Qulmurotov Sohibjon Jumaniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda asalarichilikni klasterli yondashuv asosida tashkil etish va barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt7061
Ilmiy rahbar: Samieva Gulnoza Toxirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03
Rasmiy opponentlar: Nizamov Aslitdin Badreddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rashidov Mels Karimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda asalarichilikni klasterlarli yondashuv asosida tashkil etish va barqaror rivojlantirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda asalarichilikni rivojlantirishda ishlab chiqarish xo‘jaligi, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat tuzilmalari va tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsion integratsiya munosabatlarining innovatsion va raqamli boshqaruviga asoslangan klaster modeli dalillangan;
asalarichilikning hududiy rivojlanish dinamikasini baholash yondoshuvi 0≤0,08≤1 mezonida yuqori va o‘rta darajada diversifikatsiyalanishiga tayangan holda U, F, R, T, A, J va Jf ko‘rsatkichlarining o‘sish hamda pasayish tendensiyalari Q_int=√(Q_o^’×Q_k ) integral modeli asosida takomillashtirilgan;
hududiy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda paxtani  changlatishda asalaridan foydalanishga ustuvorlik beruvchi xo‘jalik yuritishning paxtachilik hamda asalarichilik xo‘jaliklarining kooperatsiyasi faoliyati samaradorligining optimal ko‘rininshi Δq = –1,1039 ln(H) + 8,1401 va W = S(–1,1039 ln(H) + 8,1401)(P – C) bo‘lishi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirishning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ichlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda asalarichilikni rivojlantirishda ishlab chiqarish xo‘jaligi, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat tuzilmalari va tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsion integratsiya munosabatlarining innovatsion va raqamli boshqaruviga asoslangan klaster modeli dalillangan. Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Asalarichilar uyushmasi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 20-apreldagi №02/23-1352 ma’lumotnomasi,  Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 2026-yil 8-iyundagi №37/01-104-son hamda Qashqadaryo viloyati asalarichilar uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi №08-06/3-son maʼlumotnomasi).
Taklif hamda tavsiyalar Qashqadaryo hududlarida klasterlarning markazlashgan holatda birlashishi hamda asalarichilik xo‘jaliklarining rasmiy sektorga o‘tishini ta’minlash bilan birga mahalliy aholining kooperatsiya atrofida birlashib, ayollar va yoshlar bandligi hamda salohiyatini oshirishga imkon yaratadi; 
asalarichilikning hududiy rivojlanish dinamikasini baholash yondoshuvi 0≤0,08≤1 mezonida yuqori va o‘rta darajada diversifikatsiyalanishiga tayangan holda U, F, R, T, A, J va Jf ko‘rsatkichlarining o‘sish hamda pasayish tendensiyalari Q_int=√(Q_o^’×Q_k ) integral modeli asosida takomillashtirilgan Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Asalarichilar uyushmasi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 20-apreldagi №02/23-1352 ma’lumotnomasi,  Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 2026-yil 8-iyundagi №37/01-104-son hamda Qashqadaryo viloyati asalarichilar uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi №08-06/3-son maʼlumotnomasi). Hududlarning asalarichilik salohiyatini iqtisodiy ko‘rsatkichlar majmuasini bir integral ko‘rsatkich orqali baholash hamda hududlar kesimida xulosa chiqarib, qaror qabul qilishga imkoniyat yaratadi;
Hududiy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda paxtani  changlatishda asalaridan foydalanishga ustuvorlik beruvchi xo‘jalik yuritishning paxtachilik hamda asalarichilik xo‘jaliklarining kooperatsiyasi faoliyati samaradorligining optimal ko‘rininshi Δq = –1,1039 ln(H) + 8,1401 va W = S(–1,1039 ln(H) + 8,1401)(P – C) bo‘lishi asoslangan. Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Asalarichilar uyushmasi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 20-apreldagi №02/23-1352 ma’lumotnomasi,  Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 2026-yil 8-iyundagi №37/01-104-son hamda Qashqadaryo viloyati asalarichilar uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi №08-06/3-son maʼlumotnomasi). Taklif hududlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, ularni changlatish uchun zarur bo‘lgan asalari uyalarini belgilab olish, shuningdek changlatish natijasida yalpi qo‘shimcha foydaning oshish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi;
Qashqadaryo viloyatida asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirishning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ichlab chiqilgan. Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Asalarichilar uyushmasi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 20-apreldagi №02/23-1352 ma’lumotnomasi,  Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 2026-yil 8-iyundagi №37/01-104-son hamda Qashqadaryo viloyati asalarichilar uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi №08-06/3-son maʼlumotnomasi). Prognoz ishlanmalari hududlarda asal etishtirish hamda paxta va meva ekinlarini changlatish ko‘rsatkichlari tahlili asosida olingan o‘rtacha prognoz natijalari 2024-yildagiga nisbatan 2026-yilda 1,063 barobarga oshgan, 2024-yildagiga nisbatan 2030-yilga borib 1,163 barobarga oshishi kutilmoqda, o‘rtacha o‘sish su’rati 2,46 foizni tashkil etishi hamda uning tarkibidagi ta’sir qiluvchi omillar qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmini oshirishi, asal ishlab chiqarishni ko‘paytirishi nuqtai nazaridan istiqbolda rejalarni amalga oshirish jarayonida qaror qabul qilishda foydalanish imkoniyatini yaratadi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish