda uchrashi ilmiy asoslanganlanganligi to‘grisida ma’lumotlardan qo‘mita tomonidan foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2026-yil 30-apreldagi 37-02-14/825-sonli ma’lumotnomasi) Tadqiqot davomida aniqlangan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Qo‘mita faoliyatida madaniy merosni asrash va targ‘ib etish, turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni rivojlantirish hamda ijtimoiy hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarning mazmunini boyitishda amaliy ahamiyat kasb etadi;
Voha o‘zbeklariga xos mavsumiy xalq bayram va sayillari (darveshona, qizil gul, qovun, uzum sayillari), Navro‘z bilan bog‘liq urf-odatlar (hashar, daraxt ekish, hovlilarni tozalash, ariqlarga ishlov berish) mintaqaning tabiiy-geografik muhiti, antropogen landshafti, iqlimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqlikda shakllanganligi etnografik materiallar asosida aniqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2026-yil 30-apreldagi 37-02-14/825-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur dissertatsiyadagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Qo‘mitaning madaniy-ma’rifiy aloqalar hamda millatlararo birdamlikni yanada mustahkamlash mavzusidagi xalqaro konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilishi mumkin; 
Xorazm vohasi o‘zbeklarining bola tarbiyasi, nikoh hamda motam marosimlarida saqlanib kelgan urf-odat va marosim amaliyotlari (“suv sepish”, “isiriq tutatish”, hovliga daraxt ekish, azador xonadonda suvni tejash va boshqalar) hududning tabiiy-iqlimiy sharoiti bilan uyg‘un shakllangan an’anaviy ekologik me’yorlar tizimi ekanligi aniqlandi. Mazkur marosimlar orqali tabiat unsurlariga ehtiyotkor munosabat, ekologik mas’uliyat va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini avlodlararo uzatib kelgan vohaga xos etnoekologik tarbiya mexanizmi mavjudligi ilmiy jihatdan dalillangan. (“O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 14-apreldagi 01-33/258-sonli ma’lumotnomasi).  Teleko‘rsatuv orqali yoritilgan ilmiy ma’lumotlar tomoshabinlarning mavzu yuzasidan tasavvurlarini kengaytirish, tarixiy va madaniy jarayonlarga oid bilimlarini boyitishga qaratilgan;
 Voha aholisining suv bilan bog‘liq an’analari (sug‘orish navbati, ariq va kanallarni jamoa bo‘lib tozalash, suvni behuda oqizmaslikka oid yozilmagan qoidalar) hamda mirob instituti tarixiy-etnografik manba va materiallar asosida o‘rganilib, mintaqada o‘ziga xos suvdan foydalanish madaniyati tizimi shakllanganligi ilmiy asosda dalillangan. (“O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 14-apreldagi 01-33/258-sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda ommaga taqdim etilgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning ushbu mavzu doirasidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi;
Xorazm vohasida an’anaviy ekologik tarbiya tizimi inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatli munosabatlarni saqlashda muhim etnoijtimoiy vazifani bajarganligi aniqlanib, ekologik bilim hamda qadriyatlarning bobo-buvi, ota-ona va farzandlar o‘rtasida avloddan avlodga uzatilib kelinganligi, mazkur an’anaviy uzviylikning zaiflashuvi aholining tabiiy muhitga munosabatidagi o‘zgarishlar hamda ayrim ekologik muammolarning kuchayishiga ta’sir ko‘rsatganligi etnologik materiallar asosida isbotlangan. (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2026-yil 5-maydagi 02-03-18/863-sonli dalolatnomasi) Shuningdek, ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar mazkur yo‘nalishdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, maxsus kurs, seminar-trening va amaliy dasturlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish