Azimov Nodir Nasilloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harakatli o‘yinlar vositasida yosh badmintonchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped.10439.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, 
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04. 
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ermatov Sherzod Saidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi  tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yosh badmintonchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorlov guruhida shug‘ullanuvchi badmintonchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlarni uch (yuqori, o‘rtacha past shiddatli o‘yinlar) guruhga bo‘lib takomillashtirib qo‘llash hisobiga yosh badmintonchilarning tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilik sifatlari bilan birga psixologik va emotsional holatni barqarorlashtirish, e’tibor va diqqatni oshirish, texnik va taktik harakatlarni o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
10–13 yoshli badmintonchilarning haftalik mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish hisobiga ularning jismoniy rivojlanishi, mashg‘ulotlarning hajmi, shiddati va tiklanish davrlari yosh sportchilarning morfofunksional xususiyatlarini hamda biologik rivojlanish bosqichlariga mos ravishda kompleks rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan;
10–13 yoshli boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi badmintonchilarning reaksiya tezligi, koordinatsion qobiliyatlari va tezkor qaror qabul qilish ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga qaratilgan reaksiya to‘pi asosidagi to‘rt guruhdagi maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqish hisobiga sportchilarning forehand va backhand zarbalarini tanlash tezligi, harakat reaksiyasi hamda o‘yin vaziyatlarida tezkor qaror qabul qilish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri eksperimental jihatdan asoslangan;
ilk bor boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi sportchilarga badminton sportini o‘rgatish jarayonida multimedia texnologiyalariga asoslangan “Badmintonni o‘rgatish metodikasi” nomli mobil ilovali elektron qo‘llanma ishlab chiqib amaliyotga joriy etish hisobiga yosh badmintonchilarning nazariy bilimlari, texnik-taktik tayyorgarligi hamda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh badmintonchilarni tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorlov guruhida shug‘ullanuvchi badmintonchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlarni uch (yuqori, o‘rtacha past shiddatli o‘yinlar) guruhga bo‘lib takomillashtirib qo‘llash metodikasi bo‘yicha  taklif va tavsiyalar O‘zbekiston badminton federatsiyasiga qarashli Buxoro viloyat badminton markazi mashg‘ulotlari jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 14 avgustdagi 02-16/8648-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh badmintonchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik 22-24 % ga, ga o‘sishiga erishilgan. 11-15 yoshli o‘smirlar orasida O‘zbekiston Respublikasi chempionatida I - o ’rinni egallashgan;
10–13 yoshli badmintonchilarning haftalik mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish asosida ularning jismoniy rivojlanishi, mashg‘ulotlarning hajmi, shiddati va tiklanish davrlari yosh sportchilarning morfofunksional xususiyatlarini hamda biologik rivojlanish bosqichlariga mos ravishda kompleks rivojlantirish bo‘yicha tavsiya etilgan metodik yondashuvlar “Milliy harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilib, Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tahsil olayotgan o‘smir badmintonchilarning mashg‘ulot jarayoniga amaliy jihatdan tatbiq etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanma nashrga tavsiya etilgan bo‘lib, unda milliy va harakatli o‘yinlardan foydalanish orqali badmintonchilarning harakat faolligi, koordinatsion qobiliyatlari hamda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy tavsiyalar yoritilgan. Natijada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi badmintonchilarning, texnik tayyorgarligi 20-21 % ga, o‘sishiga erishilgan; 
10–13 yoshli boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi badmintonchilarning reaksiya tezligi, koordinatsion qobiliyatlari va tezkor qaror qabul qilish ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga qaratilgan reaksiya to‘pi asosidagi to‘rt guruhdagi maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston badminton federatsiyasi tasarrufidagi Jizzax viloyat badminton markazi mashg‘ulot jarayoniga amaliy jihatdan joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 14 avgustdagi 02-16/8648-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-13 yoshli badmintonchilarning jismoniy rivojlanish 17-19 % o‘sishiga erishilgan. 2025 yil “Yoshlik sport jamoalari” musobaqasida II- o‘rinni egallashgan;
ilk bor boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi sportchilarga badminton sportini o‘rgatish jarayonida multimedia texnologiyalariga asoslangan “Badmintonni o‘rgatish metodikasi” nomli mobil ilovali elektron qo‘llanma ishlab chiqib amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston badminton federatsiyasi tasarrufidagi Buxoro, Surxandaryo va Jizzax viloyat badminton markazi mashg‘ulot jarayoniga amaliy jihatdan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 14 avgustdagi 02-16/8648-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-13 yoshli badmintonchilarning jismoniy tayyorgarligi 19-20 % o‘sishiga erishilgan. 2025 yil “Yoshlik sport jamoalari” musobaqasida II- o‘rinni egallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish