Ochilova Oydinoy Raxmiddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston hududida zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati: tarixiy tahlil (1924-2024 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tar.308
Ilmiy rahbar: Muminova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Shadmanova Sanobar Bazarbaevna; tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari doktori, professor G‘afforov Shokir Safarovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hududida zamonaviy tibbiyot va xalq tabobatining 1924–2024-yillardagi shakllanishi, rivojlanishi va transformatsiyasi jarayonlarini tarixiy manbalar asosida kompleks tadqiq etish, ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va uzviylikni, xalq tabobati an’analarining saqlanishi hamda zamonaviy tibbiyot tizimiga integratsiyalashuvi jarayonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tizimli tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tibbiyot sohasi tarixini o‘rganizning o‘ziga xos nazariy-metodologik asoslari mavjudligi, zamonaviy tibbiyot bilan an’anaviy tibbiyot o‘rtasidagi aloqalarda uzviyliklar borligi, tibbiyot sohasi, xususan xalq tabobati bilan bog‘liq manbasiy asoslar to‘rt asosiy guruhg‘a ajratilib, ularni qiyosiy tahlili, shuningdek, 1991-2016 yillar va 2017-2025 yillar davomida tibbiyot tarixi tarixshunosligi bo‘yicha e’lon qilingan ishlar taqqoslanganda Yangi O‘zbekiston sharoitida ular sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilganligi aniqlanadi;
sovet davrida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi shakllanishi va rivojlanishi markazlashgan boshqaruv, ma’muriy buyruqbozlik va partiya nazorati sharoitida kechganligi, bu davrda sohada yangi tarmoqlari yaratilib, sanitariya-profilaktika ishlari yo‘lga qo‘yilgan, epidemiyalarga qarshi kurash va bepul tibbiy xizmat tamoyillari joriy etilgan bo‘lsa-da, hududiy tafovutlar, kadrlar tanqisligi, qishloqlarda tibbiy xizmatning etarli darajada emasligi, byurokratik to‘siqlar sohaning to‘liq samarali faoliyatiga to‘sqinlik qilganligi dalillandi;
sovet davrida faoliyat ko‘rsatgan tabiblar, siniqchilar haqida maxsus hujjat va ro‘yxatlarning mavjud emasligi ularning xalq sog‘lig‘ini saqlashga qo‘shgan hissasini to‘la aniqlash imkonini bermayotganligi, xalq tabobati vakillari ta’qibga uchragan bo‘lsa-da, davolashga doir madaniy merosni asrab avaylash va aholi sog‘lig‘ini saqlash ishiga o‘zining munosib ulushini qo‘shganligi, ularning davolash an’analari ustoz-shogirtlik tizimi orqali bugungacha saqlanganligi ochib berildi;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar faqatgina ma’muriy yangilanish emas, balki sohaning konseptual jihatdan “inson qadri” tamoyiliga yo‘naltirilgan tub o‘zgarishlarda namoyon bo‘lganligi, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmining belgilanishi, sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratilganligi, xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan integratsiyalashuvi uchun huquqiy zaminning yaratilishi va uning alohida tibbiy faoliyat turi sifatida foliyati yuritish asoslari yaratilganligi ochib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot sohasi tarixini o‘rganishning o‘ziga xos nazariy-metodologik asoslari mavjudligi, zamonaviy tibbiyot bilan an’anaviy tibbiyot o‘rtasidagi aloqalarda uzviyliklar borligi, tibbiyot sohasi, xususan xalq tabobati bilan bog‘liq manbasiy asoslar to‘rt asosiy guruhga ajratilib, ularni qiyosiy tahlili, shuningdek, 1991-2016 yillar va 2017-2025 yillar davomida tibbiyot tarixi tarixshunosligi bo‘yicha e’lon qilingan ishlar taqqoslanganda Yangi O‘zbekiston sharoitida ular sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024 yil 31 iyulda efirga uzatilgan “Tarixiy savol” va 2025 yil 25 aprelda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024 yil 31 iyuldagi 06-31-900-son ma’lumotnomasi va 2025 yil 25 apreldagi 01-30/263-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda hududida zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston hududida 1924-2024 yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimi, sanitariya-gigiena tadbirlari hamda profilaktik tibbiyotning rivojlanish bosqichlariga oid tarixiy ma’lumotlarning tizimlashtirilganligi, Sovet davrida sanitariya-epidemiologik xizmat faoliyatining shakllanishi, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan tadbirlar hamda mavjud muammolarning tarixiy tahliliga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2026 yil 16 iyundagi 02-21/6442-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar sanitariya-epidemiologik xizmatning tarixiy shakllanish bosqichlarini, sanitariya-gigiena va profilaktik tadbirlarning rivojlanishini hamda aholi salomatligini muhofaza qilish tizimining tarixiy taraqqiyotini yoritishda amaliy ahamiyat kasb etgan.
sovet davrida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi shakllanishi va rivojlanishi markazlashgan boshqaruv, ma’muriy buyruqbozlik va partiya nazorati sharoitida kechganligi, bu davrda sohada yangi tarmoqlari yaratilib, sanitariya-profilaktika ishlari yo‘lga qo‘yilgan, epidemiyalarga qarshi kurash va bepul tibbiy xizmat tamoyillari joriy etilgan bo‘lsa-da, hududiy tafovutlar, kadrlar tanqisligi, qishloqlarda tibbiy xizmatning etarli darajada emasligi, byurokratik to‘siqlar sohaning to‘liq samarali faoliyatiga to‘sqinlik qilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024 yil 31 iyulda efirga uzatilgan “Tarixiy savol” va 2025 yil 25 aprelda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024 yil 31 iyuldagi 06-31-900-son ma’lumotnomasi va 2025 yil 25 apreldagi 01-30/263-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda hududida zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.
mustaqillikning ilk davrida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida kuchli ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan boshqaruv asoslari yaratilgan bo‘lsa-da, moliyalashtirishning etarli emasligi, moddiy-texnik bazaning ma’nan eskirishi va chekka hududlarda kadrlar tanqisligi, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik yordam va tibbiy sug‘urta mexanizmlarining joriy etilmagani davlat tibbiyot muassasalari va xususiy sektor o‘rtasidagi texnologik hamda sifat tafovutini kuchaytirib borganligi, shuningdek, xalq tabobati sohasidagi faolitya olib borgan O‘zbekiston Xalq tabobati akademiyasi, O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi, O‘zbekiston Xalq tabobati Assotsiatsiyasi kabi tuzilmalar o‘z holicha faoliyat ko‘rsatganligiga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01/-36-22-07-2025-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar asosida xalq tabobatining milliy qadriyat sifatidagi ahamiyatini yoritish, uning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rnini asoslash hamda yoshlarda milliy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar faqatgina ma’muriy yangilanish emas, balki sohaning konseptual jihatdan “inson qadri” tamoyiliga yo‘naltirilgan tub transformatsiyasi sifatida namoyon bo‘lganligi, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmining belgilanishi va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarining bosqichma-bosqich joriy etilishi, sohaning investisiyaviy jozibadorligini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratilganligi, xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan integratsiyalashuvi uchun huquqiy zaminning yaratilishi va uning alohida tibbiy faoliyat turi sifatida foliyati yuritish asoslari yaratilganligi ga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01/-36-22-07-2025-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar xalq tabobatining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rnini asoslab berish, milliy tibbiy merosni ilmiy jihatdan anglash va yosh avlod ongiga yetkazishda muhim nazariy-amaliy ahamiyat kasb etdi.