Ismoilov Sherzod Ismoil o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlari rivojlanishini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6358
Ilmiy rahbar: Xushmuradov Oman, iqtisodiyot fanlari nomzodi, v.b. professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar: Xalimov Javlonbek Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raev Farruh Do‘stmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlari rivojlanishini tashkiliy-iqtisodiy mehanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta xizmatlarini raqamli transformatsiyalash sharoitida sun’iy intellekt, IoT, big data, blokcheyn texnologiyalari bilan integratsiyalashgan ARDL va NARDL modellarini qo‘llash orqali boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi raqamli omillarning ijobiy va salbiy ta’sirini alohida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv ilmiy asoslangan;
raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlari rivojlanishini statistik va empirik ma’lumotlar asosida kompleks tahlil qilish orqali operatsion xarajatlarning 20-30 % ga qisqartirish, da’volarni ko‘rib chiqish tezligining 40-60 % ga oshirish, mijozlar qoniqish indeksini esa 15-25 % ga o‘shirish, hamda loss ratio ko‘rsatkichini 5-12 % ga pasaytirish bo‘yicha taklif ilmiy asoslangan; 
Qashqadaryo viloyati sug‘urta xizmatlar bozori rivojlanishini hududiy kesimda to‘lovlar va mukofotlar nisbatini 41,4% dan 41,9 % atrofida barqaror saqlash orqali risklarni boshqarish tizimining muvozanatli modeli bo‘yicha sug‘urtalangan shartnomalar sonining 485 ming donadan 560 ming donaga (15,5%) oshirish imkoniyati ilmiy asoslangan; 
Qashqadaryo viloyatida sug‘urta xizmatlari rivojlanishini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va raqamli transformatsiya omillari asosida pessimistik ssenariyda 27% dan 32% gacha, bazaviy ssenariyda 28% dan 40% gacha, hamda optimistik ssenariyda 30% dan 58% gacha oshirishning 2030-yilgacha ssenariyli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sug‘urta xizmatlarini raqamli transformatsiyalash sharoitida sun’iy intellekt, IoT, big data, blokcheyn texnologiyalari bilan integratsiyalashgan ARDL va NARDL modellarini qo‘llash orqali boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi raqamli omillarning ijobiy va salbiy ta’sirini alohida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv ilmiy asoslanganligi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tatbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 7-iyuldagi 03-03/8632-son ma’lumotnomasi). Natijada Sug‘urta kompaniyalarida sun’iy intellekt, IoT, Big Data va blokcheyn asosidagi integratsiyalashgan boshqaruv modeli joriy etilishi natijasida operatsion jarayonlar avtomatlashtirildi, risklarni real vaqt rejimida boshqarish imkoniyati yaratildi hamda boshqaruv qarorlarining aniqligi va tezkorligi oshirildi. 
raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta xizmatlari rivojlanishini statistik va empirik ma’lumotlar asosida kompleks tahlil qilish orqali operatsion xarajatlarning 20-30 % ga qisqartirish, da’volarni ko‘rib chiqish tezligining 40-60 % ga oshirish, mijozlar qoniqish indeksini esa 15-25 % ga o‘shirish, hamda loss ratio ko‘rsatkichini 5-12 % ga pasaytirish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tatbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 7-iyuldagi 03-03/8632-son ma’lumotnomasi). Natijada ARDL va NARDL modellarini qo‘llash asosida raqamli omillarning sug‘urta samaradorligiga ta’siri alohida aniqlanib, samarali va samarasiz texnologiyalarni differensial baholash imkoniyati yaratildi, bu esa kompaniyalarda xarajatlarni optimallashtirish va investisiya siyosatini takomillashtirishga xizmat qildi.
Qashqadaryo viloyati sug‘urta xizmatlar bozori rivojlanishini hududiy kesimda to‘lovlar va mukofotlar nisbatini 41,4% dan 41,9 % atrofida barqaror saqlash orqali risklarni boshqarish tizimining muvozanatli modeli bo‘yicha sug‘urtalangan shartnomalar sonining 485 ming donadan 560 ming donaga (15,5%) oshirish imkoniyati ilmiy asoslanganligi boʻyicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tatbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 7-iyuldagi 03-03/8632-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan 15 indikatorli DSI tizimi orqali sug‘urta kompaniyalarining raqamli etuklik darajasi kompleks baholanib, texnologik infratuzilma, mijoz tajribasi va avtomatlashtirish darajasining xizmatlar samaradorligiga ta’siri integrallashgan indeks orqali aniqlandi hamda benchmarking imkoniyati yaratildi.
Qashqadaryo viloyatida sug‘urta xizmatlari rivojlanishini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va raqamli transformatsiya omillari asosida pessimistik ssenariyda 27% dan 32% gacha, bazaviy ssenariyda 28% dan 40% gacha, hamda optimistik ssenariyda 30% dan 58% gacha oshirishning 2030-yilgacha ssenariyli prognoz parametrlari ishlab chiqilganligi boʻyicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tatbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 7-iyuldagi 03-03/8632-son ma’lumotnomasi). Qashqadaryo viloyati misolida ishlab chiqilgan ssenariyli prognozlash modeli asosida raqamli sug‘urta ulushining 2030-yilga borib 32-58 % gacha oshishi asoslandi, bu esa DXSh mexanizmlarini kengaytirish, sug‘urta xizmatlari qamrovini oshirish va hududiy bozorni strategik rivojlantirish bo‘yicha amaliy dasturlar ishlab chiqishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish