Xadjibaev Jamshid Abduazimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Halqum, qizilo‘ngach, oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlarda tashxislash va jarrohlik taktikasini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib716.
Ilmiy maslahatchi: Nizamxodjaev Zayniddin Maxamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abror Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Kamol Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: halqum va qizilo‘ngachda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarning yangi usullarini ishlab chiqish hamda ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordam ko‘rsatishning bosqichma-bosqich tizimini joriy etish orqali qizilo‘ngachning kombinatsiyalashgan kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqum va qizilo‘ngachning kombinatsiyalashgan kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlarda faringoezofagoplastika vaqtida «yuqori» halqum anastomozlari qo‘llanilganda jarrohlik davolash natijalarini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
halqum va qizilo‘ngachning turli qismlari birgalikda kuyish jarohatlari bo‘lgan bemorlarda shuntlovchi koloezofagoplastika vaqtida halqum plastikasining yangi original usuli ishlab chiqilgan (IAP № 05835, 2017-yil 3-iyul);
hiqildoq-halqumning «yuqori» kombinatsiyalashgan kuyishdan keyingi chandiqli torayishlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, mazkur toifadagi bemorlarga ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini bosqichma-bosqich ko‘rsatishning optimal yondashuvlari ishlab chiqilgan;
hiqildoq-halqum, qizilo‘ngach va oshqozonning turli kombinatsiyalarda bir vaqtda shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda operatsiyaga ko‘rsatmalar, rekonstruktiv-tiklovchi aralashuvlar hajmi va ketma-ketligi aniqlangan;
qizilo‘ngachning birgalikdagi kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlar uchun optimal davolash-taktik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqum, qizilo‘ngach, oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlarda tashxislash va jarrohlik taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: halqum va qizilo‘ngachning kombinatsiyalashgan kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlarda faringoezofagoplastika vaqtida «yuqori» halqum anastomozlari qo‘llanilganda jarrohlik davolash natijalarini baholash mezonlari ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialida (2026-yil 30.04 dagi 108/I va 103/I sonli buyruqlar) va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining (2026-yil 01.05 dagi 103-son va 05.05 dagi 105-son buyruqlari asosida) klinik amaliyotida joriy etilgan. Natijada halqum va qizilo‘ngachning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bilan og‘rigan bemorlarda faringoezofagoplastikaning bevosita va uzoq muddatli natijalarini baholashni obektivlashtirishga, shakllantirilgan anastomoz funksiyasi buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlashga erishilgan. Ijtimoiy samaradorligi operatsiyadan keyingi monitoring samaradorligini oshirish, kechki asoratlar chastotasini kamaytirish hamda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarning funksional natijalarini yaxshilash, to‘laqonli enteral ovqatlanishni tiklash, ijtimoiy moslashuvni amalga oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy diagnostik muolajalar, qo‘shimcha gospitalizatsiyalar va operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, anastomoz funksiyasining buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash hisobiga takroriy rentgenologik tekshiruvlar soni qisqartiriigan;
ikkinchi ilmiy yangilik: halqum va qizilo‘ngachning turli qismlari birgalikda kuyish jarohatlari bo‘lgan bemorlarda shuntlovchi koloezofagoplastika vaqtida halqum plastikasining yangi original usuli ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialida (2026-yil 30.04 dagi 108/I va 103/I sonli buyruqlar) va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining (2026-yil 01.05 dagi 103-son va 05.05 dagi 105-son buyruqlari asosida) klinik amaliyotida joriy etilgan. Natijada halqum va qizilo‘ngachning turli bo‘limlari qo‘shma kuyish jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarda rekonstruktiv-tiklash operatsiyalari samaradorligini oshirishga, faringokoloanastomozni ishonchli shakllantirishni ta’minlashga, anastomoz etishmovchiligi va chandiqli deformatsiyalar chastotasini kamaytirishga va xirurgik davolashning funksional natijalarini yaxshilashga erishilgan. Ijtimoiy samaradorligi ovqatning tabiiy o‘tishini tiklash, bemorlar hayot sifatini oshirish, shuningdek bemorlarning ijtimoiy va mehnat reabilitatsiyasini tezlashtirishga ko‘maklashishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi faringokoloanastomozning ishonchli shakllantirilishi hisobiga takroriy rekonstruktiv aralashuvlar, operatsiyadan keyingi asoratlar, uzoq muddatli statsionar davolanish va qo‘shimcha tashxislash -davolash choralari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish bilan ko‘rsatilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: hiqildoq-halqumning «yuqori» kombinatsiyalashgan kuyishdan keyingi chandiqli torayishlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, mazkur toifadagi bemorlarga ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini bosqichma-bosqich ko‘rsatishning optimal yondashuvlari ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialida (2026-yil 30.04 dagi 108/I va 103/I sonli buyruqlar) va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining (2026-yil 01.05 dagi 103-son va 05.05 dagi 105-son buyruqlari asosida) klinik amaliyotida joriy etilgan. Natijada mazkur bemorlarga ixtisoslashtirilgan xirurgik yordam ko‘rsatishning optimal bosqichliligini belgilashga, miniinvaziv va rekonstruktiv-plastik aralashuvlarga ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida aniqlashga erishilgan. Ijtimoiy samaradorligi bemorlarni tashxislash va davolash uchun yo‘naltirishni yaxshilash, taktik xatolar chastotasini kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish hamda xirurgik reabilitatsiyaning funksional natijalarini yaxshilashdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini bosqichma-bosqich ko‘rsatishga tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash hisobiga asossiz gospitalizatsiyalar, takroriy konsultativ-diagnostik tekshiruvlar va maqsadga muvofiq bo‘lmagan davolash-diagnostika choralarini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlar qisqartirilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: hiqildoq-halqum, qizilo‘ngach va oshqozonning turli kombinatsiyalarda bir vaqtda shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda operatsiyaga ko‘rsatmalar, rekonstruktiv-tiklovchi aralashuvlar hajmi va ketma-ketligi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialida (2026-yil 30.04 dagi 108/I va 103/I sonli buyruqlar) va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining (2026-yil 01.05 dagi 103-son va 05.05 dagi 105-son buyruqlari asosida) klinik amaliyotida joriy etilgan. Natijada hiqildoq-xalqum, qizilo‘ngach va oshqozonning bir vaqtdagi kuyishi bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolashga ko‘rsatmalarni tanlashni optimallashtirishga, rekonstruktiv-tiklash aralashuvlarining oqilona hajmi va ketma-ketligini belgilashga erishilgan. Ijtimoiy samaradorligi xirurgik davolash xavfsizligini oshirish, taktik xatolar va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirish, davolashning bevosita va uzoq muddatli funksional natijalarini yaxshilashda aks etgan. Iqtisodiy samaradorligi operatsiyaga ko‘rsatmalarni aniqlashtirish hamda rekonstruktiv-tiklovchi amaliyotlar hajmini tanlashda tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash hisobiga takroriy gospitalizatsiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishdan iborat;
beshinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngachning birgalikdagi kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlar uchun optimal davolash-taktik algoritm ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialida (2026-yil 30.04 dagi 108/I va 103/I sonli buyruqlar) va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining (2026-yil 01.05 dagi 103-son va 05.05 dagi 105-son buyruqlari asosida) klinik amaliyotida joriy etilgan. Natijada oshqozon ichak tizimining perforatsiya, qon ketishi va ezofagit kabi asoratlari chastotasini kamaytirishga, disfagiyani bartaraf etishga, hamda zarur bo'lgan hollarda murakkab rekonstruktiv-tiklash operatsiyalariga adekvat preoperatsion tayyorgarlik ko‘rish imkoniga erishilgan. Ijtimoiy samaradorligi tashxislash va davolashga yondashuvlarni standartlashtirish, minimal invaziv, rekonstruktiv-tiklovchi va kombinatsiyalangan davolash usullarini tanlashni oshirish, bemorlarni tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishni yaxshilash va ixtisoslashtirilgan xirurgik davolash samaradorligini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: davolash taktikasini standartlashtirish hisobiga davolash usulini noto‘g‘ri tanlash bilan bog‘liq xarajatlar qisqartirilgan va takroriy bujlash kurslariga ehtiyoj kamaytirilgan.