Solijonov Muxammadjon Zokirjon o‘g‘lining    
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matn kognitiv-konseptual tahlilining chog‘ishtirma-lingvokulturologik asoslari va tamoyillari”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/Fil1224.
Ilmiy maslahatchi: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Rustamov Dilshodbek Abduvahidovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xolboboeva Aziza Sherboboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnni kognitiv-konseptual tahlil qilishning chog‘ishtirma-lingvokulturologik asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish hamda ularning ingliz va o‘zbek rivoyat matnlari misolida amaliy qo‘llanish imkoniyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
badiiy matnni kognitiv-konseptual tahlil qilishning chog‘ishtirma-lingvokulturologik asoslari ingliz va o‘zbek rivoyat matnlari materialida ishlab chiqilgan, bunda badiiy matn til, tafakkur, madaniyat, qadriyat va milliy identifikatsiya munosabatlarini ifodalovchi murakkab konseptual-lingvomadaniy tizim sifatida talqin qilingan;
badiiy matn kognitiv-konseptual tahlilining asosiy tamoyillari – antropotsentrik yondashuv, konseptual maydonni aniqlash, lingvokulturologik birliklarni ajratish, verbal markerlarni talqin qilish, yadro-periferiya munosabatlarini belgilash, konseptlararo bog‘lanishlarni freym, skript, oppozisiya, sabab-oqibat va aksiologik baholash mexanizmlari orqali izohlash tamoyillari tizimlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi rivoyat matnlaridan iborat tadqiqot korpusi shakllantirilgan, matnlar til, janr, mavzu, asosiy konseptlar, verbal markerlar va lingvokulturologik birliklar bo‘yicha pasportlashtirilgan hamda korpus lingvistikasi va kompyuter lingvistikasi tamoyillari asosida chastotaviy-kontekstual kuzatuvga tayangan qiyosiy tahlil modeli ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida konseptual maydon va konseptosferaning shakllanish xususiyatlari qiyosiy-lingvokognitiv aspektda ochib berilgan, lingvokulturologik birliklarning konseptual belgi, milliy-madaniy qadriyat va verbal marker sifatida faoliyat ko‘rsatishi asoslangan;
badiiy matn kognitiv-konseptual tahlilining integrativ modeli ishlab chiqilgan, unda “badiiy matn → verbal marker → lingvokulturologik birlik → konseptual belgi → konsept → konseptual maydon → yadro-periferiya tuzilishi → konseptlararo munosabat → aksiologik baholash → milliy tafakkur → madaniy identifikatsiya” zanjiri orqali til birligi, kognitiv mazmun, madaniy qadriyat va milliy-madaniy tafakkur o‘rtasidagi munosabatlar yaxlit tizimda talqin qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
badiiy matnni kognitiv-konseptual tahlil qilishning chog‘ishtirma-lingvokulturologik asoslari ingliz va o‘zbek rivoyat matnlari materialida ishlab chiqilgan, bunda badiiy matn til, tafakkur, madaniyat, qadriyat va milliy identifikatsiya munosabatlarini ifodalovchi murakkab konseptual-lingvomadaniy tizim sifatida talqin qilinishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzularidagi fundamental ilmiy loyihalar doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 23-iyundagi 292/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, badiiy matnni til, tafakkur, madaniyat va qadriyatlar uyg‘unligida o‘rganishga doir nazariy qarashlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
badiiy matn kognitiv-konseptual tahlilining asosiy tamoyillari – antropotsentrik yondashuv, konseptual maydonni aniqlash, lingvokulturologik birliklarni ajratish, verbal markerlarni talqin qilish, yadro-periferiya munosabatlarini belgilash, konseptlararo bog‘lanishlarni freym, skript, oppozisiya, sabab-oqibat va aksiologik baholash mexanizmlari orqali izohlash tamoyillari tizimlashtirilishiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalaridan 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli amaliy loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 19-iyundagi №136-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnni kognitiv-konseptual va chog‘ishtirma-lingvokulturologik aspektda o‘rganish, ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarda konseptual maydon, lingvokulturologik birliklar hamda verbal markerlarning milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi o‘rnini aniqlash imkoniyati kengaygan. Shuningdek, tadqiqot natijalari xalqaro akademik almashinuv jarayonida talabalarning ingliz va o‘zbek tillari materialida madaniyatlararo tafakkur, milliy lisoniy olam tasviri, badiiy matn konseptosferasi va madaniy identifikatsiya masalalarini chuqurroq anglashiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi rivoyat matnlaridan iborat tadqiqot korpusi shakllantirilgan, matnlar til, janr, mavzu, asosiy konseptlar, verbal markerlar va lingvokulturologik birliklar bo‘yicha pasportlashtirilgan hamda korpus lingvistikasi va kompyuter lingvistikasi tamoyillari asosida chastotaviy-kontekstual kuzatuvga tayangan qiyosiy tahlil modeli ishlab chiqilgan. Natijada, Namangan davlat chet tillari institutida 2023-2026-yillar davomida bajarilgan “ERASMUS+ mobility project “Project n. 2023-1PL01-KA171-HED-000142874 between University of Applied Sciences in Nysa and Namangan State Institute of Foreign LanguaGES” loyiha doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlarning nazariy va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan (Namangan davlat chet tillar institutining 2026-yil 18-iyundagi 1855-03-son ma’lumotnomasi);
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida konseptual maydon va konseptosferaning shakllanish xususiyatlari qiyosiy-lingvokognitiv aspektda ochib berilgan, lingvokulturologik birliklarning konseptual belgi, milliy-madaniy qadriyat va verbal marker sifatida faoliyat ko‘rsatishi asoslangan. Natijada Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlarning nazariy va amaliy ahamiyati oshgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 19-iyundagi №139-son ma’lumotnomasi). Xususan, badiiy matnning konseptual tuzilishi, lingvokulturologik birliklarning funksional xususiyatlari va milliy-madaniy mazmunning verbal ifodasi yo‘nalishlaridagi nazariy qarashlarni amaliy tahlil materiallari bilan boyitishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish