Imomov Otamurod Normamatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish holati va ularni indikatorlar asosida  unumdorlik ko‘rsatkichlarini baholashi (Navoiy viloyati sanoat hududlari misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik, 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1533. 
Ilmiy rahbar: Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B/Qx.01.16. 
Rasmiy opponentlar: Sobitov O‘lmas Tojahmedovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boynazarov Baxron Raimovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati sanoat hududlarida tarqalgan sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi, o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning sifati, sog‘lomligi unumdorligini baholashda ularning tuproq indikatorlar tizimi orqali  fizik, kimyoviy va biologik xossalaridagi o‘zgarishlarni aniqlash hamda ekologik holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
Navoiy shahri sanoat hududlarida tarqalgan sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi va o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning kimyoviy ifloslanish darajasi geokimyoviy yondashuv asosida baholanib, ularning ekologik xavf va fon hududlariga differensiallashuv qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan; 
kimyoviy ifloslanish ta’sirida sug‘oriladigan tuproqlarning geokimyoviy holati Klark konsentratsiyasi va Klark tarqalish koeffisientlari asosida baholanib, potensial toksik elementlarning akkumulyasiyasi, migratsiyasi hamda tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan; 
tadqiqot hududiga xos tuproq-iqlim va texnogen sharoitlar inobatga olingan holda tuproq sifati (SI), tuproq sog‘lomligi (SI*) hamda tuproq unumdorligini (TUI) tavsiflovchi indikatorlar tizimi mahalliy sharoitga moslashtirilgan; 
indikatorlarning diagnostik chegaralari va baholash mezonlari ilmiy jihatdan aniqlashtirilib, ularni integratsiyalash asosida tuproqlarning ekologik holatini kompleks tavsiflash imkonini beruvchi integral baholash tizimi ishlab chiqilgan;
kimyoviy ifloslanishga uchragan sug‘oriladigan tuproqlarning ekologik xavflilik darajasini aniqlashning geokimyoviy-indikatorli yondashuvi takomillashtirildi. Zamonaviy geoaxborot tizimlari (GIS) imkoniyatlaridan foydalanish orqali ifloslanishning fazoviy tarqalishini aks ettiruvchi yirik 1:10 000 masshtabli ekologik xavf xaritasi ishlab chiqilgan;
sanoat ta’siriga uchragan sug‘oriladigan tuproqlarning ekologik monitoringini tashkil etish, tuproq sifati, sog‘lomligi va unumdorligini kompleks baholash hamda  yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy ekologik yondashuvi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Navoiy viloyati sanoat hududlarida tarqalgan sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi va o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning kimyoviy ifloslanish holati va ularning indikatorlar asosida unumdorlik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
sanoat hududida tarqalgan sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi va o‘tloqi allyuvial  tuproqlarning kimyoviy ifloslanish holati va ularni indikatorlar asosida  unumdorlik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha “Sug‘oriladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish holati va ularni indikatorlar asosida  unumdorlik ko‘rsatkichlarini baholash” (Navoiy viloyat sanoat hududlari misolida)  nomli tavsiyanoma Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2026-yil 25-fevraldagi 05/05-04-233-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 11-fevraldagi 04-03/1-03/03-1355-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyoviy ifloslangan tuproqlarning unumdorligini baholash asosida ekologik tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
sanoat hududlarida kimyoviy ifloslangan tuproq xossalarini o‘zgarishini indikatorlar asosida baholash uchun tuproq sifati indeksi, tuproq sog‘lomligi indeksi hamda tuproq unumdorligi indeksi Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2026-yil 25-fevraldagi 05/05-04-233-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 11-fevraldagi 04-03/1-03/03-1355-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy ifloslangan tuproqlarning sifati, sog‘lomligi indeksi hamda tuproq unumdorligi indeksi asosida baholash imkonini bergan;
tadqiqot hududi tuproqlarining kimyoviy ifloslanishini ko‘rsatuvchi kimyoviy, fizik va biologik xossalariga asoslangan 19 ta indikator turi aniqlangan, elementlarning Klark konsentratsiyasi va tarqalish koeffisientlari Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2026-yil 25-fevraldagi 05/05-04-233-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 11-fevraldagi 04-03/1-03/03-1355-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy ifloslangan tuproqlarning sifati indeksi, tuproq sog‘lomligi indeksi hamda tuproq unumdorligi indeksi asosida baholash imkonini bergan;
tadqiqot hududi tuproqlarining kimyoviy ifloslanishini ko‘rsatuvchi kimyoviy, fizik va biologik xossalariga asoslangan tadqiot hududi tuproqlarini kimyoviy ifloslanishi va ekologik xavf darajalari bo‘yicha 1:10 000 masshtabli xaritalari Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2026-yil 25-fevraldagi 05/05-04-233-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xarita sanoat hududini kimyoviy ifloslanishini va ekologik xavf darajalarini baholash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish