Pasilov Baxodir Abdullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRda sovet totalitar tuzumining qaror topishi: nazariya va amaliyot masalalari (1917-1939 yillar)” (Stanovlenie soveskoy totalitarnoy sistemi v Uzbekskoy SSR: prolemi teorii i praktiki (1917-1939 gg.)), 
07.00.01 - O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.DSc/Tar553 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
DSc.01/2025.27.12.Tar.03.01  
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori (DSc), professor v.b. Sabirov Alisher Tursunovich , tarix fanlari doktori, professor  Ermetov Avaz Abdullaevich. tarix fanlari doktori (DSc), professor  Boboev Feruz Sayfulloevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston SSRda 1917-1939 yillarda sovet totalitar tuzumi qaror topishining nazariyasi va amaliyoti masalalarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
turli davr va ilmiy maktablar vakillarining totalitarizmning ilmiy-nazariy va metodologik yondashuvlarini tahlil qilish orqali hamda sovet totalitar tuzumining O‘zbekiston SSRda qaror topishining nazariy va amaliy  jihatlari o‘rganilganligi natijasida respublikada shakllangan mazkur tuzum bolsheviklarning geosiyosiy va mafkurafiy konsepsiyai asosida qurilganligi dalillangan;
mintaqadagi millatlararo munosabatlar, etnosiyosiy jarayonlarning bolsheviklar milliy siyosati negizida rivojlanishi keyinchalik sovet federativ davlatini qurish konsepsiyasi uchun asos bo‘lganligi, sovet totalitar tuzumining federativ prinsip asosida tashkil qilinganligi esa O‘zbekiston SSRning tashkil qilinishiga olib kelganligi aniqlangan; 
sovet iqtisodiy-ijtimoiy modelini yaratishda er-suv islohoti va kollektivlashtirishning o‘tkazilishi, industrlashtirishning xom-ashyo bazasini yaratishga yo‘naltirilganligi, respublika iqtisodiyotida paxta etishtirishni jadal rivojlantirishda totalitar mexanizmlar muhim rol o‘ynaganligi asoslab berilgan;
Sovet totalitar rejimining institutsional asoslari va faoliyati hamda majburlash mexanizmlarining turli shakllari qo‘llanilishi ijtimoiy-siyosiy hayotda chuqur o‘zgarishlarni keltirib chiqarganligi hamda sovet totalitar organlarining jamiyat ustidan nazorat o‘rnatishi jarayonlari bolsheviklar siyosatining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish orqali dalillandi;
totalitar tuzum sharoitida sovet maktab taʼlimining kommunistik mafkura va sinfiy prinsiplari asosida shakllanishi, “Hujum” harakatining o‘tkazilishi natijasida o‘zbek ayollarining ijtimoiylashuv jarayoni kuchayganligi, “sotsialistik madaniyat”ning qaror topishi kommunistik mafkuraning jamiyat turmushiga singdirilishi natijasida ro‘y berganligi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston SSRda sovet totalitar tuzumining qaror topishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
mintaqada sovet hokimiyatining mahalliy xalqlarning irodasiga qarshi o‘rnatilishi va sovet siyosiy tuzumining shakllanishi, sovet federativ davlatini qurish konsepsiyasi asosida O‘zbekiston SSRning tashkil bo‘lishi masalalari, Totalitar mexanizmlarning sovet iqtisodiy-ijtimoiy modelini yaratishdagi o‘rnini tahlil qilish hamda sovet siyosiy tuzumida totalitar mexanizmlarning kuchayishi va uning oqibatlari ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917 – 1991 y.)” nomli kollektiv monografiyada (Birinchi kitob. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019. 235-244-betlar) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025-yil 17-maydagi 3/1255-1296-son maʼlumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi O‘zbekiston SSRda sovet totalitar tuzumi qaror topishining nazariyasi va amaliyotini o‘rganish uchun imkoniyat yaratdi; 
Turkiston muxtoriyatining tugatilishi, bolsheviklarning mintaqada olib borgan milliy siyosati, O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati va O‘zbekiston SSRning tashkil qilinishi, tashkil qilingan milliy respublikalar orqali ularning Markazga bevosita qaram bo‘lishi uchun zamin yaratilgani bilan bog‘liq ilmiy xulosalar va materiallardan FA-A-G028 P3-2014-0912205347 raqamli “O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari (1924-1925-y.)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025-yil 17-maydagi 3/1255-1296-son maʼlumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi sovet totalitar tuzumining O‘zbekiston SSRda qaror topishi masalalarining ayrim jihatlarini keng va chuqur yoritib berish uchun imkon tug‘dirgan;
sotsialistik mafkuraning millatlararo munosabatlar tizimiga majburiy singdirilishi, sovet maktab taʼlimining kommunistik mafkura va sinfiylik prinsiplari asosida shakllanishi, “sotsialistik madaniyat” nazariyasi va totalitar tuzum sharoitida milliy ong hamda milliy tafakkurdagi o‘zgarishlarning tahlil qilinishi hamda jamiyat turmushini transformatsiyasi bilan bog‘liq ayrim xulosa va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi “Ilmiy tadqiqot va taʼlim markazi ishlarini” rejalashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasining 2025-yil 19-avgustdagi 10-1/61-son maʼlumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar majmuaga tashrif buyurganlarda sovet davrining ziddiyatli jihatlari haqida maʼlumot berib, Vatanga va milliy tarixga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish uchun xizmat qiladi;
sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRda olib borgan diniy siyosati va dindorlarning qatag‘on qilinishi, respublikada 1917-1939-yillarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ziddiyatli kechgani, shuningdek O‘zbekiston SSRda sovet totalitar tuzumining qaror topishi hamda ushbu jarayonni o‘rganishning metodologik masalalari bo‘yicha 2012-2019-yillar davomida AQShning Indiana universiteti, Bloomington talabalari hamda aspirantlari uchun ilmiy chiqishlar hamda suhbatlarda qilingan xulosalardan (Indiana universiteti, Bloomington tomonidan 25.05.2026 berilgan xat) amerikalik talabalarda O‘zbekiston tarixining sovet davri masalalari haqida tushuncha shakllantirdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish