Baxtiyorova Nigina Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli marketing texnologiyalari asosida ijtimoiy media faoliyatini boshqarishni takomillashtirish (Buxoro viloyati OTT misolida)”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6559
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03.
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Metyakubov Azamat Djumanazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli marketing texnologiyalari asosida oliy ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy media faoliyatini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlari ijtimoiy media faoliyatini boshqarishda OTT sektorining akademik halollik, brend obro‘si va ko‘p tarmoqli auditoriya segmentatsiyasini (abiturient, talaba, ota-ona, ish beruvchi, akademik hamjamiyat) hisobga oluvchi sohaviy moslashuv, boshqaruv funksiyasini tarkibga bevosita integratsiya qilgan tizimli yondashuv hamda akademik raqobatbardoshlikni asosiy strategik maqsad sifatida belgilash mantig‘iga ustuvorlik beruvchi mualliflik ta’rifi asoslangan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim tashkilotlarining mintaqaviy madaniy-lingvistik kontekstida hamda OTT tipologiyasi tafovutlari sharoitida ijtimoiy media menejmentini institutsional-operatsion darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan, institutsional-tashkiliy tuzilma, BPMN 2.0 standartidagi jarayonlar arxitekturasi, besh o‘lchovli kontent strategiyasi, normativ-etik baza va DMSI integral indeksi asosidagi monitoring tizimi kabi besh tarkibiy blokni yagona boshqaruv ekotizimida birlashtiruvchi kompleks boshqaruv modeli va kontent strategiyasi asoslangan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy media boshqaruvida sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalari asosida intellektual kontent yaratish, Big Data prognoz-tahlili, avtomatlashtirilgan operatsion va strategik qaror qabul qilish modullaridan iborat to‘rt mustaqil modulni yagona tizimda birlashtiruvchi hamda kompleks boshqaruv modelining barcha besh tarkibiy bloki bilan organik integratsiyalashgan AI/Big Data asosidagi samaradorlikni oshirish mexanizmi asoslangan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy media boshqaruvini takomillashtirishda operatsion samaradorlik, kontent samaradorligi, auditoriya qiymati va brend kapitali komponentlarini yagona integral ko‘rsatkichda birlashtiruvchi RMISK iqtisodiy samaradorlik metodikasi hamda uning asosida ehtimoliy ssenariylar bo‘yicha 2030-yilgacha rivojlanish prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida raqamli marketing texnologiyalari asosida ijtimoiy media faoliyatini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari ijtimoiy media faoliyatini boshqarishda OTT sektorining akademik halollik, brend obro‘si va ko‘p tarmoqli auditoriya segmentatsiyasini (abiturient, talaba, ota-ona, ish beruvchi, akademik hamjamiyat) hisobga oluvchi sohaviy moslashuv, boshqaruv funksiyasini tarkibga bevosita integratsiya qilgan tizimli yondashuv hamda akademik raqobatbardoshlikni asosiy strategik maqsad sifatida belgilash mantig‘iga ustuvorlik beruvchi mualliflik ta’rifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan “Study in Uzbekistan” platformasi orqali xorijiy talabalarni jalb qilish va oliy ta’lim tashkilotlarining auditoriya segmentlari bilan tizimli aloqani ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 15-maydagi 02/01-01-421-son ma’lumotnomasi) Natijada, oliy ta’lim tashkilotlarining maqsadli auditoriya segmentlari bilan strategik kommunikatsiya tizimi va auditoriya segmentatsiyasi yondashuvining konseptual asoslari mustahkamlangan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim tashkilotlarining mintaqaviy madaniy-lingvistik kontekstida hamda OTT tipologiyasi tafovutlari sharoitida ijtimoiy media menejmentini institutsional-operatsion darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan, institutsional-tashkiliy tuzilma, BPMN 2.0 standartidagi jarayonlar arxitekturasi, besh o‘lchovli kontent strategiyasi, normativ-etik baza va DMSI integral indeksi asosidagi monitoring tizimi kabi besh tarkibiy blokni yagona boshqaruv ekotizimida birlashtiruvchi kompleks boshqaruv modeli va kontent strategiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan oliy ta’lim tashkilotlarining akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini kengaytirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 15-maydagi 02/01-01-421-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarining tashkiliy-funksional tuzilmasini takomillashtirish va boshqaruv jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tizimlashtirishga uslubiy asos yaratilgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy media boshqaruvida sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalari asosida intellektual kontent yaratish, Big Data prognoz-tahlili, avtomatlashtirilgan operatsion va strategik qaror qabul qilish modullaridan iborat to‘rt mustaqil modulni yagona tizimda birlashtiruvchi hamda kompleks boshqaruv modelining barcha besh tarkibiy bloki bilan organik integratsiyalashgan AI/Big Data asosidagi samaradorlikni oshirish mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini “5T” tamoyili (ta’lim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) asosida rivojlantirish va “U10 – O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari” dasturini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 15-maydagi 02/01-01-421-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim sohasida sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarining institutsional joriy etilishiga uslubiy asos yaratilgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy media boshqaruvini takomillashtirishda operatsion samaradorlik, kontent samaradorligi, auditoriya qiymati va brend kapitali komponentlarini yagona integral ko‘rsatkichda birlashtiruvchi RMISK iqtisodiy samaradorlik metodikasi hamda uning asosida ehtimoliy ssenariylar bo‘yicha 2030-yilgacha rivojlanish prognozidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi, xususan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 100 ta maqsad va oliy ta’lim sohasini 2030-yilgacha rivojlantirishning samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 15-maydagi 02/01-01-421-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilga kelib oliy ta’lim sohasini rivojlantirishning prognoz qiymatlari va iqtisodiy samaradorlikni integral baholashning uslubiy asoslari mustahkamlangan.