Kushanova Dilfuza Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda tarixiy – madaniy jarayonlar va ularning mintaqa sivilizatsiyasi rivojidagi ahamiyati (qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar19
Ilmiy rahbar: Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti.
DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori (DSc), professor Raimqulov Abdisabur Azzamovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent Xushvaqtov Nabi Olimovich
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyodagi tarixiy-madaniy jarayonlarni qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar misolida ilmiy o‘rganish asosida, ushbu jarayonlarning mintaqa sivilizatsiyasi rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mahalliy va xorijiy ilmiy maktablarda Markaziy Osiyo etnomadaniyati yo‘nalishi, xususan, manbalar tarjimasi, qadimgi shaharlar tavsifi, yo‘llar kartografiyasi va aholining etnik tarkibi tahlilini olib borish usullariga aynan qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda asos solinganligi, ular mintaqaning keyingi bosqichdagi sivilizatsiyalari rivojiga zamin yaratganligi ochib berilgan;
Markaziy Osiyoda ilk sayyohlarning tashrifi va safarlari davomida mintaqa tarixi, madaniyati va etnografiyasining keng yoritib berilishi o‘rta asrlarda xorijlik sayyohlar va olimlar e’tiborini qaratganligi va ilk renessans uchun zamin yaratishda muhim rol o‘ynaganligi aniqlangan;
xo‘jalik aloqalari, xususan, xom-ashyo va yangi ehtiyojlar (oziq-ovqat, yangi yerlarni o‘zlashtirish, metall konlarini izlab topish, tabiiy ofatlardan qochish)ning yuzaga kelishi natural xo‘jalikdan voz kechib, yangi pul birliklari va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirganligi, keyinchalik xalqaro elchilik munosabatlariga asos bo‘lib xizmat qilganligi ko‘rsatib berilgan;
“etnos”, “etnogenez”, “millat” va boshqa etnologiyaga oid atamalar tahlili asosida mintaqada sodir bo‘lgan etnomadaniy jarayonlar asosi shakllanganligi, mintaqa xaqlarining eng qadimgi ajdodlariga oid muhim ma’lumotlar aniqlanib, ilmiy iste’molga kiritilganligi hamda Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyoda etnomadaniy jarayonlar va ularning mintaqa sivilizatsiyasi rivojidagi ahamiyatini o‘rganishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Mahalliy va xorijiy ilmiy maktablarda Markaziy Osiyo etnomadaniyati yo‘nalishi, xususan, manbalar tarjimasi, qadimgi shaharlar tavsifi, yo‘llar kartografiyasi va aholining etnik tarkibi tahlilini olib borish usullariga aynan qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda asos solinganligi, ular mintaqaning keyingi bosqichdagi sivilizatsiyalari rivojiga zamin yaratganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida faoliyatida, xususan 2024-yilda efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 16-dekabrdagi 06-281764-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyoda etnoslarning joylashuvi, tarixiy-geografik tahlili, ularning madaniy-xo‘jalik aloqalariga doir ma’lumotlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda ilk sayyohlarning tashrifi va safarlari davomida mintaqa tarixi, madaniyati va etnografiyasining keng yoritib berilishi o‘rta asrlarda xorijlik sayyohlar va olimlar e’tiborini qaratganligi va ilk renessans uchun zamin yaratishda muhim rol o‘ynaganligi haqidagi nazariy mulohazalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 16-dekabrdagi 06-281764-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda Markaziy Osiyoda turli davrlarda sayyohlarning tashrifi va safarlari davomida mintaqa tarixi, madaniyati va etnografiyasining keng yoritib berilishi, o‘rta asrlarda xorijlik sayyohlar va olimlar e’tiborini qaratganligi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
xo‘jalik aloqalari, xususan, xom-ashyo va yangi ehtiyojlar (oziq-ovqat, yangi yerlarni o‘zlashtirish, metall konlarini izlab topish, tabiiy ofatlardan qochish)ning yuzaga kelishi natural xo‘jalikdan voz kechib, yangi pul birliklari va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirganligi, keyinchalik xalqaro elchilik munosabatlariga asos bo‘lib xizmat qilganligi Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini saqlash va yangi davr talablari asosida rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarini joriy qilishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 11-noyabrdagi 01-51/11-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Oltin meros” xayriya jamoat fondi ilmiy loyihalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
“etnos”, “etnogenez”, “millat” va boshqa etnologiyaga oid atamalar tahlili asosida mintaqada sodir bo‘lgan etnomadaniy jarayonlar asosi shakllanganligi, mintaqa xaqlarining eng qadimgi ajdodlariga oid muhim ma’lumotlar aniqlanib, ilmiy iste’molga kiritilganligi hamda Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros Agentligi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros Agentligining 2023-yil 19-oktyabrdagi 02-05/3764-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasida ilmiy axborot va ilmiy-ommabop ma’lumotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.