Zokirova Dilnoza Fazliddin qizi ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Carabidae oilasi qo‘ng‘izlarida ayrim morfologik belgilar variasiyasining qiyosiy tahlili”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1701.
Ilmiy rahbar: Qudratov Jasur Asilbekovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Musaev Dilshod Muxammadjanovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Medetov Makset, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Carabidae oilasi vakillarida morfometrik ko‘rsatkichlar va ularning variasiyasini aniqlash hamda unga jinsiy xususiyatlar va balandlik mintaqalarning ta’sirini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba Carabidae oilasining 5 ta turi  (Acinopus laevigatus, Zabrus morio, Pseudotaphoxenus juvencus, Machozetus lehmanni va M. consinnus) morfometrik tahlildan o‘tkazilgan va morfometrik ko‘rsatkichlari variasiyasi aniqlangan;
vizildoq qo‘ng‘izlarda turli tana qismlarining o‘zaro bog‘liqlik darajalari aniqlangan, boshning uzunligi mustaqil o‘zgaruvchan va eng yuqori variasiyaga ega ekanligi hamda ekologik filtrasiya ta’siriga beriluvchan asosiy belgi ekanligi asoslab berilgan; 
ilk bor Markaziy Osiyoning endemik Machozetus avlodi turlari  morfometrik va molekulyar genetik tahlildan o‘tkazilgan, ularning morfologik va genetik farqlari, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari ochib berilgan hamda avlodning filogenetik o‘rnini ko‘rsatib berilgan;
Carabidae oilasi vakillari jinsiy dimorfizmida morfometrik ko‘rsatkichlar va ular variasiyasi hal qiluvchi omil emasligi asoslangan;
Carabidae oilasi vakillari morfometrik ko‘rsatkichlarning balandlik mintaqalari bo‘ylab o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari ochib berilgan hamda Bergman qoidasiga bo‘ysunmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Carabidae oilasi qo‘ng‘izlarida ayrim morfologik belgilar variasiyasining qiyosiy tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar-genetik tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyo endemik turlarining mDNK (COI) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2024-yil 14-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Machozetus consinnus turi uchun - PP337088, PP337089; Eocarterus chodshenticus turi uchun - PP337090, PP337091, PP337092, Scarites bucida turi uchun - PP337087 identifikasiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
tadqiqot natijalari asosida chop qilingan ilmiy maqolalarga impakt-faktori 0,5 dan yuqori bo‘lgan va xalqaro tizimga kirgan Biodiversitas (2023,2025-2026, IF-1.70:https://doi.org/10.13057/biodiv/d240607, https://doi.org/10.13057/biodiv/d240455, https://doi.org/10.13057/biodiv/d261017, https://doi.org/10.13057/biodiv/d270203, ttps://doi.org/10.13057/biodiv/d260943), Biosystems Diversity (2025, IF-1.44: https://doi.org/10.15421/012506) va Acta Biologica Sibirica (2023, IF-1.229:, https://doi.org/10.5281/zenodo.7835401, https://doi.org/10.5281/zenodo.7725474) jurnallaridagi maqolalarda havolalar keltirilgan. Natijada, xorijiy va mahalliy mutaxassislarga O‘zbekistonning vizildoq qo‘ng‘izlari haqida ma’lumotlar olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish