Qayumova Mohinur Baxtiyor qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda yuzaga kelgan enurezning klinik-neyrofiziologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4909.
Ilmiy rahbar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Sohiba Ziyodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Usmonova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘smirlarda enurezning patomexanizmlari, klinik shakllari va dinamikasini elektroneyromiografiya, psixoemotsional holat va vegetativ tonusni baholash orqali kompleks klinik-neyrofiziologik tekshiruv asosida aniqlash, shuningdek, optimal terapevtik va reabilitatsion tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
enurezning og‘irlik darajasi bilan ENMGning neyrofiziologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida kuchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi, xususan, F-to‘lqin latentligi (r = 0,74) va sakral refleks latentligi bilan musbat, M-javob amplitudasi (r = −0,71) bilan esa manfiy korrelyasiya kuzatilishi aniqlanib, kasallikning neyrogen patofiziologik mexanizmlari ob'ektiv jihatdan tasdiqlangan;
enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda likvor tarkibidagi monoaminoksidaza (MAO) miqdorining terminal ip va ot dumi sohasidagi demielinizasiya jarayonlarini baholashdagi diagnostik ahamiyati asoslanib, uning konsentratsiyasi (2,1–789,6 ng/ml) kasallik etiologiyasi, davomiyligi va og‘irlik darajasi bilan korrelyasion bog‘liq ekanligi aniqlangan;
enurez bilan og‘rigan o‘smirlardagi psixoemotsional buzilishlar progressiv tusga ega ekani va kasallik og‘ir kechganda xavotirlilikning nevrotik darajasiga (Spilberger shkalasi bo‘yicha 57,7 ball) etishi aniqlangan;
kompleks diagnostika va davolash algoritmi (farmakopunktura + neyrometabolik terapiya + elektrostimulyasiya) ishlab chiqilib uning samaradorligi obektiv neyrofiziologik mezonlar (ENMG ko‘rsatkichlarining meʼyorlashuvi) va 90–95% holatlarda monoaminoksidaza darajasining pasayishi bilan ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda enurezning klinik-neyrofiziologik xususiyatlarini baholash va ushbu patologiyani tashxislash va davolashning kompleks tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10.06-dagi №10-son bayonnoma xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: enurezning og‘irlik darajasi bilan ENMGning neyrofiziologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida kuchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi, xususan, F-to‘lqin latentligi (r = 0,74) va sakral refleks latentligi bilan musbat, M-javob amplitudasi (r = −0,71) bilan esa manfiy korrelyasiya kuzatilishi aniqlanib, kasallikning neyrogen patofiziologik mexanizmlari ob'ektiv jihatdan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Jomboy TTB markazi (2026-yil 2598-7-94 TB\2026-son buyruq), Samarqand viloyati Oqdaryo TTB markazi (2026-yil 2353-7-92-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Denov tuman TB markazi (2026-yil 1982-8-111-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 114-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘smirlarda enurezning og‘irlik darajasi bo‘yicha yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash va tabaqalashtirishning yangi neyrofiziologik mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kasallikning neyrogen substratini o‘z vaqtida aniqlash va erta bosqichlarda tegishli davolashni tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: dirlamchi neyrofiziologik skrining sifatida dumg‘aza reflekslarni baholash bilan ENMG-diagnostika usulini qo‘llash bemorlarning statsionar davolanish muddatini 4 kundan 2 kungacha qisqartirish, shuningdek, maqsadsiz diagnostik tekshiruvlar hajmini 18–22% ga kamaytirish imkonini berdi, bu esa byudjet mablag‘larini 1,3 mln so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: enurezning og‘ir shakli bilan og‘rigan o‘smirlarda ENMG ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijasida neyromushak o‘tkazuvchanligining chuqur buzilganidan dalolat beruvchi o‘zgarishlar aniqlandi. Klinik va neyrofiziologik ko‘rsatkichlarning korrelyasion tahlili orqali ushbu toifadagi bemorlar uchun diagnostik va prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ENMG-markerlar belgilandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda likvor tarkibidagi monoaminoksidaza (MAO) miqdorining terminal ip va ot dumi sohasidagi demielinizasiya jarayonlarini baholashdagi diagnostik ahamiyati asoslanib, uning konsentratsiyasi (2,1–789,6 ng/ml) kasallik etiologiyasi, davomiyligi va og‘irlik darajasi bilan korrelyasion bog‘liq ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Jomboy TTB markazi (2026-yil 2598-7-94 TB\2026-son buyruq), Samarqand viloyati Oqdaryo TTB markazi (2026-yil 2353-7-92-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Denov tuman TB markazi (2026-yil 1982-8-111-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 114-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda likvor tarkibidagi monoaminoksidaza (MAO) konsentratsiyasini baholash orqali kasallikning neyrogen mexanizmlarini erta aniqlash, terminal ip va ot dumi sohasidagi demielinizasiya jarayonlarini qo‘shimcha diagnostik mezon asosida baholash hamda davolash taktikasini individuallashtirish imkoniyati yaratilib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, psixoemosional buzilishlarni kamaytirish va ijtimoiy moslashuvini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda likvor tarkibidagi monoaminoksidaza (MAO) konsentratsiyasini baholash orqali kasallikning neyrogen mexanizmlarini erta aniqlash, terminal ip va ot dumi sohasidagi demielinizasiya jarayonlarini qo‘shimcha diagnostik mezon asosida baholash hamda davolash taktikasini individuallashtirish imkoniyati yaratilib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, psixoemosional buzilishlarni kamaytirish va ijtimoiy moslashuvini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa: enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda likvor tarkibidagi MAO konsentratsiyasining kasallik etiologiyasi, davomiyligi va og‘irlik darajasi bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanishi uni qo‘shimcha diagnostik biomarker sifatida qo‘llash, kasallikning neyrogen xususiyatlarini baholash va individual davolash taktikasini takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.
uchinchi ilmiy yangilik: enurez bilan og‘rigan o‘smirlardagi psixoemotsional buzilishlar progressiv tusga ega ekani va kasallik og‘ir kechganda xavotirlilikning nevrotik darajasiga (Spilberger shkalasi bo‘yicha 57,7 ball) etishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Jomboy TTB markazi (2026-yil 2598-7-94 TB\2026-son buyruq), Samarqand viloyati Oqdaryo TTB markazi (2026-yil 2353-7-92-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Denov tuman TB markazi (2026-yil 1982-8-111-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 114-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda psixoemosional buzilishlarning kasallik og‘irligiga bog‘liq ravishda kuchayishini erta aniqlash va xavotirlanish darajasini Spilberger shkalasi asosida baholash orqali psixologik korreksiya hamda individual reabilitasiya choralarini o‘z vaqtida qo‘llash, bemorlarning ruhiy holatini yaxshilash, ijtimoiy moslashuvini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks psixometrik skrining va o‘z vaqtida o‘tkazilgan psixokorreksiyani qo‘llash natijasida davolashning ijobiy natijalari psixokorreksiyasiz standart terapiyaga nisbatan 1,8–2 baravar ko‘proq kuzatilganini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3.5 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda psixoemosional buzilishlarning kasallik og‘irligiga bog‘liq ravishda progressiv kuchayishi va og‘ir holatlarda xavotirlanish darajasining Spilberger shkalasi bo‘yicha 57,7 ballga etishi aniqlanib, kompleks tashxislash, psixologik korreksiya va individual reabilitasiya tadbirlarini takomillashtirishning ilmiy asoslari belgilangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks diagnostika va davolash algoritmi (farmakopunktura + neyrometabolik terapiya + elektrostimulyasiya) ishlab chiqilib uning samaradorligi obektiv neyrofiziologik mezonlar (ENMG ko‘rsatkichlarining meʼyorlashuvi) va 90–95% holatlarda monoaminoksidaza darajasining pasayishi bilan ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati Jomboy TTB markazi (2026-yil 2598-7-94 TB\2026-son buyruq), Samarqand viloyati Oqdaryo TTB markazi (2026-yil 2353-7-92-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Denov tuman TB markazi (2026-yil 1982-8-111-TB\2026-son buyruq), Surxandaryo viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 114-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘smirlardagi enurezning kechishi va oqibatlarini prognozlash algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu algoritm klinik (klinik-nevrologik), neyrofiziologik (ENMG: SPI tezligi, M-javob amplitudasi, dumg‘aza refleks va F-to‘lqinning latent davri), biokimyoviy (likvordagi MAO), psixometrik (Spilberger–Xanin shkalasi, ICIQ-SF) va vegetologik (Kerdo indeksi) ko‘rsatkichlarni kompleks baholashga asoslangan; algoritm dastlabki tekshiruv bosqichidayoq terapiyaga javob reaksiyasini oldindan aytish va davolash taktikasini optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: enurezi bor bemorlarni statsionar sharoitda standart protokol bo‘yicha davolash uchun o‘rtacha 1.05 mln so‘m sarflanadi. Neyrofiziologik ma’lumotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan kompleks davolash dasturining qo‘llanishi esa shifoxonada yotish muddatlarini qisqartirish, takroriy gospitalizatsiya holatlari sonini va maqsadsiz buyuriladigan muolajalar hajmini kamaytirish hisobiga byudjet mablag‘larini 30–35% gacha tejash imkonini beradi. Xulosa: enurez bilan og‘rigan o‘smirlarda farmakopunktura, neyrometabolik terapiya va elektrostimulyasiyani o‘z ichiga olgan kompleks tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning samaradorligi ENMG ko‘rsatkichlarining me’yorlashuvi hamda 90–95% holatlarda monoaminoksidaza konsentratsiyasining pasayishi bilan asoslangan va klinik amaliyotda individuallashtirilgan davolash taktikasini takomillashtirish imkoniyati ko‘rsatilgan.