Haydarova Nodirabegim Ahtamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Badiiy tarjimada interdiskursivlik voqelanishining lingvomadaniy parametrlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2022.4 PhD/Fil.3006.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Laylo Frunzeevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy tarjimada interdiskursivlik voqelanishining lingvomadaniy parametrlarini aniqlash va ularni tarjima jarayonida qayta yaratish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy tarjimada interdiskursivlikning lingvomadaniy hodisa sifatida namoyon bo‘lishida kommunikativ-funksional yondashuvning ustuvorligi hamda diskurslararo aloqadorlikning semantik-pragmatik, lingvomadaniy va kommunikativ-funksional sathlarda, xususan, turli diskurslarga xos lisoniy markerlar, madaniy kodlar va pragmatik vazifalarning o‘zaro integratsiyalashuvida namoyon bo‘ladigan tizimli xarakterga egaligi asoslangan;
interdiskursivlikning semantik va pragmatik markerlari badiiy matnda kontekstual omillar, muallif niyati va madaniy kodlar ta’sirida voqelanishi hamda ularning kommunikativ yuklama hosil qilishdagi roli va badiiy tarjimada interdiskursiv birliklarni qayta yaratishda kontekstga moslashish, pragmatik adekvatlik va mualliflik pozisiyasini saqlash kabi tarjima mexanizmlarining ustuvorligi dalillangan;
interdiskursivlikni tarjimada ifodalashda forenizatsiya va domestikatsiya strategiyalarining o‘zaro uyg‘un qo‘llanishi hamda ularning milliy-madaniy asimmetriyani bartaraf etish darajasi, tarjima tilining me’yorlari, o‘quvchining lingvomadaniy kompetensiyasi, fon bilimlari va matnni idrok etish xususiyatlari kabi omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
madaniy transfer jarayonida interdiskursiv birliklarning semantik, estetik va pragmatik yuklamasi diskurslararo transformatsiya, madaniy ma’nolarning qayta talqin qilinishi hamda funksional muvofiqlik darajasi kabi omillar ta’sirida shakllanishi va ularning tarjimada mazmuniestetik yaxlitlik hamda kommunikativ ta’sirchanlikni ta’minlashdagi o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy tarjimada interdiskursivlik voqelanishining lingvomadaniy parametrlarini aniqlash va ularni tarjima jarayonida qayta yaratish mexanizmlarini ishlab chiqish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
badiiy tarjimada interdiskursivlikning lingvomadaniy hodisa sifatida namoyon bo‘lishida kommunikativ-funksional yondashuvning ustuvorligi hamda diskurslararo aloqadorlikning semantik-pragmatik, lingvomadaniy va kommunikativ-funksional sathlarda, xususan, turli diskurslarga xos lisoniy markerlar, madaniy kodlar va pragmatik vazifalarning o‘zaro integratsiyalashuvida namoyon bo‘ladigan tizimli xarakterga egaligiga oid nazariy xulosalaridan 2021–2023-yillarda “Musiqa va san’at” o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2026-yil 10-fevraldagi 1/04-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek badiiy tarjimasida interdiskursivlikni ta’minlashga xizmat qiladigan domestikatsiya va forenizatsiya strategiyalari milliy raqs san’atiga oid birliklarni ingliz va o‘zek tillariga tarjima qilishga hamda tarjimada lingvomadaniy transferning saqlanishida samarali qo‘llanilgan;
interdiskursivlikning semantik va pragmatik markerlari badiiy matnda kontekstual omillar, muallif niyati va madaniy kodlar ta’sirida voqelanishi hamda ularning kommunikativ yuklama hosil qilishdagi roli va badiiy tarjimada interdiskursiv birliklarni qayta yaratishda kontekstga moslashish, pragmatik adekvatlik va mualliflik pozisiyasini saqlash kabi tarjima mexanizmlarining ustuvorligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida Toshkentdagi AQSh Elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80021IN3103 raqamli loyiha doirasida tashkil etilgan “Amerika adabiyoti klubi”da o‘tkazilgan Jon Steynbek, Frensis Skott Fisdjerald va Ernest Xeminguey kabi Amerika yozuvchilarining adabiy mahorati tahliliga bag‘ishlangan ilmiy-ijodiy tadbirlarida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 21-apreldagi 06/2973-son ma’lumotnomasi). Natijada, klub ishtirokchilarida badiiy matndagi interdiskursivlikni anglash, mazkur lingvokognitiv kategoriyaning o‘ziga yondosh bo‘lgan boshqa lisoniy kategoriyalardan farqlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga hamda badiiy matnda uchraydigan interdiskursivlik hodisasining tarjimada voqelanishida tarjima strategiyalaridan forenizatsiya va domestikatsiyaning lingvomadaniy omillar bilan shartlanganligi borasidagi bilimlari kengayishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
interdiskursivlikni tarjimada ifodalashda forenizatsiya va domestikatsiya strategiyalarining o‘zaro uyg‘un qo‘llanishi hamda ularning milliy-madaniy asimmetriyani bartaraf etish darajasi, tarjima tilining me’yorlari, o‘quvchining lingvomadaniy kompetensiyasi, fon bilimlari va matnni idrok etish xususiyatlari kabi omillar bilan bog‘liqligiga doir ilmiy xulosalardan O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Ijod zavqi” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradio kompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 10-fevraldagi 26-36- 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarda interdiskursiv birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, ularning tarjima jarayonida mahalliylashtirilishi yoki xorijiylashtirilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidagi ayrim mulohazalar tatbiq etilgan.